Test turlari. Test turlari tahlili. (Fsmu va t-sxema metodlardan foydalanib)



Yüklə 71,69 Kb.
səhifə1/9
tarix03.04.2023
ölçüsü71,69 Kb.
#92635
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-Mustaqil ish


Reja:

  1. Test turlari. Test turlari tahlili. (FSMU va T-sxema metodlardan foydalanib)

  2. Test yaratish bosqichlari. Yuqori, o’rta va quyi (bosqichlar taxlili va IDEYA metodi bo’yicha taxlil)

  3. Test yaratish bosqichlariga ball mezonlarini ishlab chiqish va taxlil qilish (muamollarni topish. Xar bir muammo uchun echim topish)

  4. Testni validligi va ishonchligi yuqori bo’lgan test yaratish .Testalogiya va pedagogik o’lchovlar nazariyazi fani misolida (validligi yoqori bo’lgan testlar tuzish)

  5. Test topshiriqlarini taxlili va natijalarni qayta ishlash (PMI metodi yordamida jadval tuzish va diagrammalash)

Test turlari. Test turlari tahlili. (FSMU va T-sxema metodlardan foydalanib). Tеst nima? Tеst-bеrilgan altеrnativ javoblardan to’g’risini tanlash shaklidagi nazorat topshirig`idir. O’quv fani bo’yicha tuziladigan nazorat tеstlari, boshqa o’quv topshiriqlariga o’xshab, to’rt xil elеmеntlardan tarkib topadi; mazmun, maqsad, funksiya, mеtod.
Boshqacha aytganda, tеst ma'lum o’quv matеriali asosida tuziladi, bilimlarni nazorat qilish maqsadiga qaratiladi, faoliyatda bilimlarni tеkshirish vazifasini bajaradi, bеrilgan javoblardan to’g’risini yoki eng to’g’risini ajratish mеtodi bilan bajariladi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil, 5-fevraldagi «O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari uchun talabalarni test usulida qabul qilish to’g’risida»gi Qarori O’zbekistonda MDH davlatlari ichida birinchi bo’lib testdan foydalanishga keng yo’l ochib berdi. Jahon pedagogikasi va psixologiyasida mustahkam o’rin olgan test usuli mamlakatimiz ta`lim tizimida jadallik bilan tadbiq qilinmoqda. Respublika Davlat Test markazining faoliyat ko’rsatayotganligi mamlakatimizda testshunoslikning davlat ahamiyatiga ega bo’lgan masala darajasiga ko’tarilganligining yaqqol dalilidir.
Pedagogik testlar AQSH, Niderlandiya, Angliya, Turkiya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarda keng rivoj topdi. Ushbu ro’yxatga asosan turmush darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlar kirganligi tasodif emas. Bunda quyidagi zanjirli bog’lanish mavjud: testlarni qo’llash ta`lim sifatiga ijobiy ta`sir ko’rsatadi; ta`lim sifati esa boshqaruv sifati bilan bog’liq; oqilona boshqaruv esa aholi turmush darajasini oshirish uchun zamin yaratadi.
1.Test shakllari va ulardan foydalanish.
Testning rivojlanish tarixi va uning ijobiy tomonlari :
Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi.
Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar birbiridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog E Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi.
Bunday uslublar o’z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan
boshlab test sinovlari ikki asosiy yo’nalish: aqliy
(intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo’llash hamda talabalarning o’qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo’ljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalari rivojlana boshladi.
Test tuzuvchilar turli odamlarda ta`sirga javob berish vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o’rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli bo’yicha amaliy ishlar olib borish lozimligiga olib keladi.
Test sinovlarining asosiy maqsadi: ham o’tilgan darslarni o’zlashtirish darajasi
to’g’risida, ham navbatda o’rganilishi lozim bo’lgan dars hajmi to’g’risida o’qituvchiga axborot berish; o’qituvchiga o’qitish uslubini tanlashda yordam berishdan iborat deb hisoblangan.
Shuni ta`kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasi: ” Test sinovi o’tkazmasdan ta`lim berish mantiqsizlikdir” deb hisoblaydilar. Faqat testni qo’llash natijasidagina nazoratdan ta`limga yo’naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va so’ngra qanday yo’nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ham ma`lumdir.
Fransiya parlamenti 1989-yilda ta`limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida qonun qabul qildi. Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo’yicha o’qituvchilar majburiy suratda
tayyorgarlikdan o’tishlari ko’zda tutiladi: Busiz 1992yildan boshlab Fransiyada o’qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. Shunisi qiziqki, Fransiya to’qson yillik test an`analariga ega bo’lgan davlatdir.
O’tgan asrning 70-yillari oxirida
Peterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial-psixologlari AQSHda test o’tkazishning zamonaviy ahvolini o’rganishga bag’ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar. Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi o’quv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qo’llash sabablarini aniqlash edi.
Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo’yicha sinovdan o’tmasdan, boshqacha yo’l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko’tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog’lanib ketganligi alohida qayd qilindi.
Test turlari va test topshiriqlari shakllari
Agar testlarni turkumlashda ularning qo’llash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan bo’lsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
· intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar;
· pedagogik testlar;
· muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar;
Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida to’xtalamiz. Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi.
- birdan-bir to’g’ri javobi bo’lgan Yopiq topshiriqlar;
- bir necha to’g’ri javoblari nazarda tutilgan Yopiq topshiriqlar;
- bitta so’z (yoki so’zlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkil topgan ochiq topshiriqlar;
- to’g’ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar;
- o’zaro bog’liqlikni (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar;
- ayrim fanlar bo’yicha bilimlarning chuqurligini aniqlash bo’yicha topshiriqlari;
- sonni to’ldirishga mo’ljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi;
- qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari;
- masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar;
- chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
- shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;
- olingan axborotni o’zlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;
- sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar;
- analogiya (aynan o’xshashlik)ga oid topshiriqlar;
- o’qilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;
- ko’rsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;
- bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;
- tafakkurni aniqlovchi testlar;
orfografik testlar;
- til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.
Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda Yopiq (bir yoki bir necha to’g’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va to’g’ri ketmaketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir o’quv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir.
Ochiq topshiriqlar. Agar test topshirig’i matnida, uning tayanch so’zlari yoki gap tushirib qoldirilgan bo’lsa, bunday topshiriq ochiq (tugallanmagan) test deb ataladi.
Bu shakldagi testlarda talabalarning bitta, ikkita so’zdan iborat qisqa va aniq javob berishlari taxmin qilinadi. Bu haqda testga ilova qilingan yo’llanmada bayon etish kerak. Blankaning bo’sh joyida javob uchun zarur bo’lgan joy qoldiriladi. Masalan, «Test tushunchasi» ____yilda _________ tomonidan birinchi marta ishlatilgan.
Yopiq topshiriqlar. Bunday topshiriq savoldan va bir necha javoblardan iborat bo’ladi, bu javoblardan biri to’g’ri, qolganlari to’g’riga o’xshash, biroq noto’g’ri bo’ladi. Taklif qilinadigan javoblar soni ikkitadan beshtagacha va bundan ko’proq bo’lishi mumkin. Sinovdan o’tuvchining tanlagan javobiga ko’ra, test topshirig’i tegishli ikkita kod: 1 yoki 0 bilan kodlanib, so’ngra shu holda EHMga kiritiladi.
Xulosa
Test qanday shaklda, qanday ko`rinishda bo`lmasin o`quvchilar va talabalar bilimini nazorat qilish uchun eng qulay, eng ma’qul va eng maqbul variantdir.
Test metodi. Test - inglizcha so‘z bo‘lib, sinash, tekshirish, demakdir. SHaxsning aqliy o‘sishini, mentalitetini, qobiliyatini, irodaviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo‘llaniladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test ayniqsa odamning qanday kasbni egallashi mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste’dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo‘llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig‘ilgan psixologik ma’lumotlarning ob’ektivligi va ularni ilmiy tahlil qila bilashga bog‘liqdir.
1905 yildan, ya’ni fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o‘sish va iste’dod darajalarini o‘lchash imkoniyati borligi g‘oyasini olg‘a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo‘llana boshlandi.
CHet el psixologlari testlarni shaxsning iste’dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroq test tekshirilayotgan hodisalarning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma’lumki, bir muammoning echimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Evropa va hokazo) testologlari tadqiqot ob’ektlarini o‘zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko‘nikma hamda malakalarni aralash holda o‘rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomatligiga bog‘liq ruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq ittifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo‘llaydigan testlar tubdan
boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarning tafakkur ko‘rsatkichi (indikatori) bo‘lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. SHuningdek, tafakkur jarayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mohiyatini yoritib bo‘lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlardan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psixologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anastazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini kiritish mumkin.



Yüklə 71,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin