Ro‘yhatga olindi AUDIT AUDIT fanidan № _____ “____”____ 2023 yil
MAVZU: Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish. K U R S I SH I
Himoya hay’ati a’zolari 1._________________________ Bajardi 4-kurs I-53-2 guruh 2._________________________ Talabasi: Raxmatov Farid 3._________________________ Tekshirdi: Normo’minova Dilorom Toshkent – 2023 MAVZU:Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish
Reja Kirish 1.Auditda boshqa auditorlarning ishi natijalaridan foydalanish maqsadi va vazifalari 2. Boshqa auditor ish natijalaridan foydalanish metodlari 3.Xalqaro andozalar asosida boshqa auditor ish natijalaridan foydalanishni takomillashtirish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish Mavzuning dolzarbligi: Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiysiyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha sohalarni, jumladan audit tizimini ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Хo’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy hisoboti yuzasidan xulosa berishda auditorlar o’zlarining shaxsiy, haqqoniy va mutaxassisligi bo’yicha yuqori darajadagi bilimlariga tayanishlari lozim, zero auditorlar tomonidan xo’jalik sub’ektining moliyaviy hisobotlari to’g’risida berilgan beg’araz xulosadan mulk egalari, investorlar, kreditorlar, banklar aksiyalarni sotib olishda va sotishda, kreditlar va qarzlar berish to’g’risida qarorlar qabul qilishda foydalanadilar. Ma’lumki, so’ngi yillarda auditorlik faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish bo’yicha qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaroriga muvofiq, 2000 yil 26 mayda yangi tahrirdagi «Auditorlik faoliyati to’g’risida» gi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonunni amalga oshirish, auditorlik xulosalari soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan hisobga olinishini ta’minlash maqsadida 2000 yil 22 sentabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 365-sonli «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to’g’pisida» gi qarori va boshqa qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi, Auditorlik faoliyati bilan shug’ullanish huquqi uchun attestatsiya o’tkazish va auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish tartiblari belgilandi.20 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy standartlari ishlab chiqildi. shuningdek, 2000 yil 7 avgustda O’zbekiston hududida faoliyat ko’rsatayotgan auditorlar va auditorlik tashkilotlarini ixtiyoriy ravishda birlashtiruvchi mustaqil jamoat tashkiloti - O’zbekiston auditorlar palatasi tashkil etildi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish va modernizatsiyalash, bozor islohotlarining yanada chuqurlashtirilishi natijasida yildan yilga salmoqli natijalar qo’lga kiritilib, barqaror iqtisodiy o’sish yo’nalishi mustahkamlanib bormoqda. Bunda hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan iqtisodiy siyosatning to’la va izchil amalga oshirilishi, iqtisodiyotning muhim ustuvor tarmoqlarining belgilab berilishi hamda ularni rivojlantirish bo’yicha «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Soliqlar va soliqqa tortish yo’nalishidagi mutaxassislar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining ma’no-mohiyatini anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo’lishi bilan bir qatorda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning byudjet oldidagi qarz majburiyatlarini hisobini yuritish tartiblarini, soliqlar va boshqa majburiy ajratmalar hisob-kitoblarini hamda hisobotlarini tekshirish ko’nikmalarga ega bo’lishi zarur. SHu jihatdan «Audit» fanini chuqur o’rganish moliya, soliq, bank ishi va boshqa iqtisodiy sohalardagi muammolarni hal qilishda muhim rol o’ynaydi. Uning asosiy maqsadi - moliyaviy buxgalteriya hisobotlaridagi ma’lumotlarning haqqoniyligini ta’minlash, sub’ekt faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish, hisob yuritish bo’yicha maslahatlar berish va boshqalardan iborat. «Audit» fanini o’rganish uning turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni tekshirishda tutgan o’rnini tushunish va nazariy bilimlarni amaliy bilimlar bilan boyitishni vazifa qilib qo’yadi.