Til belgilari Sistema sifatida. Til sathlari va ularning birliklari
Fakultet: Ingliz tili №2
Guruh:404
Talaba: Haqmurodova Nargiza
Reja
1. Til - belgilar sistemasi sifatida va semiotika.
2. Sistema va struktura tushunchasi
3. Sath tushunchasi va iyerarxik munosabat.
5.Til sathi birliklari o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabatlari.
Til - belgilar sistemasi sifatida
Til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasidir. U obyektiv borliqdagi ma`lum voqea-hodisa haqida axborot beruvchi asosiy vositadir. Bundan axborot berishning boshqa yo`llari ham borligi ma`lum bo`ladi. Masalan, yo`l harakatidan ma’lumot beruvchi vositalar va boshqalar. Bu jihatdan til ham axborot berish uchun xizmat qiladigan yuqoridagi vositalar sirasiga kiradi. Ularning hammasi uchun umumiy narsa, avvalo, o`zi haqida va shu bilan birga, borliqdagi boshqa ma`lum narsa-hodisalar haqida ma`lumot berishdir. Bunday vositalar belgilar deb nomlanadi.
Til nihoyatda murakkab va ko‘p tarmoqli hodisa bo‘lgani uchun u turli nuqtayi nazardan tavsiflanadi
1. Vazifasi nuqtayi nazaridan til insonlarning o‘zaro fikr almashish, fikrni shakllantirish, ifodalash va vositasidir.
2. Tuzilishi, tashkil topishi nuqtayi nazaridan til muayyan birliklar, ularning jami, ularni mantiqiy jihatdan bir-biri bilan bog‘lash qoidalaridir.
3. Mavjudligi nuqtayi nazaridan til ijtimoiy hodisa, ijtimoiy mahsulotdir.
4. Informatsiya nazariyasi nuqtayi nazaridan tilni kod bilan tenglashtirish mumkin. Tildagi kodlashtirilgan belgilar muayyan axborot tashish, uzatish, yetkazish vazifasini bajaradi. Bunda kod – axborotni yozib olish usuli, matn – axborot, ma’lumot berish vositasi hisoblanadi, kanal – axborot uzatiluvchi muhit, sharoitni ifodalaydi.
5. Semiotika nuqtayi nazaridan til belgilar sistemasi, u moddiy boyliklar – tovushlardan tashkil topadi.
Semiotika va lingvosemiotika
Semiotika (yoki semiologiya) belgilar sistemasi haqidagi fan
bo‘lib, belgilar, ularning tabiati, mohiyati, ko‘rinishlari, amal qilishi kabilarni o‘rganadi. Semiotikaning tekshirish obyekti jamiyatda qo‘llanadigan belgilar tizimi bo‘lib, bunda 2 tipdagi belgilar farqlanadi: tabiiy va sun’iy belgilar.
Til sathi birliklari va ular orasidagi paradigmatik, sintagmatik va izomorflik munosabati.
Til birliklarini 2 guruhga ajratish mumkin:
- tilning asosiy birliklari – fonema va morfema;
- tilning konstruktiv birliklari – so‘z(leksema) va gap.