O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“TASDIQLAYMAN”
O‘quv ishlari bo‘yicha
prorektor B.E.Izbasarov
_______________
202__ yil “___”___________
Pedagogika fanlar fakulteti
HUSNIXATGA O’RGATISH METODIKASI
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
(1-kurs)
Bilim sohasi:
|
100000
|
-Ta`lim
|
Ta’lim sohasi:
|
110000
| |
Ta’lim yo‘nalishlari:
|
60110500
|
-Boshlang’ich ta’lim
|
CHIRCHIQ – 2022
Fanning o‘quv uslubiy majmuasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20___ yil “__” _____ “____” –sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Husnixatga o’rgatish metodikasi” fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
Sh.Nurmatova
|
TIPI “Pedagogika fanlari” kafedrasi o’qituvchisi
|
Taqrizchilar:
M.Ernazarova
S. Matchon
|
- Navoiy davlat pedagogika instituti “Boshlang`ich ta`lim metodikasi”, filologiya fanlari doktori
- Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori
|
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti kengashining 20__-yil ____ avgustdagi “__” – sonli qarori bilan tavsiya etilgan.
MUNDARIJA
So‘z boshi _________________________________________ 4
Sillabus (O`quv dasturi)_______________________________ 6
Kalendar reja_______________________________________ 11
Ma’ruza mashg‘uloti materiallari________________________ 15
Amaliy mashg‘ulot materiallari_________________________ 84
Test topshiriqlari_____________________________________ 107
Glossariy___________________________________________ 116
Adabiyotlar ro`yxati__________________________________ 117
SO`Z BOSHI
Mazkur o`quv-uslubiy majmua “Husnixatga o`rgatish metodikasi” fanidan 60110500- Boshlang‘ich ta’lim yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, Boshlang`ich ta’lim fakultetining „Boshlang`ich ta’lim metodikasi“ kafedrasi professor-o`qituvchuilari tomonidan ishlab chiqilgan.
“Husnixatga o`rgatish metodikasi” fani 60110500- Boshlang‘ich ta’lim yo`nalishi o`quv rejasiga asosan 1-semestrda 15 soat ma’ruza, 15 soat amaliy mashg`ulotlari o`qitiladi.
Kurs davomida Husnixatga o‘rgatishning maqsad va vazifalari, uning ta`limiy ahamiyati. Yozuv haqida ma`lumot. O`zbek yozuvi tarixi; Xattotlik san`ati tarixi. Hattotlik maktablari haqida ma’lumot; Husnixatga o`rgatishning grafik asoslari; Husnixatga o`rgatish tamoyillari (Onglilik tamoyili. Genetik tamoyil. Takrorlash tamoyili. Ko’rgazmalilik tamoyili); Husnixatga o`rgatish tamoyillari (Bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olish tamoyili. Yozuvga o’rgatishning o’qishga o’rgatish bilan bir paytda amalga oshirish tamoyili. Chiroyli yozuvning imlo bilan bogliqligi tamoyili. Savodli yozuvning grafik bilimlar bilan bog`liqligi tamoyili); Husnixatga o`rgatishning usullari (Chiziqli usul. Genetik usul. Namunaga qarab yozish usuli. Namunaga qarab ko’chirish usuli. Nusxa ko’chirish usuli. Tasavvur orqali yozish usuli); Husnixatga o`rgatishning usullari (Ritmik usul(sanoq-ohang. Harf shakllarini tahlil qilish usuli. Yozuv malakasini ongli o’zlashtirish usuli. Qo’l harakatini mashq qildirish usuli. Qo`l uzmasdan yozish usuli. Xatolar ustida ishlash usuli); Husnixatga o‘rgatishning gigiyenik shartlari; Husnixatga o‘rgatishning metodik shartlari.O’quvchilar yozuviga qo`yiladigan talablar; Yozuv qurollari va ulardan foydalanish; Boshlang`ich sinfda husnixat daqiqalarining mazmuni va o`quv materilaiga qo`yiladigan talablar; Husnixat daqiqalarini rejalashtirishga qo`yiladigan talablar mavzulari o`rganiladi.
Ushbu o`quv-uslubiy majmuada olti qismdan iborat bo`lib, ular sillabus, “Husnixatga o`rgatish metodikasi” fan dasturi, “Husnixatga o`rgatish metodikasi” fanining ishchi dastur, o‘quv materialari, amaliy mashg‘ulot ishlanmalari, semestrlarga ajratilgan holda berilgan.
Kursning predmeti va mazmuni „Husnixatga o`rgatish metodikasi“ fani bakalavriat o`quv rejasiga muvofiq o`qitiladi. Mazkur fan umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, 1-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Mazkur fan gumanitar fanlar turkumiga kiradi va “Boshlangich ta’lim ” bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida ham o‘qitiladi. Husnixatga o`rgatish metodikasi fanini puxta o‘zlashtirish nazariy materiallami bilish bilan birga, talabalarning pedagogik amaliyoti davrida va institutni bitirgandan keyingi ishlarda ko‘nikma sifatida xizmat qiladi.
Kursni o`qitishning maqsad va vazifalari: talabalarga husnixatga o`rgatish metodikasidan nazariy ma’lumot berish; bo`lg`usi boshlang`ich sinf o`qituvchilarini husnixat talablari asosida yozishga o`rgatish; boshlang`ich ta’limida o`quvchilarni husnixatga o`rgatish metodi, vositalari bilan tanishtirish va ularni ta’lim jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarni shakllantirishdan iborat.
Talabalarda husnixat bilan yozish malakalarini hosil qilish; boshlang`ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga o’rgatish; husnixat daqiqalariga uslubiy yondashuv, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy metodlarni qo`llashga o‘rgatishdir „Husnixatga o`rgatish metodikasi“ fanining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |