Termiz Davlat Universiteti Axborot texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 3-kurs 302-guruh talabasi Abduraimov Jaloliddinning Hisoblash matematikasining zamonaviy usullari fanidan tayyorlagan taqdimoti
Termiz Davlat Universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika yo’nalishi 4-kurs 402-guruh talabasi Abduraimov Jaloliddinning o’zbek tilini sohada qo’llanilishi fanidan tayyorlagan taqdimoti .
So`zlashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilish. Sohaga oid ilmiy mavzuning og`zaki taqdimoti
Reja:
O’zbek tilida nutq uslublari.
So`lashuv nutq uslubi. Nutqiy kompetentlikka rioya qilish.
Sohaga oid ilmiy mavzuning og`zaki taqdimoti
Insonning hayvonot olamidan farq qiluvchi, uning fiziologik, psixik va ijtimoiy rivojlanish qonuniyatlarini aks ettiruvchi asosiy xususiyatlardan biri nutq deb ataluvchi alohida psixik jarayonning mavjudligi hisoblanadi. Nutq – bu odamlarning til vositasida muloqot qilishi. gapira olish va begona tilni tushunish malakasiga ega bo‘lish uchun tilni bilish va undan foydalana olish zarur.
Til va nutqning psixologik faoliyatda tutgan o’rni. Til va nutqning psixologik rivojlanish yo’lida tutgan o’rni beqiyosdir. Nutqning paydo bo’lishi bilan birga insonning psixologik va ruhiy doirasi ham rivojlana boshlaydi. Masalan, qabul qilish , xotira, tafakkur, tasavvur, e’tibor kabilar faqatgina til tufayli rivojlana boradi.
Nutq – inson psixologiyasining eng muhim vazifalaridan biri bo’lib, boshqa psixologik jarayonlarni boshqarib, bir biriga boq’lab turadi. Inson onggidagi tafakkur va tasavvur qilish jarayonlari nutq faoliyati bilan chambarchas bog’liq bo’lib, inson fikrlash faoliyati – nutqiy tafakkurni paydo qiladi. Nutqning rivojlanishi boshqa psixologik jarayonlarning rivojlanishiga turtki bo’ladi. Nutq o’z navbatida tashqi, ichki, og’zaki, yozma dialog va monolog ko’rinishlarida bo’ladi. Nutq o’zaro munosabat va muloqotda eng asosiy qurol hisoblanadi.
NUTQ MADANIYATI
NUTQ MADANIYATI
Nutq madaniyati, nutq odobi — 1) ogʻzaki va yozma adabiy til meʼyorlari (talaffuz, urgʻu, soʻz qoʻllash, grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos ravishda foydalanish mahorati; 2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida meʼyorlashtirish (tartibga solish) muammo larini oʻrganuvchi boʻlimi