Mavzu: BO’LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM
PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI
RIVOJLANTIRISH MOHIYATI
Tayyorladi: 107-guruh talabasi Rayimova Dilshoda
Reja:
1.Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ
qobiliyatlarini rivojlantirish mazmuni.
2. Tarbiyachining faoliyatlar jarayonidagi
kreativligi.Pedagog tarbiyachining ijodkorlik sifatlari
3. Pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy - pedagogik
faoliyat malakalari.
Bo’lajak maktabgacha ta’lim pedagoglarini kreativ qobiliyatlarini
rivojlantirish mazmuni.
Kreativlik (lot., ing. “sreate ”–yaratish, “sreative ” yaratuvchi,
ijodkor)–individning yangi g’oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni
tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga
kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi SHaxsning kreativligi uning
tafakkurida, muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon
bo’ladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini,
zehni o’tkirlikni tavsiflaydi.
SHuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy
farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va o’zgartirish; qaror natijalarini
shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo yechimini topishda bilim
va amaliy harakatlarning o’zaro qarama-qarshiligiga nisbatan ta’sirchanlikni
ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi.
Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va
ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli,
samarali tashkil etishga yo’naltiradi. Oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan
pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bo’lishlari ularda
o’quv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi
g’oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o’ziga xoslik,
tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik
sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi,
ilg’or, bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat
qiladigan g’oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg’or pedagogik yutuq va
tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar
xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi.
Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni
yechish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik
xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi
zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala
yechimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning
rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o’z oldiga muammoli
masalalarni qo’yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid
bo’lgan dalillar bilan to’qnash keladi. Buning natijasida o’z ustida
ishlash, mustaqil o’qib o’rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi.
Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni
amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi.
Pedagog o’z-o’zidan ijodkor bo’lib qolmaydi. Uning ijodkorlik
qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o’qib-o’rganish, o’z ustida ishlash
orqali shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |