986
«TEXNOLOGIYA FANINING KASBLARGA OID MA’LUMOTLARNI
BERISHDAGI AHAMIYATI»
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani maktab Texnologiya o’qituvchisi
Mingboyeva Sarvinoz Suyunovna
Annotatsiya:
Maqolada umumta’lim maktablarida Texnologiya fani darslarinig
o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berilgan.
Texnologiya darslarinig kasb tanlashga yo‘llash ishlaridagi imkoniyatlari haqida bayon
qilingan. Texnologiya o‘quv predmeti darslarida o‘quvchilarni kasblar bilan
tanishtirish samaradorligini oshirish uchun qilinishi lozim bo‘lgan tashkiliy va uslubiy
ishlar bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Kalit so’zlari
: Kasb, texnologiya, xalq hunarmandchiligi, soha, ishlab chiqarish,
faoliyat.
Insonning kasbiy shakllanishi va mutaxassis sifatida kamolga yetishini uning
hayot yo’lidan ayri holda tasavvur etib bo’lmaydi. Psixologik adabiyotlarda ta’kidlab
o’tilganidek, kishining kasbiy shakllanishi butun hayoti davomida kechadigan jarayon
bo’lib uning yoshiga hamda shaxsining taraqqiyotiga mos holda boradi. Kasbiy faoliyat
sohasidagi muvaffaqiyat va mataxassisining mahorat darajasiga erishish sur’ati uning
kasb tanlash motivlari bilan o’zaro aloqadordir. Kasb tanlash inson uchun muhim
muammolardan biridir. Tanlov doirasi qanchalik keng bo’lsa, u shunchalik psixologik
jihatdan murakkablashib boradi.
Shaxsning sub’ektiv moyilliklari va u yoki bu faoliyatga qobiliyatliligi bir
butunlikni tashkil etadi. Qiziqish va moyillik faoliyat jarayonida shakllanadi va
o’zgarib boradi. Kasb tanlash arafasida turgan inson shaxsining mazkur sohadagi
qanchalik mos ekanligi faqatgina ushbu faoliyat jarayonidagina aniqlanadi.
Kasblarga xos faoliyat turlari bilan yaqindan tanishish uchun Texnologiya o’quv
predmeti masg’ulotlarida juda katta imkoniyatbor. Umumiy ta’lim maktablarida
texnologiya fani asosida o‘rganilishi muhim va zarur bo‘lgan nazariy ma’lumotlar,
amaliy ko‘nikma va malakalar, jarayonlar yotadi. Umumiy ta’lim maktablarida tashkil
etiladigan
texnologiya mashg‘ulotlari ushbu ta’limni amalga oshirishda,
o‘quvchilarning umumtexnologiya, mehnat, maxsus bilim, ko‘nikmalarini
shakllantirish va rivojlantirishda etakchi o‘rin egallaydi. Texnologiya o’quv predmeti
mazmuni, mohiyati va vazifalariga ko‘ra ko‘pgina ilmiy, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy
987
bilimlarni umumlashtirib, uyg‘unlashtirib, mujassamlashgan holda amaliyotga tadbiq
etishni ko‘zda tutadi. SHu jihatdan olib qaraganda texnologiya maktab tizimi
umumta’lim fanlaridan o‘rganiladigan nazariybilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish
bilan bog‘laydigan quvvatli didaktik vositadir. Demakki, kasb tanlashga yo‘llashda
ham katta axamiyatga egadir.Maktablarda texnologiya ta’limining maqsad va
vazifalari:Boshlang‘ich maktabda (I-IV - sinflar) o‘quvchilarni texnologiya va
hunarmandchilik dunyosi, o‘simliklarni parvarish qilish, turli materiallar bilan
tanishtirish, oddiy ishlov berish, oddiy texnologiya va hunarmandchilik asboblari va
texnologiya, ish-harakat usullari to‘g‘risida sodda tasavvurlar hosil qilishni ko‘zda
tutadi. Bu davrda o‘quvchilar texnologiya ta’limidan o‘zlashtirgan bilimlar ko‘lamini
o‘zlarining hayotiy tajribalarida va oiladagi texnologiya jarayonida mustahkamlaydilar
va kengaytirib boradilar.
Tayanch maktablarda (V-IX – sinflar) da o‘quvchilar umumtexnologiya
ko‘nikma va malakalarini shaklantiriladi, qiziqish va moyilliklariga ko‘ra, o‘z-o‘zini
kasbiy jihatdan aniqlashlari, kasb-hunar turlarini tanlashlarini ta’minlanadi, qiziqish va
moyilliklari rivojlantiriladi, umumtexnologiya madaniyati shakllantiriladi va
rivojlantiriladi, xalq xo‘jaligi va hunarmandchilikning sohalari, ularda ishlatiladigan
asbob-uskunalar, texnika va texnologiya bilan tanishtiriladi, texnologiya faoliyatining
turli qirralarida ishtirok etishlari ta’minlanadi.
Yuqori sinflarda texnologiya ta’limi va kasblarga yo‘naltirish kursi-ishchi va
mutaxassislarning amaliyotida qo‘llanadigan turli xil qo‘l asbob-uskunalar, jihozlar,
moslamalarini o‘rgatishni, mexanizatsiyalashtirilgan va elektrlashtirilgan vositalar
bilan ishlashni, texnologiya qonunchiligi xavfsizligi , sanitariya-gigiena qoidalari va
yo‘l-yo‘riqlari asoslarini o‘rgatishni ta’minlaydi. SHuningdek, bu davrda o‘quvchilarda
xalq xo‘jaligining va hunarmandchilikning asosiy sohalari bo‘yicha maxsus kurslarni
o‘qitishni tashkil etib, turli xil kasbiy bilimlar berish, amaliy ko‘nikma va malakalarni
hosil qilishni maqsad qilib qo‘yadi. Ushbu kurslarda o‘quvchilar kasbiy mahoratlarini
takomillashtira borib, tanlagan kasblari bo‘yicha tegishli hujjatlarni olib, bevosita
unumli texnologiya jarayonida qatnashish imkoniyatiga va huquqiga ega bo‘ladilar.
Texnologiya ta’limining yuqorida ko‘rsatilgan maqsadiga erishishi uchun
quyidagi vazifalarni hal etishni taqozo etadi:turli sohalardagi ishlab chiqarish
mazmuniga ega vazifalarni echish, tajribalar o‘tkazish, o‘lchov-tekshiruv asboblaridan,
988
ma’lumotlardan foydalana olish, texnologiya operatsiyalarini bajarish, olingan
natijalarni talab etilgani bilan taqqoslash yo‘li bilan xulosa chiqarishga o‘rgatish;
-o‘quvchilarda bilim va mehnatga muhabbat, mehnat ahillariga hurmat hissini
singdirish, ularni jamoatchilik, vatanga sadoqat, do‘stlik, o‘zaro hurmat ruhida
tarbiyalash;
-o‘quvchilarni bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari talablari asosida sifatli, xaridorgir
iste’mol mollari, texnologiya mahsulotlari etishtirishga odatlantirish, o‘zlari etishtirgan
mahsulotlarni o‘zlari iste’molchiga etkazishlariga o‘rgatish, ish boshqaruvchilik
(menedjerlik), homiylik, ishbilarmonlik sifatlarini singdirib borish va rivojlantirish.
-texnologiya ta’limini o‘rganish jarayonida o‘quvchilarga, xalqimiz ruhiyatini
yashash tarzini, an’analarini tiklash va rivojlantirish maqsadida xalq
hunarmandchiligining kiritilishi milliy qadriyatlar, tarixiy yodgorliklar, xalq
ustalarining ko‘p qirralari boy merosini o‘rganish, o‘zlashtirish va amaliy faoliyatlariga
qo‘llash kabilarni o‘rgatish.
Qator yillardan buyon olib borgan kuzatishlar natijasida yuqorida ko‘rsatib
o‘tilgan mehnat ta’limi-texnologiya ta’limining asosiy xususiyatlariga qo‘shimcha
ravishda aytish mumkinki, ushbu sohaning har bir bosqichini, mashg‘ulotini,
mavzusini, mavzu qismlarini o‘tishda ham o‘ziga xoslik sezilib turishini ta’kidlash
o‘rinlidir.
Texnologiya ta’limining o‘ziga xos xususiyatlari, ahamiyati uning ta’lim
mazmunini tanlashda, har bir bosqich uchun belgilab olishda namoyon bo‘ladi.
Jumladan xalq hunarmandchiligining umumta’lim maktablari texnologiya o’quv
predmeti tarkibiga kiritilishi texnologiya darslarini tashkil etishning ko‘lamini yanada
kengaytirishga, shahar va qishlok maktablarida texnologiya ta’limi darslarini tashkil
etishni yanada yaxshilashga olib keladi. chunki, ushbu ta’limning an’anaviy
ko‘rinishda shahar va qishlok maktablarida mashg‘ulotlarni tashkil etishda xalq
hunarmandchiligi sohalari taraqqiyoti, ta’lim muassasani o‘rab turgan ishlabchiqarish
sohalarini hisobga olib, ularga bog‘lanish zarur. Xalq hunarmandchiligining esa
bevosita xalq xo‘jaligi (mahalliy) tarmoqlarga bog‘lik bo‘lmagan holda o‘quvchilarga
turli umumtexnologiya, maxsus ko‘nikmalarni o‘rgatishda didaktik imkoniyatlari
behisobdir.
Xalq hunarmandchiligi sohalarini o‘rganish bo‘yicha olib borilayotgan
mashg‘ulotlarning moddiy, xom ashyo, materiallar bilan ta’minlanishini yo‘lga
989
qo‘yishda deyarli barcha maktablarda mahalliy imkoniyatlar mavjuddir. Mahalliy xom
ashyo ta’minotini o‘quvchilar va o‘qituvchilar o‘z kuchlari bilan bevosita amalga
oshirishlari mumkin. Xalq hunarmandchiligining texnologiya va kasb-hunar ta’limida
muntazam o‘rganilishi o‘g‘il va qiz bolalar texnologiyaini, qishloq va shahar
maktablarida
muqobil mashg‘ulotlarning tashkil etilishini va qolaversa,
o‘quvchilarning ta’lim muassasasini bitirganlaridan so‘ng doimiy ish o‘rinlari bilan
ta’minlanishlarini ma’lum tartibga soladi.
Umumiy ta’lim maktablarida texnologiya ta’limi mashg‘ulotlari negizida xalq
xo‘jaligi soxalari xususiyatlarini, ishlab chiqarish bilan bog‘liq nazariy ma’lumotlarni,
ma’naviy,
milliy,
madaniy,
moddiy
qadriyatlardan
hisoblangan
xalq
hunarmandchiligining turli yo‘nalishlarini o‘rganish va yoshlarga o‘rgatish ishlarining
yo‘lga qo‘yilishi ushbu sohalarning didaktik, tarbiyaviy imkoniyatlari beqiyos
ekanligini ko‘rsatadi. Shu jixatdan Texnologiya ta’limida o‘quvchilarni kasblar bilan
tanishtirish, kasb tanlashuf yo‘naltirishda o‘rni kattadir.
Yuqorida bayon qilingan kasb tanlashga yo‘llash ishlarining samaradoligini
oshirishda texnologiya darslarida zamonaviy ta’lim texnolgiyalaridan, axborot
texnologiyalardan keng foydalanishni talab qiladi. SHu bilin birga ta’lim vositalarini
ham moderinizatsiya qilsh xam zarur. Chunki, o‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli
tarmoqlari, ularda zarur bo‘ladigan kasb egalari uchun muxim jixatlar bilan tanishtirish
imkoniyatlari ana shu vositalarga bilan chambarchas bog‘liq
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Abduqudusov O. Kasb-hunar pedagogikasi. Darslik. – T.: O‘MKHTTKMO va
UQTI, 2014.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. M.X. To‘xtaxo‘jaeva tahririostida. – T.:
“Moliya-iqtisod”, 2008.
Dostları ilə paylaş: |