Bu borada toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar miqdori joriy yilga nisbatan
qariyb 1,5
barobar oshirilib, 4,2 milliard dollarga yetkaziladi. Natijada 142 ta
zamonaviy korxona ishga tushiriladi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijasi
jahondagi yetakchi xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilayotganini
alohida taʼkidlash lozim.
Masalan,
dunyodagi nufuzli
“Fitch Ratings”
va
“Standart & Pooʻrs”
reyting
agentliklari birinchi marta mamlakatimizning xalqaro suveren kredit reytingini
belgiladi.
Ana
shu reyting baholari
“Barqaror”
prognoziga ega boʻlib, bu yaqin 12-18 oy
davomida ushbu koʻrsatkichning pasayish ehtimoli kamligini bildiradi.
Oʻzbekiston erishayotgan bunday reyting baholari koʻpgina rivojlanayotgan
davlatlarga nisbatan yuqori ekanini qayd etish lozim.
Ushbu reyting agentliklari Oʻzbekistonda valyuta,
savdo va narx siyosati
erkinlashgani, davlat boshqaruvidagi institutsional oʻzgarishlar, mamlakat oltin-
valyuta va byudjet zaxirasi yetarli ekani, davlat qarzining kamligi singari omillarga
alohida eʼtibor qaratmoqda.
Kelgusi yilning birinchi choragida yurtimiz tarixida ilk marta Oʻzbekistonning
suveren davlat obligatsiyalarini xalqaro moliya bozorlariga chiqaramiz.
Bu
borada biz
Dostları ilə paylaş: