ANGREN UNIVERSITETI
“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
“IQTISODIYOT NAZARIYASI ” fanidan
KURS ISHI
Mavzu
:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda
tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi
Bajardi: ____________
fakulteti,
__________ guruhi talabasi
_______________________
Tekshirdi: _________________.
ANGREN – 2023
Kurs ishi taqrizga
topshirilgan sana
“____” _______2023 y.
Kurs ishi taqrizdan
qaytarilgan sana
“____” _______2023 y.
Kurs ishi himoya qilingan
sana
“____” _______2023 y.
Baho “_____” _________
___________
(imzo)
___________
(imzo)
Komissiya aʼzolari:
__________________
_________________
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy
Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyot sohasida amalga oshirilishi ko‘zda
tutilgan vazifalar va ularning amaliyotga joriy etilishi
Reja:
Kirish
I-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga Murojaatnomasini
bayon etishga ruxsat
1.1.
Jahon tajribasini puxta oʻrganib, xalqaro
ekspertlarni jalb etgan holda,
monetar siyosatni takomillashtirish va narx-navo barqarorligini taʼminlash
konsepsiyasini ishlab chiqishimiz zarur
1.2.
Iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni
nazarda tutadigan Raqamli iqtisodiyot milliy konsepsiyasini ishlab
chiqishimiz kerak. Shu asosda “Raqamli Oʻzbekiston – 2030”
dasturini
hayotga tatbiq etishimiz zarur
II-bob. Yana bir muhim vazifa – suvni tejaydigan sugʻorishtexnologiyalarini keng
qoʻllashdan iborat.
2.1. Iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya oʻzaro uzviy bogʻliq tushunchalar
2.2.
Zamonaviy, oqilona boshqaruv tizimini joriy etish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
2019 yilda mamlakatimizni rivojlantirishning eng
muhim ustuvor vazifalari
toʻgʻrisidagi
Oʻzbekiston
Respublikasi
Prezidentining
Parlamentga
Murojaatnomasini bayon etishga ruxsat bergaysiz.
Bugun biz shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamonda yashamoqdamiz. Dunyo
miqyosida manfaatlar kurashi, raqobat tobora avj olib, xalqaro vaziyat keskinlashib
bormoqda.
Biz kelgusi yil uchun amaliy rejalar tuzar ekanmiz,
xalqaro maydondagi ana
shunday murakkab vaziyatni hisobga olgan holda, taraqqiyotimizning ustuvor
yoʻnalishlarini aniq-ravshan belgilab olishimiz zarur.
Aziz doʻstlar!
Biz har bir yilga ezgu niyat bilan nom beramiz va oʻz oldimizga ulkan marralarni
qoʻyamiz.
Buyuk Imom Buxoriy hazratlarining “Al-Jomeʼ as-Sahih” asari