Ilmiy uslub— fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan vazifaviy uslubdir. Bu uslub da tabiat va ijtimoiy hayotdagi hodisalar aniq taʼriflanadi, tushuntiriladi. Vazifaviy uslub ning bu turi terminologik va mavhum leksikaning , murakkab sintaktik tuzilmalarning qoʻllanishi, soʻzlarning asosan aniq, toʻgʻri maʼnoda ishlatilishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k. bilan ajralib turadi. Ilmiy uslubda yana fanning turli sohalariga oid ramz (simvol) va belgilar, raqamlar ham ishlatiladi. Ilmiy uslub oʻz ichida quyidagi mayda uslub ga boʻlinadi: ilmiy ish uslub, ilmiytexnik uslub, ilmiyommabop uslub, ilmiypublitsistik uslub. Fanning u yoki bu sohasiga tegishli tushunchalarni ifodalovchi terminlarga boyligi ilmiy uslubning eng asosiy xususiyatlaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati - M. Hamroyev. Ona tili. Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma. T.: ,,IQTISOD-MOLIYA”. 2007.
- A. Nurmonov, B. Yo‘ldoshev. Tilshunoslik va tabiiy fanlar. ,,Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. – T.: 2001.
- A. Hojiyev. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. – T.: 2002.
- Jamolxonov H.A Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – T.: ,,Talqin” nashriyoti. 2005.
- www.ilm.uz
- www. http://genderi.org/mavzu-sozlashuv-nutq-uslubi-nutqiy-kompetentlikka-rioya-qilish.html
- www. http://kompy.info/ozbek-tilini-sohada-qollanilishi-fanidan-mustaqil-ish-mavzular.html?page=10
E’tiboringiz uchun rahmat!!!
Dostları ilə paylaş: |