Texnologiyalardan samarali foydalanish



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.09.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#148017
  1   2   3


Journal of Advanced Research and Stability 
ISSN: 2181-2608 

www.sciencebox.uz/ 
887
“Lifelong Learning and Teaching Problems of XXI Century”
 
Special Issue | 2022

 
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA SAVOD O’RGATISHDA AXBOROT 
TEXNOLOGIYALARDAN SAMARALI FOYDALANISH 
Arabbayev Arobidin Xusnidinovich 
ADU, Informatika o’qitish metodikasi kafedra o’qituvchisi 
Annotatsiya:
Darslarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilarni 
mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona 
foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirish sifatini oshirish ustuvor vazifa 
hisoblanadi. 
Kalit so’zlar: Macromedia Flash, GIF Animation, Microsoft Front Page, Abobe Fotoshop, 3D 
Max, Microsоft Power Point. 
Bugungi kun o‘qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas’uliyatli 
vazifa yuklangan bo’lib, ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab 
olish, zamon bilan hamnafas bo‘lib, ta’limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda 
o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish uyg’otishlari, hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirib 
borishlari talab etiladi. 
Ta’limda ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta 
o‘rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy 
sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan 
belgilanadi. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayoniga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha 
yondoshuvlar tadbiq etilmoqda. Shulardan biri, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan 
foydalanib dars o‘tishda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga erishish hisoblanadi. 
O‘quvchilarning fanlarga bo’lgan qiziqishini oshirish, ularning aqliy va ijodiy tafakkurini, 
intellektual 
qobiliyatlarini 
rivojlantirish, 
fanlararo 
bog‘liqlikni 
ta’minlash, 
bugungi 
pedagogikaning muhim vazifalaridan. Darslarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil 
etish, o‘quvchilarni mustaqil ravishda faoliyat ko’rsata olishga, axborot texnologiyalari 
imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirish sifatini 
oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada boshlang‘ich ta’limni o‘qitishda ham turlicha 
uslublar qo‘llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdir. 
Zamonaviy axborot texnologiyalarning jadal taraqqiy etib, ta’lim sohasiga jadal kirib kelishi, 
hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani bu boradagi bilim va malakalarimizni 
ham mos ravishda shakllantirishni taqozo etadi. Shuning uchun, boshlang‘ich sinflarda 
kompyuterdan foydalanib dars o‘tish tavsiya qilindi. 
Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari komponentlaridan 
foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining 
tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning 
“Macromedia Flash”, “GIF Animation”, “Microsoft Front Page”, “Abobe Fotoshop”, “3D 
Max”, “Microsоft Power Point” kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik 
tug‘dirmoqda. Chunki ular harakatli, rangli, ovozli tasvirlar yaratish imkonini beradi. Bu esa 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzuni tez tushunib olishga, o‘zlashtirish sifatini oshishiga 
yordam beradi. 
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlardan 



Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin