Texnikumlada sentyabr oyida jadval asosida 5 sentyabr kuni "Bilimlar kuni" ko‘tarinki kayfiyatda tashkillandi. 5-9 sentyabr kunlari yangi o‘quv yilining mustaqillik darslari yuqori saviyada o‘tkazildi
Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari texnikumida 2022-2023 o‘quv yili 1-yarim yilligida “Fan xaftalik” kunlarini tashkil etish bo‘yicha
AXBOROTI
Texnikumlada sentyabr oyida jadval asosida 5 sentyabr kuni “Bilimlar kuni” ko‘tarinki kayfiyatda tashkillandi. 5-9 sentyabr kunlari yangi o‘quv yilining mustaqillik darslari yuqori saviyada o‘tkazildi.
6- sentyabr kuni tonggi saflanishda texnikumning tarix fani o‘qituvchisi Sh.Yusupova Ijtimoy gumanitar fanlari xaftaligining tadbirlar rejasi va xafta davomida amalga oshiriladigan ishlar tug‘risida o‘quvchilarga keng qamrovli tushuncha berib o‘tdi.
7- sentyabr kuni ertalabki saflanishda “Jannat onalar oyog‘i ostidadir” mavzusida suxbat bo‘lib o‘tdi.Unda tarix fani o‘qituvchisi Sh.Yusupova ayollarimizning mustaqilligimizga erishguncha va undan keyingi davrda qadr-qimmati qanday bo‘lganligi to‘g‘risida so‘zlab berdi.Mustaqillik tufayli yurtimizda xotin-qizlarning yashash sharoiti,ishlashi,farzandlar tarbiyasi va ijtimoiy xayotdagi o‘rni yuqori baxolanayotganligi to‘g‘risida ma'lumot berdi.
9- sentyabr kuni yana tarix fani o‘qituvchisi M.Qambarova 2-bosqich 15-gurux o‘quvchilariga ochiq dars mashg‘ulotini o‘tdi. Ochiq dars davomida yangi pedtexnologiya usullaridan kichik guruhlarda ishlash, toifalash, klasterdan metodlaridan foydalanildi.Ayniqsa o‘quvchilarning mustaqil ishlariga katta e'tibor berdi va barchasini xayotga bog‘lab o‘tishga erishdi. (rasm ilova qilinadi)
Shu kui ustoz Sh.Yusupova “ Qalamkash ” to‘garagi a'zolarining onalarni madx etuvchi she'r va ijod na'munalari bilan chiqishlarini ta'minladi.
12 sentyabr kuni texnikumda o‘tkazilgan ertalabki yig‘inda o‘tgan hafta davomida o‘tkazilgan tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalar, o‘qituvchilar texnikum ma'muriyati tomonidan “Faxriy yorliq”va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.Va yana ertalabki saflanishda ona tili va adabiyoti o‘qituvchisi tomonidan o‘quvchilarga nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish fan haftaligi o‘tkazilishi e'lon qilindi. Hafta davomida o‘tkaziladigan tadbirlar, bahs-munozara va bellashuvlar haqida gapirib o‘tildi.
Shu kuni texnikumning asosiy o‘quv binosi fayesiga nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish faniga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil yetildi. Ko‘rgazmaga “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun moddalari,albom va bukletlar qo‘yildi.
14- sentyabr kuni talabalar o‘rtasida ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi Sh.Yusupova tomonidan “Ona tilim jonu dilim” mavzusida bahs-munozara o‘tkazildi. Unda “Davlat tili to‘g‘risida” gi Qonun haqidagi fikringiz” kabi savollarga o‘quvchilar tomonidan javoblar olindi. Tadbir qizg‘in bahs- munozaralarga boy o‘tkazildi
17- sentyabr kuni ertalabki saflanishda ona tili va adabiyoti hamda nutq madaniyati va davlat tilida ish yuritish fan haftaligida faol ishtirok etgan iqtidorli talabalar fan o‘qituvchilari va texnikum ma'muriyati tomonidan “Faxriy yorliq” va esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildilar
19- sentyabr kuni jamoaviy yig‘ilishda tarix fani o‘qituvchilari tomonidan fan xaftaligi yakuni bo‘yicha xisobot topshirildi va texnikum ma'muriyati tomonidan yuqori baxolandi.
22-sentyabr kuni ertalabki saflanishda 20-24 sentyabr kunlari Milliy istiqlol g‘oyasi;asosiy tushuncha va tamoyillar va oila psixolgiyasi fanlari xaftaligining tadbirlar rejasi va xafta davomida amalga oshiriladigan ishlar tug‘risida Sh.To‘xtaraliev o‘quvchilarga keng qamrovli tushuncha berib o‘tdi.
24 sentyabr kuni “ Mustaqillik va uni bizga bergan imkoniyatlari ” mavzusida zakovat bellashuvini o‘tkazildi.Bu bellashuvda 2-bosqich 14 va 15 gurux o‘quvchilari o‘zaro bellashdilar.
27-30 sentyabr kunlari Ma'naviyat asoslari va Oila Psixologiyasi fanlari xaftaligida tadbirlar rejasi ishlab chiqilib quyidagi ishlar amalga oshirildi,
Texnikumda 27 sentyabrdan 1- oktyabrgacha “Oila psixologiyasi” fan xaftaligi tashkil yetildi. Haftalik davomida belgilangan tadbirlar rejasi asosida faoliyat olib borildi. Xususan, fan xaftaligi mazmun va mohiyati texnikum pedagoglari va talabalariga yetkazildi.
Bugungi kunda mustaqil O‘zbekistonimiz taraqqiyotida inson ma'naviy kamoli va uning jamiyatdagi salohiyati muhim vazifa yekanligi, ruhiy kamolot va oila tushunchalari muqaddas yekanligi belgilangan rejalarda o‘z aksini topdi.