Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

“Obod qishloq” 
va 
“Obod mahalla” 
dasturlari xalqimiz tomonidan 
katta mamnuniyat bilan kutib olindi. Joriy yilda bu boradagi qurilish va 
obodonlashtirish ishlariga 3 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirildi. 
Natijada 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega boʻldi. 
Oʻtayotgan yilda hayotimizning boshqa sohalarida, jumladan, ilm-fan, taʼlim-
tarbiya, madaniyat va sanʼat, sport sohalarini rivojlantirish yoʻlida ham muhim 
qadamlar qoʻyildi. Ayniqsa, yurtimiz yoshlari Indoneziyada boʻlib oʻtgan Osiyo va 
Paraosiyo oʻyinlarida, Argentinada oʻtkazilgan oʻsmirlar Olimpiadasida yuqori 
oʻrinlarni olgani barchamizni quvontirdi. 
Hurmatli parlament aʼzolari! 
Xalqaro munosabatlarda ochiq va amaliy, faol tashqi siyosat olib borilayotgani 
tufayli ishonchli hamkor sifatida mamlakatimizning xalqaro obroʻsi tobora ortib 
bormoqda. 
Barcha qoʻshnilarimiz bilan doʻstona va oʻzaro ishonch ruhidagi munosabatlarni 
yanada mustahkamlash bizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylandi. 
2018 yilda 18 ta davlatlararo rasmiy tashriflar amalga oshirildi va 52 milliard 
dollarlik 1 ming 80 ta loyiha boʻyicha kelishuvlarga erishildi. 


Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Islom va Osiyo taraqqiyot 
banklari, boshqa xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikdagi investitsiyalar 
hajmi 8,5 milliard dollarni tashkil etdi. 
Bugungi kunda yurtimizda, chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard 
dollarlik 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda. 
Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdidlar tobora kuchayib borayotganini 
hisobga olib, biz yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildik. 
Qurolli Kuchlar tarkibidagi barcha qoʻshin turlarining tuzilma va vazifalari qayta 
koʻrib chiqildi. 
Armiya va xalq birligini taʼminlash maqsadida barcha hududlarda harbiy-
maʼmuriy sektorlar tashkil etildi. 
Albatta, yil mobaynida amalga oshirgan ishlarimiz roʻyxatini uzoq davom ettirish 
mumkin. Lekin bunday misollarni keltirish, qayd etishdan maqsad – koʻkrakka 
urib maqtanish emas. Biz bundan mutlaqo yiroqmiz. Bizning maqsadimiz – oʻtgan 
bir yillik taraqqiyot yoʻlimizni xolisona va tanqidiy baholashdan iborat. 
Fursatdan foydalanib, islohotlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan, 
barcha qiyinchilik va sinovlarni mardona yengib, oʻzining fidokorona mehnati 
bilan jonajon Vatanimiz ravnaqiga ulkan hissa qoʻshayotgan olijanob xalqimizga 
chin qalbimdan minnatdorlik bildiraman. 
Muhtaram anjuman ishtirokchilari! 
Yana sanoqli kunlardan keyin yurtimizga yangi – 2019 yil kirib keladi. Yangi yil 
arafasida anʼanamizga koʻra 2019 yilga qanday nom berish toʻgʻrisida bugun sizlar 
bilan maslahatlashib, bir qarorga kelsak, ayni muddao boʻladi. 
Albatta, biz bu haqda koʻp oʻyladik. Joylarda xalq bilan muloqotlar davomida va 
murojaatlarda bildirilgan fikrlar, taklif-mulohazalarni atroflicha koʻrib chiqdik. 
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan 
boʻlsa, oʻz iqtisodiyotining barqaror oʻsishiga erishgan. 
Shu sababli ham investitsiya – bu iqtisodiyot drayveri, oʻzbekcha aytganda, 
iqtisodiyotning yuragi, desak, mubolagʻa boʻlmaydi. 


Investitsiya bilan birga turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, 
ilgʻor tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal 
rivojlanadi. 
Shu oʻrinda bir savol tugʻiladi: investitsiya deymiz, islohotlar deymiz, 
modernizatsiya, deymiz. 
Lekin bu oʻzgarishlardan koʻzlangan asosiy maqsad nima oʻzi? 
Yurtimizda yashayotgan har qaysi inson millati, tili va dinidan qatʼi nazar, erkin, 
tinch va badavlat umr kechirishi, bugun hayotdan rozi boʻlib yashashi – bizning 
bosh maqsadimizdir. 
Bu yoʻnalishda oldimizda ulkan vazifalar turibdi. Mamlakatimiz taraqqiyoti va 
xalqimiz farovonligi birinchi navbatda ijtimoiy sohadagi islohotlarimiz samarasi 
bilan chambarchas bogʻliq. 
Yoshlarimizga munosib taʼlim berish, ularning ilm-fanga boʻlgan intilishlarini 
roʻyobga chiqarishimiz kerak. Shu maqsadda maktabgacha taʼlim tizimini 
rivojlantirishimiz, oʻrta va oliy oʻquv yurtlarining moddiy-texnik bazasini, ilmiy va 
oʻquv jarayonlari sifatini tubdan yaxshilashimiz kerak. 
Xalqimiz salomatligini mustahkamlash, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, 
biz uchun hayotiy muhim masaladir. Takror aytaman, tinchlik va sogʻliqni 
taʼminlasak, qolgan hamma narsaga erishamiz. 
Nogironligi boʻlgan shaxslar, boquvchisini yoʻqotganlar, yolgʻiz keksalar, 
umuman, koʻmakka muhtoj qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash, albatta, ustuvor 
vazifamiz boʻlib qoladi. 
Kelgusi yilda tadbirkorlik, biznes uchun yanada qulay muhit yaratish, yangi ish 
oʻrinlari tashkil etish, aholi daromadlarini koʻpaytirish, pensiya taʼminotini 
yaxshilash boʻyicha ham koʻp ishlar qilishimiz lozim. 
Shularning barchasini hisobga olib, 2018 yilda boshlagan ishlarimizni mantiqiy 
davom ettirish va yuksak bosqichga koʻtarish maqsadida, men kirib kelayotgan 
yangi – 2019 yilga

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin