Tortma analizda tekshirilayotgan moddadagi aniqlanayotgan element (ion) ning miqdorini, odatda bu elementni biror qiyin eriydigan birikma tarzida cho’ktirilganda hosil bo’lgan cho’kmaning og’irligiga qarab topiladi. Tortma analizda cho’ktirish usulidan tashqari boshqa usullar ham ishlatiladi.
Tortma analiz modda tarkibidagi elementlar miqdorini aniqlashda keng qo’llaniladi. Bu usul yordamida fosforitlar, apatitlar, fosforli o’g’itlar to’proq va ozuqalar tarkibidagi fosforni aniqlash mumkin RO3-4 ioni NH4Mg PO4 tuzi xolida cho’ktiriladi, u qattiq qizdirilganda Mg2P2O7 (magniy pirofosfat) ga aylanadi. Ohaktosh dolomit va silikatlar tarkibidagi kaltsiy miqdorini ham aniqlash mumkin. Bunda Mg2+ ioni NH4MgPO4 xolida, Ca2+ ioni esa CaC2O4 xolida cho’ktiriladi. CaS2O4 qattik qizdirilganda CaO hosil bo’ladi.
Miqdoriy analiz o’tkazilayotganda quyidagi ketma-ketlikka amal qilinadi.
O’rtacha namuna olish va analizga tayyorlash.
Namunani o’lchab olish.
Eritish.
Aniqlanadigan elementni to’liq cho’ktirish.
Filtrlash yo’li bilan xosil bo’lgan cho’kmani ajratish.