O’zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 1,58 Mb.
səhifə1/3
tarix24.04.2023
ölçüsü1,58 Mb.
#102036
  1   2   3
Katta aprel 4-hafta Sayyorani asra


O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
_____________________________ MAKTABGACHA TA’LIM BOSHQARMASI
________________________ MAKTABGACHA TA’LIMI BO’LIMI TASARRUFIDAGI
__-davlat maktabgacha TA’LIM TASHKILOTI
katta guruh TARBIYACHISI
__________________________NING
ILK QADAM” O’QUV DASTURI ASOSIDA
SAYYORANI ASRA!
MAVZUSIDA TASHKILLANGAN


(Aprel oyining 4-haftasi)


Guruh: Maktabga tayyorlov guruhlar uchun
Oy mavzusi: Yer sayyorasi-umumiy uyimiz
Hafta mavzusi: “Sayyorani asra!”
Maqsad: Bolalarni koinot haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish. Quyosh sistemasi haqidagi bilimlarini videorolik orqali mustahkamlash. She’r, topishmoq hikoyalar orqali bolalarda mashg`ulotga qiziqish uyg`otish.
E’tiborga molik jixat: Bolalar quyosh, yer, yulduz, oy, sayyoralar haqida tushunchaga ega boladilar.
Kerakli jixozlar: Quyosh, yer, yulduz, oy tasviri tushurilgan suratlar kompyuter
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi bolalar doira bo`lib turib oladilar. Endi bolalar kichkina mashq qilib olamiz.
Mening quloqlarim hamma narsani eshtadi
Bolalar: quloqlarini silyadilar
Ko`zlarim ham yaxshi ko`radi
Bolalar: ko`zlarini silaydilar
Quyosh taftini his qilamiz
Bolalar: nafas chiqaradilar
Barakalla bolalar endi biz ko`ra olamiz, eshtamiz, savollarga to``gri javob berish va hikoya qilib berishga tayyormiz.
Guruhga ayiqcha hafa holda kirib keladi.
Tarbiyachi: Salom ayiqcha nima bo`ldi, nega hafasan?




Ayiqcha: Salom bolalar men yotaverib juda ham zerikib kettim hech qachon quyosh chiqmaydiganga o`xshaydi.


Tarbiyachi: Bolalar sizlar ham ayiqchaga achinyabsizlarmi? Kelinglar uni kayfiyatini ko`tarish uchun koinotga sayr qilamiz. Koinot deganda osmon, oy, quyosh, yulduzlarni tushunamiz.

Bolajonlar topishmoq aytaman topasizlar.


Tilla sandiq ochildi


Olamga nur sochildi (Quyosh)

Barakalla bolajonlar bu quyosh edi.


Guruh xonasiga quyosh bobo kirib keladi.
Men quyosh nurlarim bilan
Iliq, issiq, taftlarim bilan
Har tong men ham shoshaman
Yayrab nurim chochaman


Tarbiyachi: Quyosh bobo bilasizmi ayiqcha sizni juda ham sog`ingan u qishning qattiq sovug`idan yotaverib toliqqa. Bolalar bilan qaysi fasllarda butun borliqni qizdirishingizni tushuntirsak.
Quyosh: Men har kuni yer sirtining bir tomonidan chiqib kun bo`yi osmonda harakat qilaman, kechga borib yer sirtining boshqa bir tomoniga boatman. Yer mening atrofimda aylanadi.


Tarbiyachi: Bolajonlar diqqatingizni kompyuterga qarating, yer quyosh atrofida aylanishini kuzatamiz. Quyosh atrofida 8 ta sayyora aylanadi Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun

Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin