Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari



Yüklə 56,53 Kb.
səhifə1/4
tarix20.11.2023
ölçüsü56,53 Kb.
#164319
  1   2   3   4
Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari AT 476 21 kunduzgi



IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
NODAVLAT TA’LIM MUASSASASI





TASDIQLAYMAN” ________________________
Rektor O.N.Bozorov
2023 yil “____” ___________

TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
FANINING O’QUV DASTURI

Bilim sоhasi:

700000



Ta’lim

Ta’lim sohasi:

720000



Ta’lim

Ta’lim yо‘nalishlari:

60721800



Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)



Qаrshi – 2023 yil



1

Fan/modul kodi
TTAT1104

O‘quv yili
2023-2024

Semestr
1

ESTS – Kreditlar
4

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim turi
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
4

Fanning nomi
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari”

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

60


Mustaqil ta’lim (soat)
60

Jami yuklamа (soat)
120

2

2.1. Fanning inazinuni

Fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarga raqamli texnologiyalar davrida zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash usul va vositalari, kompyuter modellashtirish, dasturlash texnologiyalari tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko’nikmasini hosil qilishdan iborat.


Fanning vazifasi - ta’lim yo'nalishlari bo‘yicha qo‘llaniladigan avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari yordamida masalalalami yechish. modellashtirish, loyihalash va mahsulot dizaynini ishlab chiqish hamda dasturlashning mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan talabalaming ilmiy dunyoqarashini shakllantirish orqali axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini namoyon etish

2.2. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)


Fan tarkibiga qo‘yidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining predmeti va vazifalari.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” fanining predmeti va uslublari. Texnik tizimlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining (АКТ) asosiy vazifalari va tarmoq sohalarida qo‘llash. O‘zbekistonda АКТ sohasini rivojlantirishdagi asosiy yo'nalishlari, amaldagi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va Vazirlar Maxkamasining qarorlari. Respublikada kompyuterlashtirish va AKTni rivojlantirish dasturlari, vazifalarini o‘rganish. АКТ texnik yo‘nalishlarida tadbiq etish tamoyillari, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilish. Texnik tizimlarda boshqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash. Kompyuter etikasi.
2-mavzu. Zamonaviy avtomatiashtiriigan loyihalash tizimlari va ularni texnik sohaiarda qo‘llanilishi.
Loyihalash jarayonlari va bosqichlari Avtomatiashtiriigan loyihalashda ishlatiladigan mode) va parametrlarini sinflash. Avtomatiashtiriigan loyihalash tizimlari strukturasi va turlari. Sintez va analiz masalalari. Konseptual loyiha asosida analitik, parametrik va sonli modeliar yaratish va taxlil lash.
3-mavzu. Matematik modellashtirish, sonli tahlil usullarini tizimlarda amalga oshirish. Hisobli eksperiment.
Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD dasturlari misolida statik va dinamik modellarni amalga oshirish. Tizim tarkibida dasturlash.
4-mavzu. Grafik modellashtirish. Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyatlaridan foydalanish.
3D Max, CATIA, KOMPAS, Solid Works, AutoCAD, Parasolid, Solid Edge, CorelDraw amaliy dasturlari misolida grafik modellashtirish.
5-mavzu. Immitatsion modellashtirish.
Immitatsion modeliar va ularning turlari. Parametrga asoslangan modellarni tizimda qo'llash. Proteus, Simulink, PCAD, Т-Flex amaliy dasturlarida
immitatsion modellarni yaratish.
6-mavzu. Geoinformatsion tizimlar.
Geoinformatsion tizimlarni sinflanishi, modellarning xususiyatlari va qo‘llash uslubiyati. Micro Main, Main Tenance, Premium, Geologia Surpoc, Arc GIS amaliy dasturlarida modellashtirish va loyihalash.
7-mavzu. Tarmoq ma’Iumot bazasi. Bulutli texnologiyalar.
Internet tarmog‘ida ma’Jumotlar bazasi va ularning modellari. Clipper, Oracle, MySQL tizimlarini texnik va texnologik jarayonlarda qo'llash. Bulutli texnologiyalarda SaaS, PaaS va laaS modellari.
8-mavzu. Texnik va texnologik jarayonlarida axborot xavfsizligini ta’minlash.
Bank tizimlarida, geotizimlarda, elektromexanik tizimlarida, biotizimlarda, monitoring tizimlarida axborotni himoya qilishning zamonaviy usullarini joriy etish, axborotni himoya qilish vositalari va usullarining samaradorligini baholash, axborotni himoya qilishning dasturiy va texnik vositalarini qo’llash. Axborot xavfsizligining kriptografik usullarini o‘rganish va ularni axborot xavfsizligini oshirishda qo’llash. Best Crypt, Pretty Good Privacy, InfoWatch CryptoStorage dasturlari
9-mavzu. Texnik tizimlarda tarmoq xavfsizligi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida maTumotlarni almashish va uzatish imkonini beruvchi dasturiy va apparat tizimlarini o‘z ichiga olgan tarmoqlami oTnatish, sozlash, sinovdan o'tkazishni amalga oshirish. Tizim ishlashiga ta’sir qiluvchi kiber hujumlarni aniqlash va tahdidlardan himoya qilish, hujumlarni qaytarish mexanizmlarini o‘rganish. Comodo Firewall Pro, Avast Internet Security, AVG Internet Security, Outpost Firewall, Zone Alarm Free Firewall, Kerio Winroute Firewall tarmoqlararo ekran dasturlaridan foydalanish.
10-mavzu. Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tillari.
Zamonaviy dasturlash texnologiyalari. Dasturlash tillari va tizimlari, ularning ishlatilishi va tasnifi. Dasturlash tillarining asosiy modullari. Dasturlash tizimlarining o‘rni, vazifasi texnik masalalarni yechishda qo‘llanishi. JavaScript, Java, Python, Ruby, PHP, C++, CSS, C#, Objective-C dasturlash tizimlarda dasturiy ilovalar yaratish uslublarini o‘rganish.
11-mavzu.C++ dasturlash tilining asosiy konstruksiyalari va tizimda qo‘llash xususiyatlari.
Dastur strukturasi. C++ dasturlash tilining asosiy konstruksiyalari, ulardan foydalanish xususiyatlari. Operatorlar, toifalar, protseduralar. Dastur loyihasi tuzilmasi. Dastur tuzish xolatlari va ko’rinishlari. Dasturning tarkibiy qismlari. Turli texnik sohalardagi ma’lumotlarning toifalari strukturasi. Chiziqli hisoblash jarayonlarining dasturlari. Texnik tizimlaridagi misollarda chiziqli dasturlashni qo‘llanilishi. Identifikator, o‘zgaruvchilar toifalari (turlar). C++ algoritmik tilida ma’lumotlami kiritish va chiqarish, boshqarish qatori, format spesifikatorlari va modifikatorlari, standart kutubxonasi sarlavha fayllari.
12-mavzu. Mantiqiy dasturlash texnologiyasi.
Mantiqiy dastur tuzilmasi. Shartli, shartsiz va tanlash operatorlari. Vizual dasturlashda ishlatiladigan komponentalar. Takrorlash operatorlari. Ularning turli formalari (parametrli, shartni oldin va keyin tekshiruvchi operatorlar). Takrorlanuvchi strukturali dasturlar. Murakkab algoritmlarni ifodalaydigan soha masalalari.
13-mavzu. Dasturlashda funksiya va modullarni qo‘llash.
Muntazam toifa. Strukturlashgan toifalari Parametrlarni funksiyalarga uzatish. Lokal, statik, dinamik o‘zgaruvchilar. Texnik tizimlarida strukturalashgan dasturlarni qo'llanishi. Massivlarni ishlatgan holda dastur tuzish. Dinamik massivlar bilan ishlash. Funksivalar va moduHar. Standart va foydalanuvchi funksiyalari. Medullar orqali dasturlashni amalga oshirish va muhandislik masalalarini ob'ektga mo'ljallangan dasturlarga tadbiq etish. Funksiyalarni amaliy misollarda qo’llash.
14-mavzu. Grafika va multimedia dasturlash tizimlarida qo'llash.
Grafik modulining imkoniyatlari va ulardan foydalanish. Vizuallashtirilgan dasturlashning texnik tizimlardagi o‘rni va moxiyati. Ob’ektni harakatga keltirish. animatsiya imkoniyatlari. S, C++. S#. Objective-C dasturlash tizimlari misollarida.
15-mavzu. Texnik tizimlarda integrallashgan muxitda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bazasini yaratish va qayta ishlash.
C++ da ma’lumotlar bazasi tushunchasi. C++ da ma’lumotlar bazasini yaratish, qayta ishlash va tarmoqga uzatish vositalarini o’rganish. Dastur yordamida ma’lumotlar bazasini import va eksport qilish. SQL tilini qo’llash.
Amaliy mashg‘ulotlari bo‘yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Amaliy mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Amaliy dasturlar yordamida muhandislik masalalarini matematik modellarini yaratish (Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD).
Loyihalash jarayonida amaliy dasturlarni grafik imkoniyat-laridan foydalanish va vizuallashtirish (3D Max, CAT1A, KOMPAS, Solid Works, AutoCAD, Parasolid, Solid Edge, CorelDraw).
Amaliy dasturlarda immitatsion modellami yaratish (Proteus. Simulink, PCAD, T-Flex).
Geoinformatsion tizimlarda muhandislik masalalarini ifodalash va modellarini ishlab chiqish.
Himoyalashning kriptografik usullaridan foydalanish.
Ob'ektga yo’naltirilgan dasturlash texnologiyalari.
Mantiqiy dasturlash texnologiyasi.
Dasturlash tizimlarida ilovalar yaratish texnologiyasi.
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir professor-o’qituvchi tomonidan o’tkazilishi zarur. Mashg’ulotlar fao) va interfaktiv usullar vordamida o’tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo'llanilishi maqsadga muvofiq

Laboratoriya ishlari bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar


Laboratoriya ishlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
CAD tizimlarining amaliy dasturlarini interfeysini o'rganish va qo'llash
CAD tizimlarida muhandislik masalalarini yechishda matematik modellariga hisoblash ekspriment va sonli tahlilni amalga oshirish.
Texnik ob’ektlarga tegishli grafik modellarni amaliy dasturlarda ifodalash, qayta ishlash va vizuallashtirish.
Texnik ob’ektlarga immitatsion modellarni yaratish va tahlil etish.
Tizim ishlashiga ta'sir qiluvchi kiber hujumlarni aniqlash va tahdidlardan himoya qilish.
Ob’ektga yo‘naltirilgan dasturlash tizimlarida strukturaviy ilovalarni yaratish.
Muhandislik masalalarini yechishda dasturlash tizimlari yordamida grafika va multimedia imkoniyatlaridan foydalanish.
Internet tarmog’idagi ma’lumotlar bazasini dasturiy tizim vositalari yordamida yaratish


2.1. Kurs ishi (loyihasi)
(O’quv rejada fan bo’yicha kurs ishi rejalashtirilmagan)

Yüklə 56,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin