Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

Beshinchidan, tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ishlar 
jadal davom ettiriladi.
Buyuk alloma Najmiddin Kubro hazratlari 
“Muvaffaqiyatni – saʼy-harakatda, 
muvaffaqiyatsizlikni esa – loqaydlik va dangasalikda koʻrdim”
, deb bejiz 
aytmaganlar. 
Haqiqatan ham, biz faqat faol tadbirkorlik, tinimsiz mehnat va intilish orqali 
taraqqiyotga, farovon hayotga erisha olamiz. 
Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi reytingida mamlakatimiz qurilish 
boʻyicha 134-oʻrinni egallagan. 
Bu esa sohada koʻplab muammolar borligidan dalolat beradi. 
Misol uchun, qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud boʻlib, 
ularni olish uchun oʻrtacha 246 kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi? 
Vazirlar Mahkamasi zudlik bilan ushbu sohaga doir norma va qoidalarni 
takomillashtirish choralarini koʻrib chiqishi kerak. 
Oltinchidan, 
iqtisodiyotni 
boshqarishda 
davlat 
aralashuvinikeskin 
kamaytirish lozim.
Bugungi kunda mamlakatimizda 603 ta aksiyadorlik jamiyati faoliyat yuritayotgan 
boʻlsa, ularning 486 tasida davlat ulushi 52 trillion soʻmni tashkil etmoqda. 
Yoqilgʻi-energetika, neft-gaz, kimyo, transport va bank sohalarida davlat ishtiroki 
yuqori darajada saqlanib qolayotgani ularni bozor mexanizmlari asosida 
rivojlantirish, investitsiyalar jalb etishga toʻsqinlik qilmoqda. 
Ayrim vazirliklar oʻzi nazorat qiladigan sohadagi korxonalarda taʼsischi ekani 
erkin va sogʻlom raqobatga yoʻl bermayapti, buniyam bugun ochiq aytish kerak. 
Bunday tizimni endi oʻzgartirmasak, ushbu tarmoqlarda ham va umuman, 
iqtisodiyotda barqaror rivojlanishga erishib boʻlmaydi. 
Davlat aktivlari tartibsiz boshqarilayotgani ham samaradorlikka salbiy taʼsir 
koʻrsatmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda 972 ta davlat korxonasi aktivlarining atigi 
21 foizi Davlat raqobat qoʻmitasi tomonidan, qolgan 79 foizi vazirlik va idoralar 
hamda xoʻjalik birlashmalari tomonidan boshqarilmoqda. 


Bunday yondashuv soʻnggi 27 yil davomida davlat korxonalarini qanday ahvolga 
olib kelgani hech kimga sir emas. Aviasozlik sanoati kabi butun bir soha yoʻq 
boʻlib ketdi. 
Mavjud tizimni tartibga solish maqsadida Davlat aktivlarini boshqarish markazi 
faoliyatini tubdan takomillashtirish, uni mustaqil agentlik etib qayta tashkil qilish 
lozim. 
Bu Agentlik davlat mulkini boshqarish, davlat korxonalarini isloh qilish, aksiya va 
obligatsiyalar chiqarish yoʻli bilan ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish, 
xususiylashtirish jarayonlariga bosh-qosh boʻladi. 
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda mazkur taklifni amalda joriy etish vazifasi 
topshiriladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin