Топширик 10-Амалий машгулот Корин парданинг клиник анатомияси



Yüklə 19,8 Kb.
səhifə1/2
tarix30.01.2022
ölçüsü19,8 Kb.
#51826
  1   2
Топширик 10 II.s


Топширик 10-Амалий машгулот

1.Корин парданинг клиник анатомияси.

Aortaning qorin qismi (pars abdominalis aortae) ko'krak aortasining

bevosita davomi bo'lib, bel umurtqalari oldida joylashadi. U XII ko'krak

umurtqasi sohasida boshlanadi. IV bel umurtqasi sohasida qorin aortasi aorta

bifurkatsiyasini (bifurcatio aortica) hosil qilib ikkita umumiy yonbosh

arteriyasiga bo'linadi. Aortaning o'zi ingichka o'rta dumg'aza arteriyasi (a.

sacralis media) bo'lib, dumg'aza suyagining chanoq yuzasidan pastga kichik

chanoqqa qarab yo'naladi.

Yangi tug'ilgan chaqaloqda qorin aortasining boshlanish joyi XI ko'krak

umurtqasi sohasida bo'lib, ikldnchi bolalik davrida XII ko'krak umurtqasining

o'rtasiga, o'spirmlik davrida XII ko'krak umurtqasining pastki 1/3 gacha

tushadi. Qorin aortasining uzunligi yangi tug'ilgan chaqaloqda 5 sm, diametri

5,5—6,8 mm bo'ladi. Yoshga qarab uning uzunligi o'zgarib, erta bolalik davrida

7 sm, bolalikning birinchi davri oxirida 8 sm, bolalikning ikkinchi davrida

9,5 sm, o'smirlik davrida 12,5 sm bo'ladi.

Aortaning qorin qismidan pariyetal va visseral tarmoqiar chiqadi.

2.Корин парданинг йуналиши парийетал ва виссерал вараклари.

Qorin aortasining pariyetal tarmoqlari

1. Diafragmaning pastki arteriyasi (a. phrenica inferior) juft, diafiagmaning

ostidan chiqib diafragma pastki yuzasiga tarqaladi. Undan buyrak usti beziga

24 tagacha yuqori buyrak usti bezi arteriyalari (a. suprarenalis superiores)

chiqadi. Ular buyrak usti bezining yuqori qismiga tarqaladi. Yuqori buyrak

usti aiteriyalarining kengligi bolalikning ikkinchi va balog'at davrlarida sezilarli

o'sadi.

2. Bel arteriyalari (aa. lumbales) (4 juft) segmentar yo'nalib qorin

mushaklariga boradi. Ulardan orqaning bel sohasi mushaklari va teriga orqa

tarm oqlar (r. dorsalis) chiqadi. Orqa tarmoqdan o'z navbatida

umurtqalararo teshikdan o'tib, orqa miyaga kiruvchi orqa miya shoxlari

(r. spinalis) chiqadi.

Qorin aortasining visseral tarmoqlari

Qorin aortasining visseral tarmoqlari juft va toq tarmoqlarga bo'linadi.

Qorin aortasining juft visseral tarmoqlariga buyrak usti bezining o'rta

arteriyasi, buyrak arteriyasi va moyak (tuxumdon) arteriyasi kiradi.1. Buyrak usti bezining o‘rta arteriyasi (a. suprarenalis media) I bel

umurtqasi sohasida boshlanib, buyrak usti bezi darvozasiga kiradi. Bu arteriya

yuqori va pastki buyrak usti bezi arteriyalari bilan anastomozlashadi.

2. Buyrak arteriyasi (a. renalis) I—II bel umurtqalari sohasida boshlanib,

buyiak darvozasidan kirib oldingi shox (r.anterior) va orqa shoxga (r. posterior)

bo'linadi. Oldingi shox quyidagi tarmoqlarga bo'linadi: a) buyrakning yuqori

segment arteriyasi (a.segmenti superioris); b) buyrakning oldingi yuqori

segment arteriyasi (a.segmenti anterioris superioris); d) buyrakning oldingi

pastki segment arteriyasi (a.segmenti anterioris inferioris); e) buyrakning

pastki segment arteriyasi (a.segmenti inferioris). Orqa shoxdan buyrakning

orqa segment arteriyasi (a.segmenti postcrioris) chiadi. O'ng buyrak arteriyasi

pastki kovak venaning orqasidan o'tadi. Buyrak arteriyasidan buyrak usti

bezining pastki arteriyasi (a. suprarenalis inferior) va siydik yo'li tarmoqlari

(rr. ureterici) chiqadi. Buyiak arteriyasi bolada buyrakning joylashishiga qarab

qiyshiq yo'nalgan bo'ladi. Buyrak o'z joyiga turganidan keyin gorizontal

holatni oladi.

3. Moyak (tuxumdon) arteriyasi (a. testicularis) (a. ovarica) ingichka

uzun arteriya bo'lib, buyrak arteriyasidan pastroqdan boshlanadi. Erkaklarda

moyak arteriyasi chov kanalidan o'tib, urug' tizimchasi tarkibida moyakka

boradi. Undan siydik yo'liga (rr.oreterici) va moyak ortig'iga (rr.epididymalis)

chiqadi. Moyak arteriyasi urug' olib ketuvchi nay va kremaster arteriyalari

bilan anastomozlashadi. Ayollarda tuxumdon arteriyasi tuxumdonni osiltirib

turuvchi boylami tarkibida tuxumdonga boradi. Undan siydik yo'liga (rr.ureteriri)

va bachadon nayiga (rr.tubarii) chiqadi. Tuxumdon arteriyasi bachadon

arteriyasining tuxumdon shoxi bilan anastomozlashadi.

Qorin aortasining toq tarmoqlari

Qorin aortasining toq visseral tarmoqlariga qorin poyasi, ustki va pastki

ichaktutqich arteriyalari kiradi. Ular qorin bo'shlig'ida joylashgan toq a’zolami

qon bilan ta’minlaydi. I.Qorin poyasi (truncus coeliacus) uzunligi 1,5—2

sm bo'lib. aortaning (97-rasm) oldingi yuzasidan XII ko'krak umurtqasi

sohasida boshlanadi. Me’da osti bezining yuqori chekkasida uchta: me’daning

chap, umumiy jigar va taloq arteriyasiga bo'linadi. (Uni Xaller uch oyoqchasi,

tripus Halleri ham deb ataladi.) Qorin poyasi yangi tug'ilgan chaqaloqda

nisbatan uzun (10 mm) va ingichka (2 mm) bo'ladi.

1. Chap me’da arteriyasi (a.gastrica sinistra) chapga va yuqoriga me’daning

kirish qismiga yo'nalib, me’daning kichik egriligi bo'ylab yotadi. Uning

tarmoqlari me’daning oldingi va orqa devoriga tarqalib, o'ng me’da arteriyasi

bilan anastomoz hosil qiladi. Chap me’da arteriyasidan qizilo'ngachning

qorin qismiga qizilo'ngach tarmoqlari (rr. esophageales) chiqadi.

2. Umumiy jigar arteriyasi (a. hepatica communis) o'ng tomonga yo'nalib,

ikkiga: xususiy jigar arteriyasi va me’da o'n ikki barmoq ichak arteriyasiga

bo'linadi. Xususiy jigar arteriyasi (a. hepatica propria) jigar-o'n ikki barmoqichak boylam i ichida jigar

darvozasiga borib, o'ng va chap shoxga (r. dexter et sinister)

bo'linadi. O'ng shoxdan o't pufagi arteriyasi (a. cystica) chiqadi. Xususiy jigar arteriyasidan me’daning kichik egriligini qon bilan ta’minlovchi o'ng me’da arteriyasi (a. gastrica dextra) chiqib, chap me’da arteriyasi bilan anastomozlashadi.

3. Erkak va ayollar qorin pardasining farqi.

Qorin pardasi – odam va hayvonlar qorin boʻshligʻi devorlarini ichki tomondan qoplab, uning ichidagi aʼzolarni oʻrab turadigan yupqa seroz parda. Qorin pardasining tashqi qavati mezoteliydan hosil boʻlib, birikti-ruvchi tolali toʻqima esa uning asosini tashkil etadi. Qorin pardasi ichki aʼzolarni oʻrab turuvchi visseral varaq va qorin devorini oʻrab turuvchi pariye-tal varaqdan iborat. Normal holatda varaklar oʻrtasidagi boʻshliqda seroz suyuqlik boʻladi. Qorin pardasi shu suyuqlik bilan namlanib turgani uchun qorin boʻshli-gʻidagi aʼzolar birbiri bilan ishqalanmaydi. Qorin pardasining tashqi boʻshligʻida yogʻ toʻqimalari, buyrak, buyrak usti bezi va siydik yoʻli joylashgan. Qorin pardasi bu aʼzolarni faqat oldingi yuzasinigina qoplab turadi. Ichki aʼzolar Qorin pardasi bilan har tomonlama (intra-peritoneal), uchala tomondan (mezo-peritoneal) yoki bir tomonlama (ekstraperitoneal) oʻralishi mumkin. Qorin pardasi ichaklar uchun tutqichlar hosil qiladi; ular oraligʻida yogʻ toʻqimalari, limfa tugunlari va qon tomirlar joylashgan. Qorin pardasi qorin boʻshligʻidagi aʼzolar oldida yogʻ qatlami — charvint hosil qiladi. Qorin pardasi hujayralari himoya xususiyatiga ega boʻlib, ular baʼzi kasalliklar (appenditsit, meʼda yarasining yorilib ketishi va boshqalar) da hamda operatsiyalarda qorin boʻshligʻiga tushgan mikroblarni nobud qiladi. Shikastlanishlarda, ayrim operatsiyalar (mas, appenditsit) kechiktirilganda Qorin pardasining yalligʻlanishi — peritonit kuzatiladi.

Qorinning oldingi devorini qoplagan pariyetal qorinparda yuqoriga diafragmaning pastki yuzasiga o'tadi. Diafragmaning pastki yuzasidan qorinparda jigaming o'roqsimon boylami (lig. falciforme hepatis), tojsimon boylam (lig. coronarium), o'ng va chap uchburchaksimon boylamlami (ligg.triangularia dextrum et sinistrum) hosil qilib jigarga o'tadi. Qorinparda old tomondan jigaming o'tkir qirrasini, orqa tomondan orqa qirrasini aylanib o'tib, uning visseral yuzasini qoplaydi. O'ng bolakdan qorinparda o'ng buyrakning yuqori uchiga jigar-buyrak boylamini (lig. hepatorenale) hosil qilib o'tadi. Jigar darvozasidan esa qorinpardaning ikki varag'i — duplikaturasi (bittasi darvozaga jigaming pastki yuzasini old tomonidan, ikkinchisi orqa qismidan) me’daning kichik egriligiga jigar-me’da boylamini (lig. Hepato gastricum) va o'n ikki barmoq ichakning yuqori qismiga jigar-o'n ikki barmoq ichak boylamini (lig. hepatoduodenale) hosil qilib o'tadi. Bu ikkala boylam bir-birining davomi bo'lib, birgalikda kichik charvi (omentum minus) deb ataladi. Me’daning kichik egriligida jigar-me’da boylami yana ikki varaqqa ajralib uning oldingi va orqa devorini qoplab me’daning katta egriligida ular yana birikadi. So'ngra ko'ndalang-chambar ichak va ingichka ichak qovuzloqlari oldidan pastga tushib katta charvining (omentum majus) oldingi qatlamini hosil qiladi. Uning me’da katta egriligi bilan ko'ndalang chambar ichak o'rtasidagi qismi me’da-chambar ichak boylami (lig. gastrocolicum) deb ataladi. Katta charvining oldingi qatlami ma’lum sohada orqaga qayrilib, uning orqa qatlamini hosil qiladi. Ko'ndalang chambar ichakka yetib boigach, katta charvining orqa qatlami ko'ndalang chambar ichakning charvi tasmasi va uning tutqichiga birikadi. Ko'ndalang chambar ichakning tutqichidan yuqorida bu qatlamlar pariyetal qorinpardaga o'tib, me’da osti bezini old tomondan qoplaydi va qorin bo'shljg'ining orqa devoriga o'tib ketadi. Katta charvining oldingi va orqa qatlamlari o'rtasida yog' kletchatkasi bo'ladi.Qorinpardaning me’da katta egriligidan chiqqan ikki varag'i chapga taloq darvozasiga yo'nalib me’da-taloq boylamini (lig. gastrolienale), me’daning kardial qismi bilan diafragma o'rtasida me’da-diafragma boylamini (lig. gastrophrenicum) hosil qiladi.

4. Katta charvi – omentum majus tarkibi quyidagi boylamlardan hosil bo`ladi:

Me’daning kichik egriligida jigar-me’da boylami yana ikki varaqqa ajralib uning oldingi va orqa devorini qoplab me’daning katta egriligida ular yana birikadi. So’ngra ko’ndalang-chambar ichak va ingichka ichak qovuzloqlari oldidan pastga tushib katta charvining (omentum majus) oldingi qatlamini hosil qiladi. Uning me’da katta egriligi bilan ko’ndalang chambar ichak o’rtasidagi qismi me’da-chambar ichak boylami (lig. Gastrocolicum) deb ataladi. Katta charvining oldingi qatlami ma’lum sohada orqaga qayrilib, uning orqa qatlamini hosil qiladi. Ko’ndalang chambar ichakka yetib boigach, katta charvining orqa qatlami ko’ndalang chambar ichakning charvi tasmasi va uning tutqichiga birikadi.

5. Kichik charvi 


Yüklə 19,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin