Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining umumiy xarakteristikasi va tavsifi



Yüklə 80,14 Kb.
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü80,14 Kb.
#184578
  1   2   3   4
azamat aka


Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish sistemalarining umumiy xarakteristikasi va tavsifi
Kimyo va oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarish samaradorligi hamda mehnat unumdorligini oshirishda ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TJABT)ni yaratish va tatbiq etishdir. Hisoblash texnikasi asosida yaratilgan TJABT lar, texnologik komplekslarni boshqarishda mahsulotning sifat va qiymat ko‘rsatkichlarini ma’lum texnologik va texnika-iqtisodiy mezonlardan foydalanib, axborotlarni markazlashgan tarzda hisoblaydi. Kimyo va oziq-ovqat sanoatida o‘zgarib turadigan tashqi muhitning ta’sirlari sharoitida ishlab chiqarish zaxiralaridan foydalanish TJABTning asosiy masalasidir.
Texnologik jarayonlarning avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini sanoatga tatbiq etish ishlab chiqarish unumdorligini, texnologik uskunalar quvvati o‘zgarmagan holda mahsulot qiymatining ko‘payishini ko‘rsatadi: xomashyo, yarimfabrikatlar va energiya keragicha sarflangan holda tayyorlangan mahsulotning sifati yaxshilangan. Shunisi diqqatga sazovorki, bu tizimlarni yaratishga ketgan mablag‘lar, odatda bir, bir yarim yilda o‘zini qoplagan; mahsulotlarning sifati, iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilanibgina qolmay, balki mehnatning xarakteri va sharoitiga ham ijobiy ta ’sir etgan. TJABT larni quyidagi belgilari bo‘yicha sinflarga bo‘lish mumkin:
1) avtomatlashtirilayotgan ishlab chiqarishning xarakteri bo‘yicha;
2) boshqarish obyektlarining murakkabligi bo‘yicha;
3) funksional algoritmik belgisi bo‘yicha (tizim hisoblaydigan boshqarish masalalari ko‘lami va axborot hajmi);
4) tizimning texnik darajasi bo‘yicha;. Boshqarish obyektlarining murakkablik darajasi sifatida nazorat qilinayotgan parametrlar va boshqaruv ta ’sirlarining qiymati ifodalanadi.
Bunday sinflarga ajratish (1- jadval) TJABT ning nomenklatura asosini oldindan taxminan belgilab beradi va tadqiqot planiga asos bo‘lib xizmat qiladi.

1- jadval



Yüklə 80,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin