Toshkent iqtisodiyot pedagogika instituti “tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B. E. Izbasarov



Yüklə 225,02 Kb.
səhifə5/71
tarix09.06.2023
ölçüsü225,02 Kb.
#127542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71
HO\'M UMK

Internet manzillari
1. www.pedagog.uz
2. www.edu.uz
3. http://ziyonet.uz
4. http://tipi.uz

«TASDIQLAYMAN»


Pedagogika fanlari yo‘nalishi rahbari
_______ I.D.Qodirov
«_____» _______________ 2022
Fan dasturi bajarilishining kalendar rejasi
2022-2023 o‘quv yili uchun
( ma’ruza mashg‘uloti)

Yo‘nalish nomi:

Pedagogika fanlari

Ta’lim yo‘nalishi:

60110500 –Boshlang‘ich ta’lim (kunduzgi)22/1

Fanning nomi:

Husnixatga o‘rgatish metodikasi

Ma’ruza mashg‘ulot o‘qituvchisi:

Nurmatova Sh.Sh








Ma’ruza mashg‘ulot nomi

Reyting bo‘yicha ajratilgan xajmi, soat



Amalda bajarilishi

O‘qituvchi imzosi

Soat

Vaqti

1.

Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, uning ta’limiy ahamiyati.

2



2







2.

Yozuv haqida ma’lumot. O‘zbek yozuvi tarixi.

2

2







3.

Xattotlik san’ati tarixi.

2



2







4.

Xattotlik maktablari haqida ma’lumot.

2

2







5.

Husnixatga o‘rgatishning grafik asoslari.

2

2







6.

Husnixatga o‘rgatish tamoyillari (Onglilik tamoyili. Genetik tamoyil. Takrorlash tamoyili. Ko‘rgazmalilik tamoyili)

2


2







7.

Husnixatga o‘rgatish tamoyillari (Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Yozuvga o‘rgatishning o‘qishga o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Chiroyli yozuvning imlo bilan bog`liqligi tamoyili. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog‘liqligi tamoyili)

2

2









8.

Husnixatga o‘rgatishning metod va usullari (Chiziqli usul. Genetik usul. Namunaga qarab yozish usuli. Namunaga qarab ko‘chirish usuli. Nusxa ko‘chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli)

2

2









9

Husnixatga o‘rgatishning metod va usullari (Ritmik usul(sanoq-ohang) usuli. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli. Qo‘l uzmasdan yozish usuli. Xatolar ustida ishlash usuli)

2

2












Oraliq nazorat



2

2









10

Husnixatga o‘rgatishning gigienik shartlari.

2

2









11

Husnixatga o‘rgatishning metodik shartlari.

2

2









12

O‘quvchilar yozuviga qo‘yiladigan talablar.

2

2









13

Yozuv qurollari va ulardan foydalanish.

2

2









14

Boshlang‘ich sinfda husnixat daqiqalarining mazmuni va o‘quv materilaiga qo‘yiladigan talablar.

2

2









15

Husnixat daqiqalarini rejalashtirishga qo‘yiladigan talablar.

2

2












Jami

30

30







Tuzuvchi o‘qituvchi ________________Sh.Sh.Nurmatova

«TASDIQLAYMAN»
Pedagogika fanlari yo‘nalishi rahbari
_______ I.D.Qodirov
«_____» ___________ 2022 y


Fan dasturi bajarilishining kalendar rejasi
2022-2023 o‘quv yili uchun
( amaliy mashg‘uloti)

Yo‘nalish nomi:

Pedagogika fanlari

Ta’lim yo‘nalishi:

60110500 –Boshlang‘ich ta’lim (kunduzgi)22/1

Fanning nomi:

Husnixatga o‘rgatish metodikasi

Amaliy mashg‘ulot o‘qituvchisi:

Nurmatova Sh.Sh








Amaliy mashg‘ulot nomi

Reyting bo‘yicha ajratilgan hajmi, soat



Amalda bajarilishi

O‘qituvchi imzosi

Soat

Vaqti

1.

Husnixat daqiqalarining mazmuni va unga qo‘yiladigan me’yoriy talablar bo‘yicha ona tili dasturi tahlili. Kichik harflarni bir xil elementlariga ko‘ra guruhlash, qisqa va uzun qiya to‘g‘ri unsurlarni yozish.

2



2







2.

Ilmoq va halqa unsurli kichik harflarni guruhlash, ilmoq va halqa unsurlarini yozish. Ilmoq va halqali kichik harflarni yozish.

2

2







3.

Yarim oval va to‘liq oval unsurli kichik harflar guruhlash va yozish. Kichik harf birikmalari ishtirok etgan so‘zlar yozish.

2



2







4.

Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar va ular ishtirok etgan so‘zlar yozish: B, D, Y, F, G, H, J, K, O‘, L, O, P, Q, R.

2

2







5.

Yuqoridan boshlab yoziladigan harflar va ular ishtirok etgan so‘zlar yozish: Z, G‘, Sh, Ch, S, T, U, V, Z, Y.

2

2







6.

Pastdan boshlab yoziladigan harflar va ular ishtirok etgan so‘zlar yozish: A, I, M, N.

2


2







7.

Ustki qismidan tutashtiriladigan o, o‘, v harfli so‘zlar yozish.

2

2












Joriy nazorat.













8.

O‘rta qismidan tutashtiriladigan b, f harfli so‘zlar yozish.

2

2









9

Ostki qismidan tutashtiriladigan harfli so‘zlar yozish: a, d, e, g, h, j, k, i, l, m, n, r, s, y,g’, t, u, x, z, sh, ch, p.

2

2









10

Tutashtiruvchi unsurli bosh harflar va ular ishtirok etgan so‘z va gaplar yozish: A Ye, G, H, L, J, L, I, M, Q, R, U, X, Y,Z, Ye, Sh, Ch.

2

2









11

Tutashtiruvchi unsursiz bosh harfli so‘z va gaplar yozish: B, D, F, N, O, P, S, T, O‘. Raqamlar yozish va uning tahlili.

2

2









12

1-4-sinflarda husnixat daqiqalarini rejalashtirish va uning tahlili.

2

2









13

1-4- sinf uchun husnixat daqiqalari ishlanmasini tayyorlash va ularning tahlili.

2

2









14

Rasmiy ish qog‘ozlarini yozish: taklifnoma, tilxat, tushuntirish xati, salom xat, ariza, qaror, dalolatnoma, bayonnoma. Ularning tahlili.

2

2









15

Raqamlar yozish va uning tahlili.

2

2












Jami:

30

30







Tuzuvchi o‘qituvchi ________________Sh.Sh.Nurmatova




Ma’ruza mashg`uloti


1-MAVZU: Husnixatga o`rgatishning maqsad
va vazifalari
REJA:

  1. Husnixatga o‘rgatishning maqsadi.

  2. Husnixatga o‘rgatishning vazifalari.

  3. Husnixatga o‘rgatish fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.

Turkiy xalqlarning qadim-qadimdan o‘z yozuvlari bo‘lgan. U jahon xalqlari yozuv madaniyati tarixiga ulkan hissa qo‘shgan.


Turkiy xalqlarning yozuvlari tahminan 2500 yillik tarixga ega bo‘lib, u qadimiy turkiy yodnomalari Urxun-Enasoy, uyg‘ur, so‘g‘diy, xorazmiy yozuvlarda bitilgan. Arab imlosi ham tahminan ming yillardan ziyod tarixiy, badiiy merosimizga va madaniyatimizga kuprik sifatida xizmat qilib kelmokda.
Yozuv fikrni tovush yetmaydigan joy va kelajakka yetkazish extiyojidan kelib chiqqan. Dastlab bu vazifani ramziy ma’nolarni ifodalagan buyumlar bajargan.
Umuman yozuvning ildizini odamzod biror joyga belgilab qo‘yib, turli chiziqlarni chiza boshlagan vaqtga olib borib taqash mumkin.
Keyinchalik insonning jismoniy va aqliy takomillashuvi natijasida ko‘nglidagi fikrni tasvir, rasm orqali ifodalagan. Shu tarzda yozuvning piktografik (shakliy), ideografik (ramziy), ierografik (belgili) va boshka turlar kelib chiqqan.
Fanografik - fonetik yozuv esa yozuvning eng so‘nggi ko‘rinishidir. Hozirgi davrda jahonning to‘rtdan uch qismi yozuvning bu turidan foydalanadi.
Fonetik yozuvda nutq tovushini harflar ifodalaydi. Lotincha harflar asosida yuzaga kelgan alifbolarda jahon ahlining 30 foizi slyavan-kirilldan, 20 foizi arab imlosidan, 10 foizi hind yozuvidan foydalanadi.
Sakkizinchi asrning birinchi choragidan asta-sekin arab yozuviga o‘tilgan. Bu yozuv 20 asrning boshlarigacha turkiy xalqlar, xususan o‘zbek tili nutq tovushlariga moslashtirmay arab alifbosida qanday bo‘lsa o‘zbek tilida ham shundayligicha qo‘llanilgan. Bu esa xat savodni qiyinlashtirgan. Shunday bo‘lishiga qaramay asrlar davomida xat savod o‘rgatishda ma’lum izchillik yaratilib "taxta" vositasida ish olib borilgan.
O‘rta Osiyoda birichi bo‘lib o‘zbek tilida tovush usulida xat savod o‘rgatishda toshkentlik Saidrasul Saidazizov kirishib, u tovush usulida yaratgan kitobini "Ustodi - Avval" deb nomlagan va bu alifbo darsligi 1902-yilda har yili qayta-qayta nashr qilib turilgan.
1917-yil to‘ntarishidan keyin rasmiy ravishda arab alifbosini isloh qilish boshlandi. Bu masala yuzasidan maxsus anjumanlar 1918-1923 yillarda Toshkent, Buxoro va Samarqandda o‘tkazilgan arab alifbosining islohi va imlo yuzasidan qarorlar qabul qilinib, ular xuquqiy kuchga kirgan.
1919-1920 o‘quv yilidan maktablarda ana shu alifbo va imlo asosida ta’lim berishga kirishilgan.
1927-1928 o‘quv yilidan esa "Lotincha xat" asosida ish olib borilgan.
1940-1941 o‘quv yilining 1-sentyabridan kirill alifbosi asosida birlashgan o‘zbek alifbosida xat savod o‘rgatishgan.
O‘zbekistonda mustaqillik qo‘lga kiritilganidan keyin (1991-yil 31 avgust) 1993-yil 2-sentyabrda lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga erishilgan. Bu alifboni tuzishda o‘zbek yozuvini dunyodagi lotin yozuvida ish olib boradigan davlatlar tillari, alifbolariga yaqinlashtirish, texnika vositalaridan foydalanish tamoyili asosida ish olib borildi. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risidagi qonun chiqqandan so‘ng O‘zbekiston Xalq ta’limi Vazirligida qonunni ta’lim-tarbiya tizimidagi muassasalar hayotiga joriy qilish yuzasidan tadbirlar tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-7-mayda bo‘lib o‘tgan majlisida 1993-yil 2-sentyabrda qabul qilingan "Lotin yezuviga asoslangan o‘zbek alifbosi hamda uni hayotga joriy etish to‘g‘risida" gi qonun va qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.
Umumiy ta’lim maktablarida yangi alifbo bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 1996-1997 o‘quv yilidan 1-sinflarda yangi alifboda o‘qitish boshlandi. Bu ish 2005-yilda tugatiladi.
Ta’lim mazmuni o‘quv fani sifatida husnixat oldiga qo‘yilgan vazifalarga qarab belgilanadi. Bu vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, o‘quvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga, ahloqiy va estetik didlarni tarbiyalashga, ongli o‘qish va yozish malakalarini hamda darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiradi.
Bu vazifalarning barchasi o‘zaro bog‘liq holda olib boriladi. Darslikda harf va uning elementlarini berish bilan birga turli mashqlar ham beriladi. O‘quvchilar faoliyatining xususiyatiga ko‘ra bu mashqlar analitik-sintetik tarzda bo‘lib o‘tadi.
Masalan: rasmlar o‘rniga va nuqtalar o‘rniga so‘zlara yozish.
Bunday materiallar o‘quvchilarning atrof-muhit hakidagi bilimini kengaytirishga xizmat qiladi. Bolalarga axloqiy tarbiya berishni nazarda tutadi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish uchun bolalarning maktabga qadam quygan kunidan boshlab quyidagi fazilatlarni bajarishi talab etiladi.
1. Yozuv vaqtida partada to‘g‘ri o‘tirishi.
2. Ruchkadan to‘g‘ri foydalanish.
3. Daftardan to‘g‘ri foydalanish.
4. Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishtirish.
5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo‘g‘in, so‘z va gap tuzishga o‘rgatish.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda xarflarning shaklini to‘g‘ri tasavvur etishga bir xil qiyalikda (65 gradusda) yozishga, so‘zlarda xarflarni to‘g‘ri bog‘lashda xarflarni to‘g‘ri joylashtirishga o‘rgatiladi. Xarflarning qiyaligini va ular orasidagi masofani saqlash zarur. Shuningdek, bu davrda xarflarning ma’lum guruhlari asosida o‘rgatish ham yaxshi natija beradi.
Chiroyli yozuvga o‘rgatish didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi o‘ziga xos qoidani o‘z ichiga oladi.
Umumiy didaktik qoidalar takroriylik, ko‘rgazmalilik, yosh va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik xusnixat qoidalarini amalga oshirishda muhimdir.

Yüklə 225,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin