Топширик 11- амалий Машгулот Бурун бушлиги тогайлар хаво йуллари шиллик пардаси



Yüklə 1,84 Mb.
tarix24.01.2022
ölçüsü1,84 Mb.
#51534
Топширик 11


Топширик 11- Амалий Машгулот

1.Бурун бушлиги тогайлар хаво йуллари шиллик пардаси.



Burun sohasi tashqi burun va burun bo'shlig'idan iborat. Tashqi burunda (nasus extern os) burun ildizi, orqasi, uchi va qanotlari tafovut qilinadi. Burun ildizi (radix nasi) yuzning yuqori qismida joylashib peshonadan o'yma bilan ajrab turadi. Tashqi burunning yon tomonlari o'zaro o'rta chiziqda birikib burun orqasini (dorsum nasi) hosil qiladi. Yon tomonlaming pastki qismi esa burun qanotlarini (alae nasi) hosil qilsa, burun orqasi past tomonda burun uchiga (apex nasi) o'tadi. Burun qanotlarining pastki chekkalari burunga kirish teshigini (nares) chegaralab

turadi. Tashqi burun asosini burun suyagi, yuqori jag' suyagining burun o'simtasi va bir nechta gialin tog'aylar hosil qiladi. Burunning yon devorini hosil qiluvchi uchburchak shaklidagi lateral tog'ayi (cartOago nasi lateralis) bevosita burun suyagi ostida joylashib, burunning yon devorini hosil qilishda qatnashadi. Burun qanotini hosil qiluvchi juft burun qanotining katta tog'ayi (cartilage alaris nasi major) burun bo'shlig'iga kirish teshigini old va yon tomondan chegaralab turadi. 2—3 ta burun qanotining kichik tog'aylari (cartilagines alares minores) oldingi tog'ay bilan noksimon teshik o'rtasida yotadi. Goho bir nechta turli kattalikdagi burunning qo'shimcha tog'aylari (cartilagines nasales accessoriae) ham uchraydi. Burun to'sig'i tog'ayi (cartilago septi nasi) toq to'rtburchak shaklida bo'lib, burun to'sig'ining oldingi qismini hosil qiladi. Burun to'sig'i tog'ayi yuqori va orqa tomondan g'alvirsimon suyakning perpendikular plastinkasi bilan, past va orqa tomondan dimog' suyagi va oldingi burun o'simtasi bilan birikadi. Tashqi burun yangi tug'ilgan chaqaloqda qisqa, yassi va keng bo'lib, ildizi tor, orqasi va uchi yaxshi bilinmaydi. Burun qanotlari kichik, tog'aylari qoldiq holatida bo'ladi. Burun teshiklari oval shaklida bo'lib, gorizontal joylashgan. Burun teshigining oldingi qirrasi ko'pincha oldinga va yuqoriga qaragan bo'ladi, bu qirra burun ustining o'sishi bilan pastga tushib, burun uchini hosil qiladi. Bola 5 yoshga borganida burun teshigi yumaloq shaklni oladi. 10—14 yoshda peshona bilan chegarada egarsimon chuqurlik paydo bo'ladi. Burun bo'shlig'i (cavitas nasi) old tomondan burun teshigi vositasida yuzga, orqa tomondan xoanalar orqali halqumning burun qismiga ochiladi. Burun bo'shlig'ini burun to'sig'i (septum nasi) ikki bo'lakka ajratib turadi. Burun to'sig'ini oldingi qismi parda (pars membranacea) va tog'ay (pars cartilaginea), orqa qismi esa suyakdan (pars ossea) iborat. Parda va tog'ay qismlari burun to'sig'ining harakatchan qismini (pars mobilis septi nasi) hosil qiladi. Burun bo'shlig'ining har bir yarmida yuqoridan burun qanotining katta tog'ayi ustki chekkasi bilan chegaralangan burun dahlizi (vestibulum nasi) ajratiladi. U ich tomondan teri bilan qoplangan bo'lib yog', ter bezlari va tuklari bo'ladi. Burun bo'shlig'i burun chig'anoqlari (72-rasm) yordamida burun yo'llariga bo'linadi. Burunda yuqori, o'rta va pastki burun chig'anoqlari (concha nasales superior, media et inferior) tafovut qilinadi. Ulaming o'rtasida yuqori, o'rta va pastki burun yo'llari joylashadi. Yuqori burun yo'li (meatus nasi superior) burunning yuqori va o'rta chig'anoqlari o'rtasida, o'rta burun yo'li (meatus nasi media) o'rta va pastki burun chig'anoqlari o'rtasida, pastki burun yo'li (meatus nasi inferior) pastki buran chig'anog'i bilan burun bo'shlig'ining pastki devori o'rtasida joylashgan. Burun to'sig'i va chig'anoqlarining medial yuzalari o'rtasida ingichka vertikal yo'nalgan yoriq shaklidagi umumiy burun yo'li (meatus nasi communis) joylashgan. Bu yo'l burun-halqum yo'liga (meatus nasopharyngeus) davom etadi. Buran yo'llarmi qoplagan shilliq pardakiprikli epiteliy bilan qoplangan bo'lib, kiprikchalar havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Shilliq pardadagi shilliq bezlari ishlab chiqargan

shilliq suyuqlik havo yo'llariga kirgan changni qamrab oladi. Burun bo'shlig'ining shilliq osti asosida ko'p qon tomirlar bo'lib o'rta va pastki burun chig'anoqlari sohasida g'ovaksimon vena chigallarini hosil qiladi








































Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin