Toshkent Tibbiyot Akademiyasi
Davolash va Sanitariya-gigiena fakultetlarinig
odam anatomiyasi vaOXTA kafedrasi
Mavzu: Nafas organlari. Nafas oroganlari funksional anatomiyasi. Nafas organlari soxasidagi bezlar.
Toshkent-2014
II semestr Ma'ruza № 3
Mavzu: Nafas organlari. Nafas oroganlari funksional anatomiyasi. Nafas organlari soxasidagi bezlar.
Ma'ruza vakti - 90 minut.
Ma'ruza maksadi:
1. Mafas organlari anatomiyasi, rivojlanitpi (ontogenezi, fylogenezi.) bilan tanishtirish.
2. Nafas orgailari funksiyasi bilan tanishtirish.
3. Nafas org'anlari soxasidagi ichki sekresiya bezlari anatomiyasi,funksiyasi bilan tanishtirish.
Ma'ruza rejasi:
1. Nafas organlari: upka, bronxlar, plevra kukrak oraligi anatomiyasi - 20 minut.
2. Nafas organlari ontegenezi va filogenezi - 20 minut.
3. Nafas organlari funkpional anatomiyasi - 20 minut.
4. Nafas organlari soxasidagi bezlar anatomiyasi, funksiyasi - 20 minut.
5. Ma'ruzani yakunlash - 10 minut.
Upka (pulmonez)
Upka (pulmones grek. Pneumo - pnevmaniya suzi shundan olingan) bir juft bulib, kukrak kafasining (cavita thoracis) ikki tamonida joylashgan . Ung va chap upka urtasida yurak, kon tomirlar va kuks oraligi joylashgan. Upkaning uchi (apex pulmones) birinchi kovurgadan 3-4 sm yukorirokda turadi yoki orka tymondan XII kukrak umurtkasining ruparasiga tugri keladi. Upkaning uchida unchalik botmagan kovurga egati (sulcus subclavus) kurinadi.Upkani kovurgalarga tegib turadiga (facies costalis) va bir - biriga karab turgan kuks oraligidagi medial yuzasi (facies medialis) tafovut kilinadi. Bu yuzalarning biri ikkinchisidan kirralar orkali chegaraladi. Upkalar medial yuzasida upka arteriyasi venasi va bronxlar kirib chikadigan upka darvozasi (hilus pulmones) joylashgan. Ana shu kon va limfa tomirlar uzaro kushilib upka ildizi (radix pulmonis) ni xosil kiladi. Ung upka 3 bulakka, chap upka esa 2 bulakka bulinadi. Ung upkaning tagida diafragma ostida jigar joylashgan. Shuning uchun ung upkaning eni chap upkaga karaganda xajmi kattarok. Bulaklaro devorchalar nafas olishda bulaklarchaning xarakatchan bulishini ta'minlab turadi.
Bronxlarniig bulinishi: Asosiy bronxlar (branehus principialis) ung va chap upka darvozasidan kirib daraxt shoxi kabi upka bulaklari (bronchi lobaris) tarmoklariga bulinadi. Ung upkaga kirgan bronx uch bulakga bulinadi. Bularning bittasi upka yukori bulagiga, ikkinchisi urta bulagiga va uchinchisi pastgi upka bulagiga yunaladi. Chap upkaga kirgan bronx ikki bulak bronx tarmogini beradi. Ularning bittasi upkaning yukori bulagiga va ikkinchisi pastki bulagiga beradi. Bulak bronxlari (diametri 1 mm) uz navbatida sigmentar, bronx (bronechi segmentalis)larga bulinadi. Upka tashkarisidagi bronxlar devorida xalka shaklida togaylarga joylashgan. Bulak bronxlarning upka ichidagi skleti panjara shaklli togaylardan iborat. Sigmentar bronxlar 8 marta bulinib, upka bronxlari bronxus lobularisni beradi. Oxirgi bronxlardan boshlab eng katta bronxlar yigindisigacha bronxlar daraxtini xosil kiladi. Xar bir chegara bronx uz navbatida ikkita nafas bronxiolasi (bronchii respiratorii)ga bulinadi. Nafas bronxiolasi uchi torayib nafas naychasiga (ductuli alveolaris)ga, u esa kengayib nafas pufakchasi (sacculi alveolaris)ga va ular alveolalarga aylanadi.
Nafas bronxiolasi va undan tarkalgan nafas naychasi va pufaklari va alveolasi kushilib, uzum shaklidagi upkaning struktura va funksional birligi asinus yoki alveolalar daraxtini xosil kiladi. 12-18ta asinus birgalikda upka bulakchasini (pulmonis primorius), bir nechta bulaklar kushilib upka sigmentini xosil kiladi.
Katta odamlarda ikkala upka urtacha 4,9 - 5,0 l xavo buladi. Tinch nafas olish vaktida (xar bir nafas olganda) taxminan 500ml xavo upkalarga kiradi, chukur nafas olganda esa 1600 ml toza xavo kirib, 1600 ml karbonat angidridga boy bulgan xavo upkalardan chikadi. Natijada upkalarda xayotiy xavo sigimi urtacha 3500-3700ml gacha buladi.1300-1400ml xavo esa koldik xavo bulib, upkada doimo koladi.
Upkada qon aylanishi: Upkada xavo aylanishi sodir bulganidan sung, arteriya kon tomirlari bronxlarga uxshab shoxlanib kapilyarlarga utadi. Kapilyarlar esa nafas pufakchalarini t¢r kabi uraydi. Odam nafas olganda kislorodga boy bulgan xavo nafas pufakchalardan arteriya kapilyarlariga utadi.
Plevra kukrak bushligida uchta mustakil seroz bushlik, 2 yon tamondan upka xaltalari va urtada yurakni urab turuvchi seroz xalta xosil kiladi. Upkani koplagan seroz pardaga plevra, yurakni uragan seroz pardaga perikard deyiladi.
Plevra ikki varakli, ichki varak - pleura visceralis va parietal varak pleura parieralis dan iborat. Pleura pulmonales upka ustidan urab turuvchi va upka tukimasiga yopishib ketgan seroz parda bulib, uni upka tukimasiga shikast yetkazmay shilib olish mumkin emas. Vissiral plevra upkani bulaklarga ajratib, yoriklar ichiga kirib turadi. Upkaning ustidan xar taraflama urab olgan visseral plavra upka darvozalariga kelganda bevosita parietal plevraga utib ketadi. Parietal va visseral plevralar orasida plevral bushlik bor ularning bir - biriga karagan yuzalari mezotelial xujayralari bilan koplangan. Plevra bushligida ma'lum mikdorda suyuklik buladi. Bu suyuklik ularni yuzalarini xullab, nafas olish va chikarishda ishkalanishini kamaytirib turadi. Ular orasidagi bushlikka - cavum pleurae deyiladi. Parietal plevra pleura costalis diafragmatica, mediatinalis degan kismlari bulib urganiladi.
Pleura diafragmatica kuks oraligini oldingi va orka devorlarini urab
turgan upkaning plevrasidir. Ikki yon tomondan upkaning mediastinal yuzalari, orka tomondan umurtka ustunining kukrak kismi, oldingi tomondan tush suyagining orka yuzasi, ostki tomondan diafragma bilan chegaralangan bushlik kuks oraligi - mediastinum deb ataladi. Ikki yon tomondan upkaning mediastinal yuzalari orka tomondan umurtka pogonasining kukrak kismi va kovurgalarning umurtkaga birikkan uchlari, oldingi tomondan tush suyagi, pastki tomondan diafragma, yukori tomondan aperture thoracica superior ga ochiladi. Kuks bushligi old va orka kismlarga bulinadi. Xar ikki kismni ajratib turuvchi chegara kekirdak va bronxlar xisoblanadi. Kekirdakdan oldinda mediastinum anterior a'zolari joylashsa, kekirdak orkasidan mediastinum posterior a'zolari urin olgan.
Birinchi guruxga kiruvchi a'zolar: (mediastinum anterior)
1 . Yurak va yurak xaltasi - cor et pericardium
2. Ayrisimon bez - thimus
3. Aorta ravogi - arcus aortae
4. Upka stvoli - truncus pulmonalis
5. Tusik (diafragma) nervi - n. Phrenicus
Ikkinchi guruxga kiruvchi a'zrlar: (mediastinum posterior)
1. Kizilungach - esophagus
2. Kukrak aortasi - aorta thoracica
3. Yarim tok vena - V. Nemiasigus
4. Tok vena- V. Arigos
5. Adashgan nerv - p. Vagus
6. Kukrak limfa yuli - ductus thoracicus
7. Simpatik nerv stvoli -truncus sympaticus.
Ung tomonda parietal plevraning kuyi cheti past tomonga bir oz burtgan chizik xosil kiladi. Plevraning oldingi cheti V1 kovurganing tush suyagiga kelib birikkan yerdan boshlanib, Linea mamillaris chizigida VII kovurgaga, Linea axillaris media IX kovurgaga tugri keladi va orka tomonda XII kovurga buyniga etib boradi. Plevraning boshlanishi oldinda VI kovurga tush suyagi bilan birikadigan joyiga tugri keladi. Chap plevrachegaralari ungiga karaganda kukrak kafasining ichki tomonidan urabkelayotgan parietal plevra chegaralariga, upka chegaralariga yukori uchida vaorka yuzalarida mos keladi. Chunki upkaning uchi va yon, orka yuzalari kukrakkafasiga zich takalib turadi. Plevra sinuslari mavjud. Ikki yonida eng katta sinuslar mavjud.
1 . recessus costa diafragmatica
2 . recessus costa mediastinalis
Ana shu bushliklar nafas olganda ya'ni upkada xavo bulganda upkalar bilan t¢ladi va chikarganda bushab koladi.
Plevra yalliglanganda (plevrit) ekssudat ana shu sinuslarda tuplanadi.
2 - xil kasallik kelib chikadi. Kuruk va xul plevrit.
Nafas olish a'zolarining ontogenezi .
Nafas a'zolari upkalar odatda boshlangich (birlamchi) ichak nayining oldingi devoridan usib chikuvchi tok kurmak xisobiga rivojlanadi.
Embrion takomilining
3-4xatasidagi ichak nayidan usib chikayotgan kurtak sagital tekislik buyicha ikkiga bulinadi. Tok kurtakning yukoridagi bulinguncha bulgan kismidan nafas olish a'zolarining tok kismlari xikildok, traxeya xosil bulsa, uning bulinganidan sunggi kismidan bronxlar va upkalar xosil buladi. Embrion takomilining 6-9 xaftalarida xikildok kalkonsimon va togaylar 3 juft jabra rovoklari va yoylari keyinchalik ovoz boylamlari xosil
buladi. Traxeyaning yarim xalka togaylarining soni xilma - xil. Xikildok embrion tarakkiyotining, bir oylik davrida bosh ichakdan chikkan kurtak xisobiga takomil etadi.
Dostları ilə paylaş: |