Toshkent moliya instituti andijon fakulteti iqtisodiyot yo



Yüklə 48,61 Kb.
səhifə1/4
tarix16.12.2023
ölçüsü48,61 Kb.
#182317
növüReferat
  1   2   3   4
amina iqtisodiyot


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
ANDIJON FAKULTETI


IQTISODIYOT YO’NALISHI 60/23 GURUH
TALABASI RAHMATJONOVA AMINANING
IQTISODIYOT NAZARIYASI”
FANIDAN TAYYORLAGAN
REFERATI

TAYYORLADI: RAHMATJONOVA.A
TEKSHIRDI: ABDURAHMONOV.V

MAVZU: RAQOBAT VA MONOPOLIYA


REJA:


1. Raqobatning turlari, shakllari va usullari

2. Monopolistik sharoit.

3. O’zbekistonda raqobat va monopoliya
KIRISH
Raqobat — bu koʻpgina sotuvchilar oʻxshash boʻlgan, ammo bir xil boʻlmagan tovarlarni taklif qiluvchi bozor turi hisoblanadi. Monopolistik raqobat va monopoliya nomlari oʻxshash hisoblansa-da, amalda bu ikki raqobat turi keskin farq qiladi. Bunday raqobat turi dastlabki qarashda sof raqobatlashgan elementlariga ega boʻlsada, nomukammal raqobatlashgan bozorlar (monopollashgan bozor) turiga kiradi. Monopolistik raqobatda ham faoliyat yurituvchi firmalar nisbatan koʻp, yangi firmalarni bozorga kirib kelishi yoki unda harakat qiluvchi firmalarning undan chiqib ketishida kichik cheklovlar mavjud. Lekin, bu raqobat turi baribir erkin bozordan farq qiladi. Farqi shundaki, monopol raqobatlashgan bozordagi mahsulot tabaqalashgan, yaʼni bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarni har bir firma oʻziga xos ravishda ishlab chiqarib sotadi va uning mahsuloti boshqa firmalarning mahsulotidan sifati, koʻrinishi, xizmat koʻrsatish turi, uslubi, foydalanilgan materiallari va brendi bilan farq qilishi mumkin. Tovarning differensiallashuvi deganda bozorda sotiladigan tovarni turli xilligi, yagona qolipda emasligi tushuniladi. Har bir firma oʻz mahsulot markasiga ega boʻlganligi sababli maʼlum darajada bozor hokimiyatiga ega boʻladi. Masalan, har bir shaharda fast-foodlar, restoranlar va non mahsulotlari (xususan, pishiriqlar) sotadigan joylar bor. Bu iqtisodiy subyektlar deyarli bir turdagi ehtiyojni qondiruvchi turli-xil mahsulotni sotadi.Toshkent shahridagi Feed Up, Oq-Tepa Lavash va Evos kabi fast-foodlar oʻxshash menyuga (lavash, burger, kartoshka fri va boshqa isteʼmol tovarlari) ega boʻlsa-da, shakl, taʼm, xizmat koʻrsatish va narxiga koʻra oz boʻlsa-da farq qiladi. 1933-yilda amerikalik iqtisodchi Edward Hastings Chamberlin oʻzining „Monopolistik raqobat nazariyasi“ asarida yangi raqobat turi — monopolistik raqobat haqida soʻz yuritadi. Uning fikricha real bozor turlari aynan raqobatlashgan bozor va monopoliya oraligʻidagi chegarada faoliyat yuritishadi. 1988-yilda esa Henry Mintzberg aniq va keng kategoriyalarni taklif qildi: sifat, dizayn, imidj va narx. Monopoliya atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (yaʼni, yunoncha „monoc“ yagona, bitta va „poleo“ sotaman) tarkib topsada, uning iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi. Monopoliyani quyidagicha taʼriflash oʻrinli: monopoliya — monopol yuqori narxlarni oʻrnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalarning birlashmalari. Monopoliya (yunoncha mono -tanho, poleo-sotaman)-iqtisodiyotning bir sohasida tanho hukmronlik; bozorni tashkil etish shakli. Bunday bozorlarda yagona sotuvchi oʻz tovari bilan faoliyat koʻrsatadi, boshqa tarmoqlarda bunday tovarning oʻrinbosari boʻlmaydi. Ishlab chiqarish vositalari, ish kuchi va yaratilgan mahsulotlar asosiy qismining ozchilik korxonalar, sohibkor shaxslar yoki davlat qoʻlida toʻplanishi natijasida paydo boʻladi. Koʻrinishlari qadimdan mavjud. Noyob mahsulot yetishtiriladigan yerlar, konlar, suv havzalari, oʻrmonlar va boshqa tabiiy manbalar ozchilik qoʻlida toʻplanib, egalariga monopol mavqe bergan, ular maʼlum mahsulotni bozorga tanho yetkazib beruvchilarga aylanib, u yerda hukmron boʻlganlar. Oʻz tabiatiga koʻra ishlab chiqarishda turgʻunlik paydo qiladi, chunki monopol mavqega tayanib, sarflarni kamaytirmay foyda koʻrish, raqobatning yoʻqligi yoki zaifligidan foydalanib, bozorga oʻz izmini oʻtkazish mumkin. Bozor munosabatlarini cheklaydi, shu sababli hatto bozor iqtisodiyoti hukmron davlatlar monopoliyaga qarshi chora-tadbirlarni koʻradilar. Monopoliyaning asosiy shakllari-kartel, sindikat, trest, konsernlar hisoblanadi. Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab-chiqarishning toʻplanishi hisoblanadi.

Yüklə 48,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin