Byudjet mablagʻlaridan samarali foydalanish tizimini yanada takomillashtirish
zarur.
Byudjet hisobidan mablagʻ ajratiladigan har qanday dastur yoki loyihaning sifat va
miqdor koʻrsatkichlaridan iborat, natijaga yoʻnaltirilgan indikatorlari boʻlishi
kerak.
Vazirlar Mahkamasiga ikki oy muddatda ushbu
vazifalarni amalga oshirish
yuzasidan taklif kiritish topshiriladi.
Kelgusi yil uchun Davlat byudjeti defitsiti 4,5 trillion soʻm atrofida boʻlishi va
yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1,1 foiz boʻlishi rejalashtirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi va Hisob palatasi hozirdan boshlab qoʻshimcha imkoniyat va
manbalar hisobidan byudjet daromadlarini koʻpaytirish, shu orqali kutilayotgan
defitsitni kamaytirish yuzasidan aniq choralar koʻrsin.
Shuningdek, bir oy muddatda tashqi bozordagi oʻzgarishlarning iqtisodiyotimizga
salbiy taʼsirini kamaytirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqish lozim.
Dostları ilə paylaş: