Tomorqadan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix22.05.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#119351
1   2   3   4   5   6   7   8
54 sonli qaror

Oldingi
 tahrirga qarang. 
2022-yilda suv ta‟minoti og„ir hududlardagi aholi tomorqa yerlari va dehqon xo„jaliklarini 
sug„orish uchun vertikal sug„orish quduqlarini ishga tushirishning prognoz ko„rsatkichlari 
2-ilovaga 
muvofiq tasdiqlansin. 
(5-bandning uchinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-oktabrdagi 
PQ-394-sonli 
qarori 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 13.10.2022-y., 07/22/394/0920-
son) 
6. Tuman fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari huzuridagi 
Fermer xo„jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlarining mavjud shtatlari 
doirasida aholi xonadonlarida tomorqadan samarali foydalanish bo„yicha bittadan agronom shtati 
tashkil etilsin.
7. “Agrobank” ATB shaxsiy tomorqalardan samarali foydalanishni targ„ib qilish 
maqsadida 2022-yil 1-aprelga qadar jismoniy shaxslar uchun mo„ljallangan, aholi tomorqalarida 
yetishtirilgan qishloq xo„jaligi mahsulotlarini marketpleys usulida sotishni yo„lga qo„yish, qishloq 
xo„jaligi mahsulotlari yetishtirish bo„yicha onlayn maslahatlar ko„rsatuvchi maxsus platformani 
ishga tushirsin. 
Bunda, “Agrobank” ATBning platformaga ulanish va xizmatlardan foydalanishni bepul 
qilib belgilash to„g„risidagi taklifi ma‟qullansin. 
8. Belgilansinki, har bir tumanda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat 
qo„mitasi hamda boshqa manfaatdor idoralarning mas‟ul xodimlaridan iborat (ish haqi saqlangan 
holda) xonadonlarda parrandachilikni yo„lga qo„yish bo„yicha yuridik shaxs maqomiga ega 
bo„lmagan doimiy loyiha ofisi tashkil etiladi. 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Bandlik va 
mehnat munosabatlari vazirligi (N.B. Xusanov), Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat 
qo„mitasi (B.T. Norqobilov), “Parrandasanoat” uyushmasi (B.I. Isayev), manfaatdor idoralar bilan 
birgalikda: 
bir oy muddatda xonadonlarda parrandachilikni yo„lga qo„yish bo„yicha loyiha ofislarini 
tashkil etish choralarini ko„rsin; 
ikki oy muddatda hudud ehtiyojidan kelib chiqib, xonaki parrandalar naslchiligi 
korxonalarini tashkil etsin; 
2022-yilda joylardagi ehtiyojni o„rganib va hududlarning iqlim sharoitidan kelib chiqib, 
Xitoy, Rossiya va boshqa mamlakatlardan xonaki parranda tuxumlarini olib kelish hamda aholiga 
tarqatish choralarini ko„rsin. 
9. Davlat soliq qo„mitasi (Sh.D. Kudbiyev), Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
(N.B. Xusanov) hokim yordamchilari bilan birgalikda mazkur qaror doirasida ajratilgan kredit 
resurslari hisobiga doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo„lgan fuqarolarga qonunchilikda 
belgilangan tartibda o„zini o„zi band qilgan shaxs sifatida ro„yxatdan o„tishlariga ko„maklashsin. 
10. Hokim yordamchilariga tuman fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari 
kengashi, tomorqa yer egalari, “Tomorqa xizmati” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlari bilan 
hamkorlikni yo„lga qo„ygan holda, quyidagi vazifalar yuklansin: 
uyma-uy yurish orqali tomorqa yer egalarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali 
foydalanilishini, shu jumladan erni tayyorlash, urug„, ko„chat va daraxtlar ekish, issiqxonalar 
qurish, chorva va parrandalarni ko„paytirish holatini, ushbu qaror doirasida tomorqa yer egalari, 


“Tomorqa xizmati” MChJ va boshqa tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlarning maqsadli 
ishlatilishini, shuningdek, mazkur shaxslar o„rtasidagi shartnoma munosabatlariga rioya etilishini 
davriy monitoring qilib borish; 
tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, aholi tomorqalarini xizmatlar bilan qamrab olish 
darajasini oshirish, shuningdek, mahsulotlarni eksport qilish imkoniyatlarini yanada ko„paytirish. 
11. Quyidagilar: 
a) O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosari Sh.M. G„aniyev, O„zbekiston 
fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, qishloq xo„jaligi 
vaziri J.A. Xodjayev: 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari 
bilan birgalikda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanilishi bo„yicha ishlarni manzilli 
tashkil etsin; 
bir oy muddatda tomorqa yer egalari va kooperatsiyalarni mahsulot ishlab chiqarishning 
yangi texnologiyalariga o„rgatish, kooperatsiya a‟zolarining yerlarida agrotexnik tadbirlar 
monitoringini o„tkazish, ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tashqi bozorlarda marketing 
tadqiqotlarini o„tkazish bo„yicha qisqa muddatli amaliy o„quv mashg„ulotlarini tashkil etish 
bo„yicha reja ishlab chiqsin; 
bir oy muddatda tomorqa yerlarida kichik intensiv bog„dorchilik, limonchilik va 
uzumchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va boshqa qishloq xo„jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish bo„yicha namunaviy texnologik xaritalarni, parranda, quyon, qo„y va echki, asalari 
uyalari, intensiv usulda baliq boqish, shuningdek, ixcham issiqxonalar tashkil etish bo„yicha 
texnologik tavsiyalarni ishlab chiqsin va ushbu yo„nalishlarda internet tarmog„i orqali onlayn 
maslahat berib borilishini yo„lga qo„ysin. Tijorat banklari kreditni rasmiylashtirish jarayonida qarz 
oluvchilarning haqiqiy ehtiyojini aniqlash va kreditni qaytarish muddatlarini belgilashda texnologik 
xarita va tavsiyalarni inobatga olsin; 
b) Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 
Veterinariya 
va 
chorvachilikni 
rivojlantirish 
davlat 
qo„mitasi 
(B.T. 
Norqobilov), 
“O„zbekchorvanasl” agentligi (B.T. Atamuratov), “Parrandasanoat” uyushmasi (B.I. Isayev) bilan 
birgalikda bir oy muddatda har bir tumanda veterinariya xizmatlarini ko„rsatish va ozuqa-em 
tarqatish, aholini o„qitish markazlarini tashkil etsin; 
v) Bosh prokuratura (Sh.J. Raximov), Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (A.E. 
Burxanov), Hisob palatasi (B.T. Turabov) mazkur qaror doirasida ajratilayotgan mablag„larning 
ochiqlik va oshkoralik tamoyili asosida maqsadli ajratilishi va sarflanishi ustidan doimiy nazorat 
o„rnatsin hamda har yarim yilda O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot 
kiritib borsin. 
12. O„zbekiston Milliy axborot agentligi, O„zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi 
O„zbekiston fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda 
“O„zbekiston 24” va “Mahalla” telekanallarida tomorqa xo„jaliklarida ochiq va yopiq usulda 
qishloq xo„jaligi mahsulotlari yetishtirish borasida aholining bilim va ko„nikmalarini oshirishga 
qaratilgan teleko„rsatuvlar namoyish etilishini tizimli tashkil etsin. 
13. Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 
O„zbekiston fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qishloq xo„jaligi vazirligi 
bilan birgalikda har bir hududda ochiq va yopiq usulda sabzavot mahsulotlari yetishtirish hamda 
ularning eksportini rivojlantirish maqsadida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 
loyihalar sonini ko„paytirish uchun mahallalarda taqdimotlar va seminarlar o„tkazilishini 
ta‟minlasin. 
14. O„zbekiston Respublikasi Prezidentining va O„zbekiston Respublikasi Hukumatining 
ayrim qarorlariga 
3-ilovaga 
muvofiq o„zgartirish va qo„shimchalar kiritilsin. 
15. O„zbekiston Fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Qishloq 
xo„jaligi vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib 
chiqadigan o„zgartirish va qo„shimchalar to„g„risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 


16. Mazkur qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas‟ul va shaxsiy javobgar etib 
O„zbekiston fermer, dehqon xo„jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.A. Xaitov, iqtisodiy 
taraqqiyot va kambag„allikni qisqartirish vazirining birinchi o„rinbosari S.M. Xolxo„jayev, 
Bog„dorchilik va issiqxona xo„jaligini rivojlantirish agentligi direktori X.M. Karimov hamda 
Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin. 
Qaror ijrosi uchun mas‟ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish 
O„zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o„rinbosarlari Sh.M. G„aniyev va J.A. Qo„chqorov 
zimmasiga yuklansin. 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin