Termiz davlat pedagogika instituti 70110501 -ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim) mutaxassisligi II bosqich magistranti Ochildiyeva
Termiz davlat pedagogika instituti 70110501 -Ta`lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang`ich ta`lim) mutaxassisligi II bosqich magistranti Ochildiyeva Gulnoza Baxriddin qizining Boshlangich sinf oquvchilarida atrof-muhitga bolgan ijobiy munosabatni shakllantirish texnologiyasi mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga ilmiy rahbar XULOSASI Kichik yoshdagi maktab oquvchilari uchun atrof olamni hayajon bilan qabul qilish xarakterlidir. Bolalar hamma narsani qarab chiqishlari, qol bilan ushlab korishlari, kattalarning tushuntirishlarini bajonidil tinglashlariga qaramay, atrofdagi hodisalarda kop narsalarni payqab ololmaydilar, chunki ular ozlarining hissiyot va qiziqishlarini qozgatuvchi tasirlarga etibor beradilar, muhim bolsa ham hayajon uygotmaydigan narsalarga etibor bermaydilar. Shunga kora bolalarni tabiiy fan obektlari bilan tanishtirib borishda ularning jozibaliligiga, gozalligiga alohida etibor berish lozim. Ekologik tarbiyaning samarali vositalaridan biri tabiiy fan darslarida mashhur rassomlar chizgan suratlarning nusxalaridan foydalanish va oqituvchining badiiy asarlaridan parchalarni sharhlab tushuntirishidir, chunki tabiatni shoirona qabul qilish, uni chuqurroq tushunish hamda gozalligini his etishga yordam beradi. Tadqiqotda quyidagi vazifalarasos qilib olingan: boshlangich sinf oquvchilarining atrof muhitga bolgan ijobiy xislatlarini tabiiy fan darslarida rivojlantirishning mazmun va mohiyatini ochib berish; boshlangich sinf oquvchilarining ekologik tarbiyasi rivojlanishida tabiiy fan darslarini innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanishning maqbul shakl, usul va vositalarini belgilab olish; tabiiy fan darslarida ekologik tarbiyani rivojlantirishni tashkil etish boyicha darslar ishlanmasini ishlab chiqish; pedagogik tajriba - sinov ishlarida boshlangich sinf tabiiy fan darslarida ekologik tarbiyani rivojlantirishning samaradorlik darajasini aniqlash va ularni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish yollarini ishlab chiqishdan iborat.