Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi


“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”



Yüklə 1,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix25.08.2023
ölçüsü1,01 Mb.
#140426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy.pdf1

“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”
, deb nom 
berishni taklif etaman. 
Aziz doʻstlar! 


Yilga bunday nom berganimiz barchamizga juda katta vazifalar va masʼuliyat 
yuklaydi. Investitsiyalarni qanday qilib koʻpaytiramiz, ijtimoiy muammolarni 
qanday hal qilamiz, degan savollar oldimizda koʻndalang boʻlib turibdi. 
“Oynai jahon” orqali bizni kuzatib turgan xalqimiz ana shu savollarga bizdan javob 
kutishga toʻla haqli. 
Bu vazifalarni hal qilishga bugundan boshlab kirishmasak, bor kuch va 
imkoniyatlarimizni shu yoʻlda safarbar etmasak, koʻzlagan maqsadga, marraga 
erishish qiyin boʻladi. 
Har bir rahbar – u vazir yoki markaziy idora boshligʻi boʻladimi, deputat yoki 
senator boʻladimi, kompaniya yoki xoʻjalik birlashmasi raisi, viloyat yoki tuman 
hokimi boʻladimi – barcha-barchamiz bu ishni eng birinchi vazifamiz, deb 
bilishimiz zarur. 
Biz faqat investitsiyalarni faol jalb qilish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga 
tushirish hisobidan iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishga erishamiz. 
Iqtisodiyotdagi ijobiy natijalar esa ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammolarni 
tizimli hal etish imkonini yaratadi. 
Buni hammamiz chuqur tushunib olishimiz va ishimizni shu asosda tashkil 
etishimiz shart. 
Qadrli yurtdoshlar! 
Iqtisodiyot sohasida oldimizda turgan vazifalar haqida gapirganda, avvalo, keng 
qamrovli iqtisodiy islohotlar negizida quyidagi maqsadlar mujassam ekanini qayd 
etish lozim: 
– ochiq iqtisodiyot, sogʻlom raqobat, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini 
tubdan yaxshilash uchun zarur sharoitlarni yaratish; 
– iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy sektorni jadal rivojlantirish 
orqali yangi ish oʻrinlarini koʻpaytirish; 
– iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, mehnat unumdorligini 
oshirish orqali yuqori iqtisodiy oʻsishni taʼminlash; 
– “yashirin” iqtisodiyotga qarshi kurashish, uning hajmini keskin qisqartirish; 


– valyutani erkinlashtirish siyosatini izchil davom ettirish, barqaror monetar 
siyosatni amalga oshirish; 
– iqtisodiyotni rivojlantirishga doir strategik vazifalarni roʻyobga chiqarishga qodir 
malakali kadrlarni tayyorlash. 
Bu maqsadlarga erishish uchun quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirish talab 
etiladi. 

Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin