sintaktik tahlil Badiiy matnning ta'sirchanligini ta'minlashda sintaktik usuldan keng foydalaniladi.
Badiiy adabiyotda ifodali nutq vositasi sifatida muhim rol o`ynaydigan, mazmunan stabillashgan nutq oborotlari sintaktik-stilistik figuralar deyiladi.
Sintaktik figuralar nutq ta'sirchanligini oshirish, tasviriylikni kuchaytirishga yordam beruvchi maxsus sintaktik qurilish, nutq ko`rinishlaridir. Troplar so`zlar bilan ish ko`rsa, figuralar gap tuzilishi va gapdan anglashilgan umumiy ma'noga asoslanadi.
Figuralar nutqni ohangdor, ta'sirchan va jozibador qilishi va shu yo`l bilan tinglovchi tomonidan osonlik bilan qabul qilinishida muhim uslubiy vositadir. Shuning uchun ham ularni ma'lum darajada nutq muzikasi deyish mumkin.
1.Sintaktik parallelizm.
2. Emotsional gaplar.
3. Ritorik so’roq gap.
4. Inversiya.
5. Ellipsis.
6. Sukut.
7. Gradatsiya.
8.Antiteza.
9. Farqlash.
10. O’xshatish.
Matnni sintaktik jihatdan tahlil etishda sohaga oid barcha adabiyotlarda quyidagi uslubiy vositalarga e’tibor berish qayd etiladi:
Badiiy matnda sintaktik jihatdan bir xil shakllangan gaplar ko’p qo’llaniladi. Tilshunoslikda bunday atamalar parellelizm (yun. parallelos-yonma-yon boruvchi) atamasi ostida o’rganiladi.
Parallelizm – ikki hodisani yonma-yon qo`yib tasvirlash orqali ularni bir-biriga qiyoslash usuli bo`lib, undan tasvir etilayotgan ob'ektga tinglovchini diqqatini qayta tortish maqsadida foydalaniladi. Parallelizmning asosiy vazifasi fikrga izoh berish, unga tinglovchini to`la ishontira olishdan iborat.Parallelizm usuli his-hayajon, ko`tarinki ruh bilan aytilgan nutq ko`rinishlari uchun xarakterli bo`lib, tinglovchida turli emotsiyalarni uyg`otuvchi ifoda shakli hisoblanadi. Parallelizm natijasida davomiylik, ko`tarinkilik, qat'iylik kabi ifodalanishiga erishiladi.Ular til uslubiy vositalarining boyish manbalaridan biri bo’lib, poetik nutqda ko’p qo’llanadigan, eng mahsuldor va ta’sirchan sintaktik birlik hisoblanadi. Bir xil shakllangan gaplar badiiy nutq ta’sirchanligini oshirish bilan birga ma’noni kuchaytirishga va fikrningbatafsil – atroflicha ifodalanishiga, tasvir obyekti bilan bog’liq malumotlar fondining kengayib borishiga xizmat qiladi.
Quyidagi vazifalarni bajaradi:
1.Nutqninggo`zal va jozibador bo`lishini ta'minlaydi. Tinglovchining diqqati asosiy ob'ektga jalb etiladi, u orqali fikr tez anglashiladi.
2.U orqali fikrni lo`nda, aniq, o`tkir, jonli va kuchli ifodalash imkoniyati tug`iladi.
3.Parallelizm vositasida fikrning tub mohiyati ochib beriladi, fikr predmetining asosiy sifatlari yoritiladi.
4.Mantiqiy jihatdan ajratib ko`rsatish orqali fikr ob'ekti haqida keng ma'lumot beradi.
Umr degan bir keladi, yoshlik ham bir keladi.
Matn murakkab butunlik sifatida morfemik-morfologik va sintaktik bir necha jihatdan tahlil etiladi:
1) matnningfonetik tahli - bunda tovushlarning uslubiy xususiyatlari bilan bog’liq holatlar tahlil etiladi;
2) matnning leksik tahlili – bunda matnda ijodkor tomonidan qo’llanilgan leksik birliklarning semantik xususiyatlari, ya’ni so’zlarning denotative va konnotativ ma’nolari, shuningdek, ma’nodoshlik, shakldoshlik, zidma’nonlilik, ko’pma’nolilik, ko’chma ma’nolar tahlil etiladi;
3) matnning morfemik-morfologik tahlili – bunda morfologik birliklarning estetik vazifasi, ya’ni ma’lum bir grammatik ma’no vafunksiyaga ega bo’lgan so’z formasini maxsus qo’llash orqali ifodalangan ekspressiv-emotsionallik jihatlar tahlil etiladi;
4) matnning sintaktik tahlili – bunda matnda qo’llangan maxsus uslubiy figuralar: sintaktik pfrallelizm, emotsional gaplar, ritorik so’roq gap, inversiya, ellipsis, antiteza, gradatsiya, sukut, o’xshatish va boshqalarning matndagi xususiyatlari tahlil etiladi.