Oriental Universiteti pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 2-15 guruh talabasi Xoliqova Dilnozaning



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə1/3
tarix12.06.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#128894
  1   2   3
Xoliqova Dilnozaning ,,Rivojlanish psixologiyasiʼ


Oriental Universiteti pedagogika va psixologiya yoʻnalishi 2-15 guruh talabasi Xoliqova Dilnozaning
,,Rivojlanish psixologiyasiʼʼfanidan tayyorlagan taqdimoti
Oʻqituvchi:Raimdjonov M
Mavzu:Pedogik psixologiya fanining predmeti
Reja:
Pedagogik psixologiya haqida tushuncha
Pedagogik psixologiyaning vazifalari va ahamiyati
Pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi, rivojlanishi tarixi.
Pedagogik psixologiya printsiplari
Psixologik tadqiqotlarning asosiy bosqichlari
Tayanch so`z va iboralar
Pedagogik psixologiya, o`qish, o`qitish, tarbiya, kasb tanlash, tarbiyaning metodologik masalalari, shaxs kamoloti, tarbiya samaradorligi Printsiplar, psixika, tipologik xususiyatlar, ruhiy holatlar, miyaning reflektor faoliyati, shaxslararo munosabat, shaxsning shakllanishi, metodlar, kuzatish, suhbat, anketa, test, sotsiometriya, eksperiment, tabiiy, laboratoriya.
Pedagogik psixologiya – psixologiya ilmining tarmog‘i sifatida, ta’lim va tarbiyaning shaxsga samarali ta’sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va mexanizmlarini o‘rganuvchi fandir.
Ta’lim-tarbiya muassasalaridagi faoliyat va hatti-harakatlarining psixologik qonuniyatlarini o‘rganuvchi pedagogik psixologiya ikki fanni, ya’ni psixologiya va pedagogika fanlarining tutashgan joyidan o‘rin egallagandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti o‘quv muassasalarida bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini, bu jarayonlarda sodir bo‘ladigan individual tafovutlarni, o‘quvchilarda faol, mustaqil va ijodiy tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. SHuningdek, pedagogik psixologiya - ta’lim-tarbiyaning ta’siri okibatida o‘quvchilar psixikasida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni, o‘quv materiallarining o‘quvchilarning yosh davrlariga mos kelishini, turli ta’lim metodlarining psixologik jihatdan samaradorligini, darsliklarining tartibiga nisbatan bo‘lgan psixologik talablar kabi muammolarni ham o‘rganadi.
Pedagogik psixologiya boshqa psixologiya fanlari qatori talabalari ilmiy- nazariy bilimlar bilan qurollantiradi, mutaxassis sifatida shakllanishiga o`zining munosib hissasini qo`shadi. Pedagogik psixologiyaning oldida turgan asosiy maqsad, talablarni o`rta va oliy maktab ta'limiga hozirgi zamon psixologlarining yondoshishlari bilan, shuningdek turli yoshdagi insonlarda o`qish jarayonida shaxsni shakllanish xususiyatlari bilan tanishtirishdan iboratdir.
Pedagogik psixologiya bilimlarni o`zlashtirishning eng oqilona yo`llarini izlash, ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish, o`qitish va bilim olishning yangi metodlarini ishlab chiqish, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi ta'lim muammosini tadqiq qilish masalalarini o`z predmetiga qamrab oladi, ya'ni o`qish, o`qitish, tarbiya va kasb tanlash pedagogik psixologiyaning predmeti hisoblanadi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin