Til-dil kaliti



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə1/6
tarix04.11.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#67370
  1   2   3   4   5   6
til Microsoft Office Word


TIL-DIL KALITI.
1-Boshlovchi;
Assalomu alaykum,aziz ustozlar, qadrli o’quvchilar! Bugungi tadbirimizni ,,TIL – DIL KALITI’’ deb nomladik.O’zbek xalqining tili bo’lgan ona tilimizga bag’ishladik.Marhamat, tinglab nomosha qiling.(so’ng O’zbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi yangraydi)
2-Boshlovchi:
O’zbekiston Respublikasining Davlat tili O’zbek tilidir.Davlat tili haqidagi qonun 1989-yil 21-oktabrda qabul qilingan.1995-yil 21-dekabrda esa u yanada takomillashtirildi.Ushbu qonun milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar berdi.Respublikamizning barcha ta’lim muassasalarida o’zbek tilini o’qitish,ilmiy va rasmiy, ma’muriy ishlarning o’zbek tilida olib borilishi yo’lga qo’yildi.Til haqidagi qonunda O’zbekistonda yashaydigan barcha millat vakillarining davlat tiliga kata e’tibor bilan qarashlari ta’kidlanadi.
O’quvchi;
Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir.O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.O’zbek tili o’zbek xalqining ma’naviy mulkidir.
Davlat tili olibsan tilim,
Kamolot sari yo’l olibsan tilim.
O’quvchi;
,,Ona tilim’’ she’ri
Ota bo’lib otlangan tilim
Ona bo’lib shodlangan tilim.
Bola bo’lib yodlangan tilim
Bu- ona tilim

Boshimda bosh bor ekan borsan


Ko’zimda yosh bor ekan borsan
Toki quyosh bor ekan borsan
Ona tilim

Ona tilim omon bo’l doim


Baxtiyorman deyman,, Assalom’’
O’zbekiston ona yurtida
Jaranglasin o’zbekcha kalom.
1-Boshlovchi;
Ulug’ bobokalonimiz she’riyat mulkining sultoni A.Navoiy so’z haqida shunday deganlar;
O’quvchi;
S o’zdurki, nishon o’likka jondin,
So’zdurki,xabar berur jonga jonondin
Insonni so’z ayladi judo hayvondin,
Bilkim guhari sharifroq yo’q ondin.
O’quvchi;
Ona tilim- ona tilim g’ururi
Ona tilim- muqaddas va beg’ubor
Tilimiz boy,tilimiz sof,go’zaldir.
Bari maqol,bari masal,mataldir.
2-Boshlovchi;
Til – millatning qalbi,ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho xazina.Til- dilning tarjimoni,inson kamolotining belgisi.Til- umr bo’yi o’rganiladigan fan,sayqal bergan sari ochilib yashnaydigan san’at durdonasi.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin