Yo’ldosheva Mahliyo Baxodir qizi O’zbekistonda inklyuziv ta’limning rivojlanishi 1. O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish masalalari.
Reja: 2. Inklyuziv ta’limni joriy qilish davr talabi sifatida.
Inklyuziv ta’lim - Hamma bolalarning ehtiyojlarini hisobga olgan, huquq va qobiliyatlarini hurmat qiladigan, ijtimoiy adolat hamda tenglikka erishishni maqsad qilib olgan ta’limtizimi deyiladi. O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash ishlari 1966 yilda boshlangan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim. Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud. O’zbskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga oshirilmoqda: - yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini yaratish; - mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish; - yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan toshhis qo’yish va kasalpiklarni aniqlash uchun sharoit yaratish; 2000 yil O’zbekistonda inklyuziv ta’limning ilk asosi sifatida Respublika ta’lim markazi maxsus ta’lim bo’limi tomonidan “O’zbekiston respublikasida alohida yordamga muhtoj bolalar ochiq ta’lim tizimining rivojlantirish chora-tadbir rejasi” ishlab chiqildi. Bu reja dasturda alohida
yordamga muhtoj bolalarni umumta’lim tizimga kiritishning quyidagi
tashkiliy asoslari yoritib berildi:
-Ommaviy axborot orqali jamiyat ongini inklyuziv ta’limga tayyorlash;
-Respublikadagi alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqida axborot
banki yaratish;
-Barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun umumta’lim va yakka tartibda
oilalarda o’qitilishi bo’yicha turli xil o’quv metodik adabiyotlar, didaktik vasitalar
ishlab chiqish va ta’minlash masalalari qayd qilingan.
Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq
talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan.
Tashkilotning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va
tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish
orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;
- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;
- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;
- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish;
- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish;
- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron
bolalar bilan ishlash rejasini yaratish;
- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat
tashkilotlari bilan hamkorlik qilish;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy
axborot vasitalarida yoritib borish;
- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi
tajribalarni tatbiq etish.
Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001 yilda “Inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan Respublika Ta’lim Markazi maxsus ta’lim bo’limi qoshida “Inklyuziv ta’lim resurs markazi” tashkil etildi. “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:
-ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil
etishga ko’maklashish;
-inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash;
-joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish;
-imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash,
maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil
etish, maslahatlar berish;
2003 yilda Inklyuziv ta’lim bo’yicha o’tkazilgan respublika seminarida xorijiy davlatlar ekspertlari, mutaxassislar, olimlar, Xalq ta’limi vazirligi, joylardigi viloyat Xalq ta’limi boshqarmalari va bo’limlarining ta’limga mas’ul vakillari, Tashxis markaz raxbarlari, umumiy va maxsus ta’lim pedagog raxbarlari, jamoat tashkilotlar vakillari va boshqalar ishtirok etdilar.
Seminarga YuNESKOning eksperti Vakayto Unversiteti professori Devid Mitchel (Yangi Zellandiya) kordinatorlik qilgan. Devid Mitchel “Inklyuziv ta’limning tashkil etishning asl, mohiyati, umumta’lim tizimida alohida sinflar yoki guruhlar tashkil etish bilan chegaralanib qolmay balki ularni me’yorida rivojlangan bolalar kabi ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir”. Shuningdek inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishda xalqaro ish tajribalari bilan fikr almashdi.
2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning 234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat
Nizom»i tasdiqlandi.
«Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida muvaqqat Nizom»ning 4-bandida inklyuziv ta’lim tizimida o’quv tarbiya jarayonini tashkil etishning quyidagi masalalari qayd etilgan:
4.1.Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona munosabat ruhi shakllanadi.
4.2. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davtlat Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun korreksion dastrlar ham inobatga olinadi, maxsus korreksion ishlarni amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jixozlangan korreksiya xonasi,maxsus infrastruktura).
4.3. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida tayorlov guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa boshqa sinflarad 45 daqiqadan
darslar olib boriladi;
4.4. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning bilimlari ularning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.
4.5. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi.
4.6. Korreksion ta’lim o’quvchilarning ehtiyojlariga ko’ra tabaqalashtirilga holda tashkil etiladi.
4.7.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabiga o’quvchilar ota-onalarning arizasi hamda “Tibbiy-psixologo-pedagogic komissiya”lari xulosalari asosida qabul qilinadi va ta’lim muasasalari
rahbarlarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
4.8.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi sinflarida integrasiya qilingan o’quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda o’quvchilar umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar 1)https://www.google.com/search?q=inklyuziv+ta%E2%80%99limga&tbm=isch&chips=q:inklyuziv+ta+limga,online_chips:imkoniyati+cheklangan:UbG3uLeMkzU%3D&hl=ru&sa=X&ved=2ahUKEwj3vLK6rLSCAxWgPxAIHftkB9gQ4lYoCHoECAEQOQ&biw=1730&bih=868#imgrc=NZOMt7i3sVGxwM&imgdii=T0yPoIk0iETAnM
2)file:///C:/Users/user/Downloads/O%60zb%D0%B5kiston%20r%D0%B5spublikasi%20xalq%20ta%E2%80%99limi%20vazirligi.pdf
3)https://azkurs.org/ozbekiston-respublikasi-xalq-talimi-vazirligi.html?page=2
4)https://kompy.info/inklyuziv-talim-jarayonida-akt-dan-foydalanish.html
E’TIBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!