1. Ushbu Nizom tuman xalq ta’limi bo‘limi (bundan buyon matnda bo‘lim deb yuritiladi)ning maqomi, asosiy vazifalari va funksiyalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Bo‘lim fuqarolarning ta’limga doir konstitutsion huquqlariga rioya etilishini ta’minlovchi, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida davlat siyosatini tegishli tumanda amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
3. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligiga (bundan buyon matnda Vazirlik deb yuritiladi), Surxondaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasiga va mahalliy hokimlikka bo‘ysunadi va hisobot beradi.
4. Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlik va hududiy boshqarmaning Hay’at qarorlari va buyruqlariga, tegishli mahalliy hokimliklarning qarorlariga, boshqa me’yoriy hujjatlariga, ushbu Nizomga, shuningdek boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
5. Bo‘lim o‘z faoliyatini davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini -o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
6. Bo‘lim yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri va o‘z nomi tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansiga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligining hududiy bo‘linmalarida shaxsiy g‘azna hisob varag‘iga, bank hisob raqamiga ega bo‘ladi.
7. Bo‘limning manzili (pochta manzili): Surxondaryo viloyatii Termiz shaxar
Bo‘limning tizimi
8. Bo‘lim tizimiga bo‘limning apparati, davlat umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari, bolalar kutubxonasi kiradi.