O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
TOMORQADAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH, SHUNINGDEK,
AHOLINING TADBIRKORLIK TASHABBUSLARINI MOLIYAVIY QO„LLAB-
QUVVATLASH BO„YICHA QO„SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO„G„RISIDA
Tomorqa xo„jaliklarida mahsulot yetishtirishni ko„paytirish orqali aholi daromadini
oshirish, ichki bozorni oziq-ovqat mahsulotlari bilan to„ldirish, tomorqada yetishtirilgan
mahsulotlarni kafolatli xarid qilish tizimini yaratish,
shuningdek, har bir tumanda tomorqa yer
egalari va ishlab chiqaruvchilar o„rtasida kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish maqsadida:
1. Tomorqada mahsulot yetishtirishni qo„llab-quvvatlash maqsadida Tiklanish va
taraqqiyot jamg„armasi mablag„lari hisobidan 100 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi
qarz mablag„lari
quyidagi bosqichlarda Fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalarini
qo„llab-quvvatlash jamg„armasiga (keyingi o„rinlarda — Jamg„arma) milliy valyutada 4 yillik
imtiyozli davr bilan 9 yil muddatga yillik 2 foiz stavkada yo„naltirilsin:
1-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag„lar 2022-yil 1-
yanvarga qadar;
2-bosqichda — 50 million AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag„lar 1-bosqich
mablag„laridan foydalanish samaradorligi natijalariga ko„ra 2022-yil 1-iyunga qadar.
2. Mazkur qarorning
1-bandida
belgilangan mablag„lar tijorat
banklariga resurs sifatida
yo„naltirilgan holda, tomorqachilik loyihalarini kreditlash uchun oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish
dasturlarida belgilangan shartlar asosida:
a) tomorqa yer egalariga:
qoida tariqasida, 100 bosh parranda, 5 — 10 bosh kurka, 20 bosh quyon, 5-6 bosh qo„y va
echki, 5 ta asalari uyasi, intensiv usulda baliq boqishni yo„lga qo„yish, shuningdek, ixcham
issiqxonalar, “dala do„konlari” qurish,
artezian quduqlarini qazish;
kichik intensiv bog„dorchilik, limonchilik va uzumchilik;
poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka yetishtirish va
sabzavotchilik uchun kredit
ajratiladi;
b) tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta‟minlash va kambag„allikni qisqartirish
masalalari bo„yicha tuman (shahar) hokimi yordamchisining (keyingi o„rinlarda — hokim
yordamchisi) tavsiyasiga ko„ra “Tomorqa xizmati” MChJlarga urug„lik va ko„chat, motokultivator
va minitraktor, inkubator xarid qilish hamda aylanma mablag„ uchun 300 million so„mgacha
garovsiz kredit ajratiladi.
Bunda, “Tomorqa xizmati” MChJlarga beriladigan kreditlar bo„yicha Jamg„arma
mablag„lari garov ta‟minoti sifatida qabul qilinadi;
Oldingi
tahrirga qarang.
Mazkur garovsiz kreditlar qaytmasligi xavfi tashabbuskor hisobidan kredit olishdan oldin
sug„urtalanadi, tashabbuskor tomonidan kredit evaziga olingan asosiy
vositalarga tijorat banki
tomonidan taqiq qo„yiladi.
Jamg„armaning Vasiylik kengashi qaroriga asosan “Tomorqa xizmati” MChJlarga 300
million so„mgacha ajratilgan garovsiz kredit uchun Jamg„armaning tijorat banklari tomonidan
garovga (depozit) olingan mablag„larining akseptsiz undirilgan qismini qoplash maqsadida,
mablag„larni tijorat banklariga joylashtirishdan olinadigan Jamg„armaning daromadlari hisobidan
zaxira yaratiladi hamda Jamg„armaning tijorat banklari tomonidan garovga (depozit)
olingan
mablag„larining akseptsiz undirilgan qismi mazkur zaxira mablag„lari hisobidan qoplab boriladi.
(2-bandning “b” kichik bandi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi
PQ-394-sonli
qaroriga
asosan xatboshilar bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi,
13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son)
v) yetakchi tadbirkorlik subyektlariga aholi tomorqalarida qishloq xo„jaligi mahsulotlarini
kooperatsiya asosida yetishtirish va yetishtirilgan mahsulotlarni xarid qilish uchun aylanma
mablag„larni to„ldirishga kreditlar ajratiladi.
3. Belgilansinki, Jamg„arma tomonidan 2026-yil 1-yanvarga qadar:
tomorqada yetishtirilgan mahsulotlarni kafolatli xarid qilish maqsadida tomorqa yer egalari
bilan kooperatsiya asosida ish tashkil etgan tadbirkorlik subyektlariga
omborxonalarni jihozlash,
shuningdek, quritish, saralash va qadoqlash uskunalari xarid qilish xarajatlarining 30 foizi
miqdorida, biroq 150 mln so„mdan ortiq bo„lmagan hajmda subsidiya beriladi;
suv ta‟minoti og„ir tomorqa yerlari va foydalanishdan chiqqan maydonlarni sug„orish
uchun vertikal sug„orish quduqlarini burg„ulash, daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv
chiqarish vositalarini sotib olish va o„rnatish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi amal qiladi.