Ishdanmaqsad: Ma`lumotlar bazasini relyatsion modeli uchun jadvallar tizimini ishlab chiqishni o`rganish va ob`yektlarni bog`lanish munosabatlarini tahlil qilish.
Masalaniqo`yilishi: Berilgan predmet soha ma`lumotlar bazasidagi barcha ob`yektlarni relyatsion modelini ishlab chiqish.
Uslubiyko`rsatmalar: Ma`lumotlarni relyatsion modeli asosida munosabat tushunchasi yotadi. Munosabatni 2 o`lchamli jadvallar yordamida tasvirlash qulay. Jadval ko’rinishidagi ma’lumotlar tushunarli, ko`rimli va inson uchun oddiy hisoblanadi. Munosabatlar to`plami ma`lumotlarni saqlash uchun ishlatilishi mumkin. Shu bilan birga ular orasidagi bog`lanishlarni modellashtirish imkonini beradi.
Relyatsion yondashuv asosiy tushunchalari: Ma’lumotlar toifasi – relyasion MB saqlanadigan ma’lumot qiymatlari;
Domen – domenlar ma’lumotlarni ayrim asosiy turlarini aniqlash orqali o‘rnatiladi;
Atributlar – jadval ustunlar nomlari;
Bog‘lanish – relyation so‘zidan olinib munosabatni bildiradi;
Birlamchi kalit – bu kalit tashqi MB bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun xizmat qiladi.
Relyatsion MB munosabatlarni o`zaro bog`langan to`plamidir. Har bir munosabat kompyuterda fayl ko`rinishida tasvirlanadi.