O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Islom Karimov nomidagi
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
<> kafedrasi 5b-18KI guruh talabasi Tojiddinov Bunyodning
<>
Fanidan
1-MUSTAQIL ISHI
OLMALIQ 2020-YIL
Reja:
Kirish
1.Navoiy kon-metallurgiya kombinatida inovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish
2.Eng yangi texnologiyalar
3. Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi
4. Ochiq kon avtotransportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi
5.Oltin sulfidli ma'danlarni saralash bilan dastlabki boyitish texnologiyasi.
6.Xulosa
7.Foydalangan adabiyotlar
Kirish
Navoiy viloyatida Zarafshon, Muruntov, G’ozg’on, Buxoro viloyatida Qorovulbozor, Gazli va Zafarobod singari resurs shaharlar vujudga kelgan. Mazkur shaharlar orasida Zarafshon shahri aholi soniga ko’ra eng yirik hisoblanadi. Farg’ona vodiysi va Toshkent rayoni kabi O’zbekistonni nisbatan taraqqiy etgan mintaqalarida shaharlar to’rining ko’payishi sobiq Ittifoqning dastlabki yillaridan boshlangan bo’lsa, viloyatimizda mazkur jarayon o’tgan asrning 60- yillaridan keyin kuzatiladi. Bu davrda shakllangan shahar manzilgohlari rayon iqtisodiyotining kelajakdagi taraqqiyoti uchun asos bo’ladigan tabiiy boyliklarni o’zlashtirish evaziga tashkil topdi. Bunga yaqqol misol sifatida 1967 yilda Muruntov oltin konidan ma’dan qazib olish va o’zlashtirish markazi sifatida vujudga kelgan, mamlakat oltin qazib olish sanoatining asosiy markazi Zarafshon shaharchasini keltirish mumkin. Ma’lumki, o’tgan asrning 60-yillarida respublikada metallurgiya, xususan rangdor metallurgiya sanoatini rivojlanishiga katta e’tibor berildi. Ayniqsa, Qizilqum cho’lida yirik zahiraga ega bo’lgan Muruntov oltin koni muhim ahamiyat kasb etadi. Bu konning topilishi bilan 1967 yilda uning yaqinida Zarafshon shaharchasiga asos solindi. Shaharda ko’plab oltin qazib olish sanoatiga oid korxonalar qurildi. Natijada, shaharning demografik va iqtisodiy salohiyati oshib, u 1972 yilda O’zbekistonning shaharlari qatoridan joy oldi.
1.Navoiy kon-metallurgiya kombinatida inovatsion texnologiyalarni ishlab chiqarish
Mamlakatimiz iqtisodiyotida yetakchi o‘rin tutgan yirik sanoat korxonalarida amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlari ishlab chiqarish quvvatini yanada oshirish, zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanishga imkon yaratadi.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli Markaziy kon boshqarmasida innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqarishga jalb etilishi ish unumdorligini yangi sifat bosqichiga olib chiqmoqda. Kon boshqarmasiga qarashli «Oltinni uyumda ishqorlash sexi» konida o‘z ishining ustasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar, malakali mutaxassislar mehnat qilishadi. Korxonada tarkibida oltin miqdori kam bo‘lgan rudalarni qayta ishlab, uyumda ishqorlash orqali oltin ishlab chiqariladi. Bunday texnologiya nafaqat mamlakatimiz, balki MDH davlatlarida ham yuqori iqtisodiy samaradorligi, noyobligi bilan ajralib turadi.
– Bu tengsiz loyiha ishga tushirilgan paytda konimiz Evroosiyo hududidagi eng yirik uyumda ishqorlash korxonasi hisoblangan bo‘lsa, bugungi kunga kelib u dunyodagi eng yirik sanoat majmuasigaaylandi,
Yosh va g‘ayratli mahalliy mutaxassislarning bilim va tajribalari oshirilayotganligini ishlab chiqarishga yangicha yondashuv talab etadigan ushbu texnologiyalarni o‘zlashtirayotganliklarida ham ko‘rishmumkin.
Konda o‘tgan yillarda qator modernizatsiya tadbirlari amaliyotga samarali tatbiq etilishi evaziga ishlab chiqarishda yuqori natijalar qo‘lga kiritildi. Tog‘ jinslarini maydalash-saralash hamda konveyer usulida tashish majmuasida xorijiy kompaniyalarning texnikalaridan unumli foydalanilmoqda. E’tiborli jihati, ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan dastgohlarni modernizatsiyalash, mahalliylashtirish dasturini ro‘yobga chiqarish, texnologik jarayonga yangi ishlanmalarni tadbiq etish ishlari izchillik bilan davom ettirildi. Navoiy kon-metallurgiya kombinati bosh direktori Quvondiq Sanaqulov rahbarligida ishga tushirilgan yangi texnologiya – to‘yingan oltin tarkibli eritmalarni faol ko‘mirga sorbsiyalash qurilmasi oltin ishlab chiqarish miqdorini ko‘paytirishga imkon yaratdi. Bunday innovatsion yondashuvlar natijasida konda 2016 yilda davlat buyurtmasi 100.1 foizga uddalandi. Joriy yil ikki oylik ko‘rsatkichi 105 foizdan oshdi.
Avval valyutaga chetdan keltirilgan ko‘pgina ehtiyot qismlarni mahalliylashtirish dasturi doirasida respublikamiz korxonalarida tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Aytaylik, tog‘-kon sanoatida maydalash, saralash, ishqorlab eritish ishlarida qo‘llaniladigan ehtiyot qismlar va mahsulotlar «Navoiy mashinasozlik zavodi» ishlab chiqarish birlashmasida, ayrimlari Toshkentdagi «GAUCH» mas’uliyati cheklangan jamiyati, «Maxsus polimer zavodi» qo‘shma korxonalarida tayyorlanmoqda. Pirovardida XXI asr boshida ehtiyot qismlarning 90 foizi xorijdan keltirilgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib korxona ehtiyoji uchun zarur ehtiyot qismlarning90foizimahalliylashtirildi.
Rudani qayta ishlash, uyum hosil qilish, uni ishqorlash, eritmalarni qayta ishlab, tayyor mahsulot holatiga keltirish kabi texnologik jarayonlarni bajarish uchun kishida matonat va tajriba bo‘lishi zarur.
Korxona mutaxassislarining mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanib, nodir metallardan tashqari mis, nikel kabi rangli metallarni ajratib olish bo‘yicha olib borayotgan izlanishlari korxona laboratoriyasi sharoitida sinovdan o‘tmoqda. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshirish maqsadida korxona hududida yaqin kelajakda yangi zavod ishga tushirish uchun loyihalash instituti tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda. Korxona muhandis-texnologlarining 95 foizi Toshkent davlat texnika universiteti va Navoiy davlat konchilik instituti bitiruvchilari hisoblanadi. Kon ishchi-xodimlari turli ommaviy tadbirlar, sport musobaqalarida ham faol ishtirok etib, futbol, aql charxi hisoblangan shaxmat bo‘yicha o‘tkazilayotgan bellashuvlarda doimo sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayapti.
Jamoa 2017 yilda ham barcha davlat buyurtmalarini o‘z vaqtida bajarib, mamlakatimiz iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
2.Eng yangi texnologiyalar
Oltin tarkibli ma'danlarni qazish va qayta ishlash bo`yicha Navoiy KMK sanoat kompleksi yillar davomida yuqori texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar bilan turg`un ishlab kelmoqda. Respublika mustaqilligi yillarida oltin ishlab chiqarish 1,5 baravarga o`shdi. Bu yutuqlar amaldagi korxonalarni to`liq texnik qayta jihozlash hisobiga, yangi ishlab chiqarishlarni qurish hisobiga, shuningdek oltin ishlab chiqarish samaradorligini sezilarli oshiradigan eng yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni joriy qilish hisobiga mumkin bo`ldi. Bunday yo`nalishlardagi ishlarga birinchi navbatda NKMKning INTEGRA GROUP(AQSH), "Integra" YoAJ(Rossiya), Vnipipromtexnologiya(Rossiya), Toshkent davlat texnika universiteti, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi seysmologiya instituti, Ukraina Milliy konchilik akademiyasi tabiatdan foydalanish va ekologiya muammolari instituti bilan hamkorlikda bajargan tadqiqotlari kiradi. Ochiq konlarni loyihalash, qurish va foydalanish tajribasi ko`rsatadiki, kon qazuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligi asosan qurilish, konchilik ishlarni olib borish texnologiyasi va tartibini, ma'danlar va ochishlar hajmining taqvimiy taqsimlanishini, ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks mexanizatsiyalash turini tanlash masalalarini to`g`ri yechishga bog`liq. Kombinatning kon qazuvchi korxonalari rivojini optimallashtirish uchun g`arb namunalaridan qolishmaydigan, ayrim hollarda ulardan yuqori bo`lgan maxsus kompyuter texnologiyalari ishlab chiqildi va oltin ma'danli konlarni loyihalash, rejalashtirish va ishlatish amaliyotga joriy qilindi.
3. Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi
Kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi(KICHLAT)dan "Ruda" avtomatik tizimi(AT) bilan birgalikda foydalaniladi. Bu tizimlar doirasida konchilik-qazib olish ishlarini geologik-marksheyderlik ta'minoti bilan bog`liq vazifalar; shuningdek konlarni o`zlashtirishning joriy va istiqbolli rejalashtirish masalalari yechiladi. Portlatish quduqlarini sinash natijalari bo`yicha jamlangan ma'lumotlar negizi asosida ishlatiladigan blokning raqamli modeli tuziladi. Sort rejalarini tuzish jarayoni "Ruda" AT yadrosini tashkil qiladi va bundan mana 10 yildan ko`proq vaqtdan beri muvaffaqiyatli foydalanilmoqda. Xususan ushbu tizimni joriy qilish hisobiga sifatini pasaytirmasdan tovar ma'danlari 6% ga oshirildi, bu konchilik ishlari hajmini oshirmasdan Muruntov ochiq koni uchinchi navbati zahiralari bilan ishlash muddatini bir yildan ko`proqqa cho`zish imkonini berdi.
Murakkab-tuzilmali konning matematik modelini yasash va uning zahiralarini hisoblashning kompyuter texnologiyasi.
Ishlab chiqilgan, amalda yangi, dunyoda o`xshashi bo`lmagan kompyuter texnologiyasi asosida Muruntov ochiq konining matematik modeli birinchi bo`lib qurilgan va geologlya qidiruv quduqlari sinovining ma'lumotlari bo`yicha zahiralarining kompyuterli ko`p variantli hisobi o`tkazilgan edi. Bunda zahiralarni aniqlashning nisbiy xatoligi ma'dan bo`yicha 20.7% dan 9.5% gacha va oltin bo`yicha 23.2% dan 14.8% gacha kamaydi. Natijada kon xom-ashyo bazasining ishonchli hisobi olindi, bu Muruntov ochiq konining IV navbatini loyihalash uchun foydalanildi.
Konning matematik modeli asosida ochiq konning optimal final shakli va uni rivojlantirish grafigini qurishning kompyuter texnologiyalari.
Bu texnologiya qazishning texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarini hisobga olgan holda konning matematik modeli asosida qazish uchun rentabelli barcha zahiralari ichida bo`lgan ochiq konning konturini(berilgan qiyalik burchagi, bermalari va boshqalari bilan) yasash, shuningdek ochiq konning chuqurlanish tezligi bo`yicha cheklanishlarni hisobga olib uni qazishning taqvimiy grafigini qurish imkoniyatini beradi. Ta'kidlash lozimki, shu maqsad uchun g`arb kompaniyalari foydalanayotgan WITTLE-4D dasturi aytilgan cheklanishlarni hisobga olish imkoniyatiga ega emas, demak yangi texnologiya dunyoda o`xshashi yo`q va noyob. U Muruntov ochiq konining IV navbatini rivojlantirish uchun foydalanilgan edi. IV navbatning TIA(VNIPIPT 1992 yil) bilan taqqoslaganda Muruntov ochiq konining yangi konturida olinishi kerak bo`lgan kon massasining hajmi sezilarli(40% dan ko`proqqa) kamaydi.
4. Ochiq kon avtotransportini boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi
Ushbu tizimning farqli tomoni shuki unda yer yo`ldoshi radiosignallardan foydalanish orqali harakatdagi yoki statsionar ob'ektlarning koordinatalarini yuqori aniqlik bilan belgilash imkoniyatini beradigan GPS(Global Poziniyalash Tizimi) kosmik navigatsiyali texnologiyaning ishlatilishidir. Avtotransportni boshqarishning avtomatik tizimi kon ishlab chiqarishini loyihalashning avtomatik tizimi bilan, shuningdek ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi bilan o`zaro bog`lanishda bo`ladi. Kon mexanizmlarining joylashuvi va harakati hamda qazib olinadigan ma'dan miqdori to`g`risidagi axborot dispetcher pultiga uzatiladi va KICHLAT dasturlarida qo`llash uchun qulay ko`rinishda serverga kiritiladi. O`z navbatida KICHLATning alohida kichik tizimlari(sort bo`yicha reja, marksheyderlik ma'lumotlar, burg`ilash loyihasi va boshqalari) ishining natijasi to`g`risidagi axborot ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimiga va so`ngra atotransportni boshqarishning avtomatik tizimiga uzatiladi. Joriy qilingan tizimning iqtisodiy samaradorligi texnologik avtotransport unumdorligining 8-12% ga oshishi bilan asoslanadi.
Ma'dan oqimi sifatini boshqarishning avtomatik tizimi.
Ekskavator mashinisti ma'dan qazishni portlatilgandan keyin ma'dan bloki ustiga qo`yilgan belgi bo`yicha bajaradi. Belgi bo`yicha ma'dan qazishning murakkabligi(ayniqsa kechqurun) ma'danning asossiz kamayishi va puch jinslar hisobiga kambag`allashuviga olib keladi. Bu оmilning saralangan qazishga salbiy ta'siri o`sha GPS Kocmik navigatsiya tizimidan foydalinish bilan Muruntov ochiq konida ma'dan oqimi sifatini boshqarishninq avtomatik tizimida(ma'dan miqdori va undagi oltinning tarkibi)maksimal kamaytirilgan. Љоmpyuter yordamida ekskavator mashinisti avtoto`kkichga yuklanayotgan ma'dan navini har doim bilib turadi, bunda tizim ko`rsatilgan joyga ma'danning to`g`ri yetkazilayotqanini nazorat qiladi. Qazib olinqan xom-ashyoning sifatini boshqarish tizimi dastlabki baholash bo`yicha puch jinslar hajmini saralash va natijada yo`qotishni 2-3% ga va kambag`allashuvni 5-6% ga kamaytirish imkoniyatini beradi. Tizim yuklanayotgan ma'dan tarkibini taxminan 1-3% ga oshirish, tovar ma'danlarini balansdan tashqari bloklardan qazish hisobiga uninq chiqishini lO-15% ga ko`paytirish, minerallangan massalar bloklaridan balansdan tashqari ma'danlar chiqishini 10-15% ga ko`paytirish, ichki qazish bloklaridan minerallangan massalarninq chiqishini 10-15% ga ko`paytirish imkoniyatini beradi.
5.Oltin sulfidli ma'danlarni saralash bilan dastlabki boyitish texnologiyasi.
Oltin sulfidli ma'danlarni dastlabki boyitish texnoloqiyasi {patent egasi INTEGRA GROUP) kombinat tomonidan sanoatda joriy qilish uchun qabul qilingan, shu kompaniya mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan RRS modelli separatorlar(rentgenradiometrik separator)dan foydalanishni ko`zda tutadi. Ma'danlarni dastlabki boyitish texnologiyasi GMZga jo`natilgan dastlabki ma'danning sifatini sezilarli(oltinning tarkibini taxminan ikki baravar) oshirish, oltin bo`yicha boy navli ma'danlardan, kambag`al va balans ma'danlardan ajratib olish hisobiga oltinning qo`shimcha miqdorini qayta ishlashga jalb qilish imkonini beradi, bu esa ushbu jarayon uchun yanada samaradorli bo`lib hisoblanadi. Ishlab chiqarishga oltin sulfidli ma'danlarni boyitishning texnologik sxemasini joriy qilish bilan bir vaqtda NKMKda "erkin" oltinli texnologik turdagi Muruntov ma'danlarini boyitish bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari kompleksi tugallanadi. Bunday ma'danlarni bilvosita belgilari bo`yicha ma'dan saralash misollari dunyoda yo`q.
Tarkibida oltin bo`lgan ma'danlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish texnologiyasi.
Oltinni aniqlash chegarasi 0,6 g/t bo`lgan elektronlarni chiziqli tezlatgich LUE-8-5 ning tormozli nurlanishidan foydalangan holda avvaldan tortib tayyorlangan oltin tarkibli ma'danlarni gamma-aktivatsion tahlil qilish uchun mo`ljallangan avtomatlashtirilgan qurilma "Aura" Texnikaviy Fizika va Avtomatlashtirish Umumrossiya ITI (VNIITFA) va Elektron-fizikaviy Apparaturalar Ilmiy-tadqiqot instituti (NIIEFA) bilan birgalikda ishlab chiqildi va joriy qilindi. Muruntov ochiq konida qurilgan gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasi noyob va dunyo tahliliy amaliyotida o`xshashi yo`qdir. 1992 yildan boshlab VNIITFA va NIIEFA bilan birgalikda gamma-aktivatsion tahlil laboratoriyasini bosqichma-bosqich texnik qayta jihozlash boshlandi. Zamonaviy element bazasida dasturiy -boshqariladigan"Astat" gamma-aktivatsion tahlil qurilmasi ishlab chiqildi va tayyorlandi. "Aura" qurilmasidan farqli holda"Astat"da halaqit beruvchi ta'sirlarni yanada to`liq hisobga olish imkonini beradigan, gamma-spektrometriyaning "besh oynali" varianti ishlatilgan.Ikkita sintillyatsion detektirlovchi qurilmalar qo`llanilishi hisobiga tahlil davomiyligi 17 sekundan 8 sekundgacha kamaytirildi. Qurilmada boshqa elementlarini ham aniqlashni bajarish mumkin. Sanoat sharoitida gamma-aktivatsion tahlil talablaridan kelib chiqib, texnik tavsiflarini sezilarli darajada yaxshilash maqsadida, elektronlarni chiziqli tezlatgichlar modernizatsiyasi tugallandi.
TQK-270 tik-qiya konveyer asosida resurs tejaydigan toshli kon massasining uzluksiz transporti.
2011 yil 21 iyunda sanoat tarzida ishga tushirilgan “TQK -270” asosidagi uzluksiz transportning konchilik massasini ko'tarish balandligi 270 m, qiyalik burchagi 37 gradus, unumdorligi soatiga 3500 tonna, loyihaviy yillik quvvati 13 mln.tonna, shuningdek, o'ziga xos texnologik va konstruktorlik echimlari bilan dunyoning ilg'or standartlarini ortda qoldirgan, noyob muhandislik inshooti hisoblanadi.
Toshli kon massasini tik-qiya holda yuqoriga ko'tarish Muruntau kar’erga ishlov berishning iqtisodiy maqsadga muvofiq chuqurligini keskin oshirish imkonini beradi. “TQK-270” kompleksidan foydalangan holda avtomobil’ transporti bilan kon massasini tashishning o'rtacha masofasi 3,6 kilometrga, bosib o'tiladigan yo'l 40 foizga, faqatgina 2012 yilda ekspluatatsiya harajatlari 2,87 mlrd.so’mga kamaytirildi. Yutuqlar nashrlar, patent va patent uchun berilgan talabnomada o'z ifodasini topdi, shuningdek, xalqaro konferentsiyalar va jahon konchilik sanoatida katta qiziqish o'yg'otdi.
O`zbekiston olimlarining hissasi
Kombinat uchun bajarilgan ilmiy- tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga O’zbekiston geotexnologiya ilmiy-tadqiqot va loyihalashtirish instituti «O’zGEOTEXLITI», O`zR FA yadro fizikasi instituti(YaFI), "Qiziltepageologiya"KGP , O`zR FA mikrobiologiya instituti, "Texnolog" IIChB, Toshkent davlat texnika universiteti(ToshDTU), Toshkent avtomobil yo`llari instituti(TAYI), O`zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti, O`zR FA o`g`itlar instituti, Navoiy davlat konchilik instituti (NDKI), "O`zbekiston" ilmiy-sanoat, tashqi - iqtisodiy va ish bilarmon hamkorligi assotsiatsiyasi va respublikaning boshqa ilmiy-tadqiqot tashkilotlari katta hissa qo`shdilar.
6.Xulosa
Bizning mamlakat oltin, uran, mis, volfram, kaliy tuzlari, fosforitlar, kaolinlar va boshqalarning tasdiqlangan zahiralari va prognoz resurslari bo‘yicha jahon davlatlari orasida 1-o‘nlikka kiradi. Oltin va uranning asosiy konlari Markaziy Qizilqum hududida joylashgan va Navoiy kon-metallurgiya kombinati faoliyatining ob’ekti hisoblanadi. Ishlab chiqariladigan mahsulot assortimentlari bo‘yicha yer ostini sanoatlashgan holda o‘zlashtirish NKMK faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi, asosiy mahsuloti - oltin va uran. Bunga kombinatning izlash - qidirish ishlaridan rudani qazib olguncha, uni qayta ishlashgacha, (999,9) namunali oltin va uran chala oksidi-oksidi olguncha bo‘lgan ishlab chiqarishning tugallangan davrini amalga oshiradigan kon-metallurgiya korxonasining barcha faoliyati kiradi. Asosiy mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari, NKMK fosforit xom-ashyosini qazib olish, sulfat kislota va oltin, kumush buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Suyuq shisha, portlatish moddalari, polivinilxlorid va polietilen quvurlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mahalliy xom-ashyo asosida shag‘al, beton, asfalt betoni, formovka qumi, ohaktosh, gabbro, marmar va granitdan sirlangan buyumlar ishlab chiqarishi tashkil etilgan. Kombinat sanoat jihozlarini ta’mirlash bo‘yicha ham xizmat ko‘rsatadi. Metall qirqish stanoklari, qurilish metall konstruksiyalar, payvandlash elektrodlari, maishiy texnika, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa xalq iste’moli mollarini ishlab chiqaradi. NKMK innovatsion siyosati amaldagi ishlab chiqarish bazasini yangilash, texnik qayta jihozlash, ilg‘or ilmiy ishlanmalarni joriy etishga yo‘naltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 15 iyuldagi “Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilishni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PP-916-sonli Qarori e’lon qilinishi bilan kombinatda innovitsion faoliyat yangicha ruh kasb etdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Hukumati va Prezidentining shaxsan qo‘llab-quvvatlashlari va doimiy e’tibori tufayli, kombinat dunyodagi eng peshqadam o‘nta kompaniyalardan biri maqomini saqlab qoldi va Davlat korxonasining kamyob qudratli sanoat gigantini rivojlantirishga muvaffaq bo‘ldi.
Kombinatda kamyob innovatsion texnologiyalar ishlab chiqilgan va joriy qilingan. 3-sonli Gidrometallurgiya zavodiga oltingugurtli oltin ma’danlarni flotatsion boyitishning takomillashtirilgan texnologiyasi joriy qilindi. Ishlab chiqarishga Qizilqum hududi sharoitlariga moslashtirilgan ishlanishi qiyin bo‘lgan oltin-sulfidli bakterial oksidlash usuli kiritildi. Bakterial oksidlangan mahsulotlarni ko‘mir bilan sorbsionlash-sianlash texnologiyasi joriy qilindi. Bakteriyalarning hayotiy faoliyati, o‘sishi va qayta ishlab chiqarilishi uchun kombinat mutaxassislari va respublika olimlari tomonidan yaratilgan oziqlantiruvchi muhitdan foydalaniladi. NKMK er osti boyliklarining matematik modeli va sanoat zahiralari bahosi, konchilik ishlarining eng muvofiq kalendar jadvali, karerlarning yakuniy va oraliq shakllari kabi tuzilish topshiriqlarini yechishga imkon beradigan kamyob dasturiy-texnik kompleksga ega. Bu kelajakda gidrometallurgiya zavodlarining barqaror ishlash davrini yaqin 100 yilga uzaytirish va kombinat kon qayta ishlash komplekslarining ishini yaxshilash imkonini beradi.
7.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari. – T., O’zbekiston, 1997.
2. Mirakmalov M.T. Geografiyada toponimika. T., 2002.
Internet saytlari: Ngmk.uz
Dostları ilə paylaş: |