Toshkent tibbiyot akademiyasi lor kasalliklari kafedrasi



Yüklə 222 Kb.
tarix25.01.2017
ölçüsü222 Kb.
#6392


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

LOR KASALLIKLARI KAFEDRASI


«Tasdiqlayman»

TTA o`quv ishlar bo`yicha prorektor,

professor Teshaev O.R.

_______________________

«__» ___________2015y.


OTORINOLARINGOLOGIYA

FANIDAN

I SH CH I D A S T U R

720000 - «Sog`liqni saqlash» sohasi

Ta’lim yo‘nalishi – 5510100 - Davolash ishi

5510100– kasbiy ta’lim (davolash ishi)

5111000 – tibbiy pedagogika

Jami o`quv yuklama – 94 soat

Jumladan:

Ma’ruza - 8 soat

Amaliy mashg`ulot - 48 soat

Mustaqil ish - 38 soat



Toshkent – 2015


Tuzuvchilar:

TTA LOR kasalliklari kafedrasi mudiri, professor U.S.Xasanov, dots. SH.X.Xodjanov.


Taqrizchilar:

TMA VOP kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Rustamova M.T.


TMA urologiya kafedrasi dotsenti, tibbiyot fanlari nomzodi Mirxamidov D.X.

Ishchi dastur TMA, davolash fakulteti ilmiy kengashining protokol №______

«___»_____________2015 y. majlisda tasdiqangan.
Davolash fakulteti ilmiy kengashning raisi __________professor Zufarov P.S.

«____»___________2015 y.




So‘z boshi:


Otorinolaringologiya quloq, burun, tomoq kasalliklarining etiologiyasi, patogenezi, klinikasi, asoratlari davolash va profilaktikasi va shoshilinch xolatlarida tez yordam ko‘rsatish asoslarini o‘rganuvchi fandir. QSHP va SHSHP sharoitida UASH foaoliyatida murojat qilgan bemorlarni 30% quloq burun va tomoq kasalliklari tashkil qiladi. SHuning uchun otorinolaringologiya Fani asoslarini UASH ixtisosligi tasnifa asosida o‘rganish muxum axamiyatiga ega. LOR azolarini kasalliklarini o‘z vaktida aniklash va davolash aholigni sog‘lamtirish organizmning boshka a’zo va tizimlarining kasalliklarini profilaktika qilish imkonini beradi.

YUkorida qursatib o‘tirgan dalillar otorinoloaringologiya Fani asoslarini davolash va tibbiy pedagogika fakulteti talabalariga o‘kitishni zarur ekanligini ko‘rsatadi.



1.1. Otorinolaringologiyani qo‘llanishi, vazifalari.


Otorinolaringologiyadan o‘rgatuvchi dasturning asosiy maqsadi: talabalarni LOR sohasidagi umumiy muammolarni asosiy bilimlardan foydalangan holda umumiy amaliyot shifokori darajasida echishga o‘rgatishdan iborat. Asosiy vazifalari talabalarni quyidagi bilim va amaliyotlarga o‘rgatish: klinika nuqtai nazaridan eshitish va muvozanat analizatori, burun hamda tovush hosil qilish a’zolari anatomiyasi va fiziologiyasiga oid bilimlarni yanada chuqurlashtirish;

  1. LOR a’zolari kasalliklari patogenezi bo‘yicha bilim darajalarini oshirish;

  1. Otoskopiya, rinoskopiya, faringo-, laringoskopiya usullarini o‘rganish;

  1. Eshitish va muvozanat analizatorlari vazifasini tekshirish, tahlil qilish; LOR a’zolari va unga yaqin fanlar (nevrologiya, oftalmologiya, stomatologiya, travmatologiya va umumiy xirurgiya) patologiyalari diagnostikasi bo‘yicha klinik fikrlashni rivojlantirish;

1.2. O‘quv fani bo‘yicha bilim darajalari (tushunchaga ega bo‘lish, qo‘llay olish va amaliy ko‘nikmalari) ga talab.


Umumiy amaliyot shifokorini tayyorlash jarayonida quyidagi tushunchalarga ega bo‘lishi kerak:

  1. o‘tkir va surunkali quloq kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, tashhislash, davosi.

  1. burun va uning yondosh bo‘shliqlari kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, tashhisi va davosi.

  1. O‘tkir va surunkali halqum kasalliklari etiologiyasi, patogenezi tashhisi va davosi.

  1. O‘tkir va surunkali xiqildoq kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, tashhisi va davosi.

  1. Lor a’zolarining anatomo-fiziologik farqlanishi.

Bajara olishi kerak:

  1. otoskopiya o‘tkazish;

  1. rinoskopiya o‘tkazish;

  1. laringoskopiya o‘tkazish;

  1. eshitish va muvozanat analizatorlari funksiyasini tekshirib bilish;

  1. eshitish pasportini tuzish.


Quyidagi amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirishi kerak:

  1. Otoskopiya, rinoskopiya, stomofaringoskopiya, laringoskopiyani o‘tkazish;

  1. quloqni tozalash (Jane shpritsi yordamida quloqni yuvish);

  1. dorilarni turunda yordamida qo‘yish;

  1. halqumdan, burun bo‘shlig‘idan, quloqdan surtmalar olish;

  1. quloq sohasiga kompress qo‘yish;

  1. burun yo‘llariga dorilar surtish;

  1. burun bo‘shlig‘ini zondlash, dorilalar tomizish va insuflyasiya;

  1. burunga bog‘lam qo‘yish;

  1. halqum orqa devoriga dorilar surtish va purkash (ingalyasiya, insuflyasiya);



1.3 Otorinolaringologiyani o‘zlashtirish uchun, lozim bo‘lgan fanlarning ro‘yxati.





  1. Anatomiya (LOR-a’zolarining tuzilish xususiyatlari);

  2. Fiziologiya (LOR-a’zolaring fiziologik xususiyatlari );

  3. Patologik anatomiya va sitologiya asoslari;

  4. Patologik fiziologiya (LOR-a’zolari kasalliklarida organizmning jarohatlanishga, xujayraviy, subxujayraviy, molekulyar o‘zgarishlarga moslashish - kompensator reaksiyalari va umumiy gomeostatik ko‘rsatkichlar o‘zgarish qonuni);

  5. Bioximiya (butun organizmning LOR kasalliklari asosida rivojlanuvchi patologik jarayonlarning bioximik tavsifi);

  6. Mikrobiologiya (Lor a’zolarining yuqumli kasalliklarida qo‘zgatuvchilarning etiologik tavsifi, identifikatsiya va optimal davolash usullari)

  7. Ichki kasalliklar propedevtikasi, laborator tashhislash bilan;

  8. Ichki kasalliklar (ichki kasalliklarning asosiy simptom va sindromlari, Lor-a’zolari bilan bog‘liqligi)

  9. Umumiy Jarrohlik (LOR-patologiyasida bemorni operatsiyaga tayyorlash, sterilizatsiya usullari, Jarroh qo‘lini yuvishi va bemorni operatsiyaga tayyorlanishi, jarohatga birlamchi ishlov berish, tikish va bog‘lam qo‘yish).

  10. Anestiziologiya va reanimatologiya asoslari (LOR-patologiyasida og‘riqsizlantirish turlari va tez yordam ko‘rsatish).



1.4. O‘tkaziladigan Amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlar sonini bajarish bo‘yicha majburiy minimum.





  1. Eshtishni tekshirish usullari o‘zlashtirish: shivarlash va nutq bilan tekshirish, kamertonlar bilan tekshirish, audiometrik xonasi faoliyati bilan tanishish.

  2. Eshtish pasportini to‘ldirish. Vestibulyator analizator fooaliyatini teshkirish , kolorik va aylanma sinovlarni o‘tkazish.

  3. Rinoskopiya, faringoskopiya, otoskopiya va bevosita laringoskopiya o‘tkazish. Olfaktometriya, rinopnevmometriya, ezofagoskopiya, bronxoskopiya, LOR a’zolarining kompyuter tomografiya, endoskopik tekshirish usullari bilan tanishish.

  4. Quloq va yuqori nafas olish yo‘llari kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarini kuratsiya qilish , kasallik tarixi bilan mustaqil ishlash.

  5. O‘rganiyotgan nazariy metodlarni muqkammal o‘zlashtirish uchun har kuni mavzu bo‘yicha bemorlarni ko‘riktan o‘tkazish.

  6. O‘rganiyatgan nazriy materiallar bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar , metodik ko‘llanmalar , Internet bilan mustaqil ishlash , muammoli masalalar , o‘rgatuvchi-nazorat qiluvchi test sinovlarini echish.

  7. Davolash tizimini tuzish va retseptlar yozish, tibbiy xujatlar bilan tanishish.

  8. Bemorlarini dispanserizatsiya va ro‘yxatga olish tuzimi bilan tanishish.

  9. Endoskopik muolajalar va jarroxliq amaliyotlarida ishtrok etish.

  10. Professor va dotsentlar ko‘riklarida qatnashish.


Har bir amaliyot mashg‘ulot darsida talabalar 2 yoki 3ta amaliy topshiriqni bajarishi kerak. Amaliy ishni natijalarini talabalar ba’yonnoma yoki referat shaklida ishchi daftarida qayd qiladi.

1.5. Talabalarning bilim darajalarini baholash uchun nazorat tekshirish turlari ro‘yxati.

Talaba fanni qanday o‘zlashtirgani haqida nazorat qilish: joriy (JB), oraliq (OB) so‘roq o‘tkazish, yakuniy (YAB) o‘zlashtirishni baholash orqali amalga oshiriladi.

Nazoratda asosiy diqqat bilimlarning har xil usullar (seminar, mustaqil ish, situatsion misollar echish, kompyuter test vazifalari) yordamida mustaxkamlash va turgunliligini ta’minlashga karatiladi.

Talabalarni reyting majmuasi bo‘yicha bilim darajasini baholash quyidagi nazorat turlari bilan amalga oshiriladi: joriy, (JB) oraliq (OB) va yakuniy (YAB).

JORIY nazorat – bu talabalarning ma’lum mavzu va bo‘limlar bo‘yicha bilim darajasini hamda o‘zlashtirish sifatini sistematik ravishda tekshirishdir. Buni o‘tkazishni eng tarqalgan turi – og‘zaki so‘roq.

Bunda o‘qituvchini o‘qitish shakli, darajasi va usullari bo‘yicha o‘z-o‘zini nazorat qilish ham o‘tkaziladi. Alohida mavzu bo‘yicha kompyuterda test o‘tkazish tavsiya etiladi. Har qaysi mashg‘ulot reyting sistemasi ishlab chiqilgan mezonlar bo‘yicha ballarda baholanadi.

ORALIQ nazoratdan ko‘zlangan maqsad-talabalarni amaliy mashg‘ulotlardan bir necha mavzu va bo‘limlarni, leksion materialni o‘z ichiga olgan darslikni katta hajmini o‘zlashtirish darajasini tekshirishdan iborat. Oraliq nazoratning guruh talabalarini o‘zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda yozma yoki test shaklida bir marta o‘tkazish rejalashtirilmokda. Talabalar oraliq nazorat to‘g‘risida oldindan ogohlantiriladi va savollar bilan tanishtiriladi. Bu nazorat natijalari ham ishlab chiqilgan mezonlar asosida ballarda baholanadi.

YAKUNIY nazorat institut o‘quv-ishlari bo‘limi tomonidan tasdiqlangan og‘zaki, yozma yoxud test shaklida jadval asosida amalga oshiriladi. Bu nazorat natijalari ham ishlab chiqilgan mezonlar asosida ballarda baholanadi.



Talabalarni mustaqil ishi.
O‘kuv dasturi asosida tuzilgan mavzular, qo‘shimcha test vazifalari tayorlash shaklida bajariladi va uning natijalari joriy nazarotga ko‘shib xisoblanadi. Quloq, burun va tomoq kasalliklar kursi bo‘yicha umumiy reyting joriy nazorat va OSCE test sinovlari asosida aniqlanadi.

Nazorat turlaridan yig‘ilgan ballar vedemostga va talabaning reyting daftarchasiga qo‘yiladi

.

1.6 Kompyuter informatsion va boshqa zamonaviy o‘quv texnologiyalari qo‘llanilishi.

Otorinolaringologiya bo‘yicha qo‘yilgan maqsad va vazifalarni bajarish va ularga erishish uchun bir qator o‘quv uslubiy amaliy, informatsion- metodik va tarbiyaviy ishlarni echish talab etiladi, ya’ni mashg‘ulotlar LOR a’zolarini tekshirishning har xil usullarining keng qo‘llanilishi bilan o‘tkazilishi lozim.

Zamonoviy tibbiy asboblari, texnik o‘kuv vositalari, video, kino, diafilmlar, slaydlar, o‘rgatuvchi-nazorat va kompyuter dasturlari, Internet tarmog‘idan foydalanish, yangi o‘kuv texnologiyalari, kompyuter test nazorati, OSCE keng ko‘llanadi.
O‘qitishni asosiy usullari:


  1. Ma’ruza o‘qish.

  2. Amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish: ko‘rgazmali, an’anaviy, mustaqil va seminar mashg‘ulotlar.

  3. TIJ va TUII bo‘yicha tadbirlar uyushtirish va o‘tkazish.


2. MA’RUZALAR MAVZULARI VA ULARNING TARKIBI.

O‘quv rejasi bo‘yicha 5 kurs talabalari uchun 4 ta ma’ruza mo‘ljallangan.


Ma’ruza №1

Otolarinolaringologiyaning hozirgi yutuqlari va vazifalari. LOR a’zolari patologiyasining ichki a’zolar kasalliklariga ta’siri. Burun va yondosh bo‘shliqlarining o‘tkir va surunkali kasalliklari. 2 soat .

Qadimgi davrlardan otorinolaringologiyaning fan sifatida rivojlanish tarixi. Jaxon tibbiyotida otorinolaringologiyaning etakchi namoyandalari. Ibn Sinoning otorinolaringologiya sohasidagi merosi. O‘zbek otorinolaringologiyasi rivojlanish yo‘llari va tarixi. Tashqi burun kasalliklari. Burun va yondosh bo‘shliqlarining yomon sifatli o‘smalari 1soat.
Ma’ruza №2.

Tashqi va o‘rta quloqning asoratlanmagan o‘tkir va surunkali kasalliklari. Etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, tashxisi, davosi, asoratlari va profilaktikasi. 2soat.

Tashqi quloq kasalliklari etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, tashhisi, davosi, asoratlari va profilaktikasi.1 soat.

Otogenli miya ichi asoratlari. Quloqning yiringsiz kasalliklari. Etiologiyasi, patogenezi, klassifikatsiyasi, klinikasi, tashxisi, davosi, profilaktikasi.2 soat.
Ma’ruza №3

Halqumning o‘tkir va surunkali kasalliklari. 2 soat. Qon kasalliklarida murtak bezining yallig‘lanishi. Halqumdagi yot jismlar. Halqumning jarohatlanishi. Halqumning kuyishi. Halqumning yomon sifatli o‘smalari. 1 soat.

Ma’ruza №4

Xiqildoqning o‘tkir va surunkali kasalliklari. 2 soat

Xiqildoq, traxeya va bronxlardagi yot jismlar. Xiqildoqning yomon sifatli o‘smalari. 1 soat.

  1. AMALIY MASHG‘ULOTLAR MAVZULARI.







Ma’ru-za rakami

Soatlar

Amaliy mashg‘ulot temasining nomi va uning mazmuni

Topshiriqlar tartibi, murojaat etiladigan adabiyotlar.

1

2

6

Eshitish va vestibulyar (muvozanat) analizatorlarni tekshirish usullari.

Eshitish vestibulyar analizatorlarni tekshirish usullari (otoskopiya texnikasi bilan tanishish). Burun va yondosh bo‘shliqlarni tekshirish usullari (rinoskopiya, olfaktometriya, diafanoskopiya, rentgenologik va endoskopik tekshirishlar). Xiqildoq, halqum, bronxlar va qizilo‘ngachni tekshirish usullari. Rinoskopiya, stomofaringoskopiya, laringoskopiya, traexobronxoskopiya va ezofagoskopiya o‘tkazish texnikasi bilan tanishish. Endoskopiya kabineti ishi bilan va LOR a’zolari funksiyalarini o‘rganish asboblari bilan tanishish.

a) quloq, burun, xiqildoq va xalqumni tekshirishni mashq qilish;

b) LOR-a’zolarini endoskopiya qilish prinsiplari;

v) o‘zaro bir-birini ko‘rikdan o‘tkazish.

Burun va uning yondosh bo‘shliqlari, halqum, xiqildoq, bronxlar va qizilo‘ngach anatomiyasi va fiziologiyasi. Tashqi burun tog‘ay va suyak asosi, burun to‘sig‘i, burun chig‘anoqlari va yo‘llari, hid bilish va nafas olish sohalari, burun bo‘shlig‘ining boshqa anatomik hosilalar bilan bog‘liqligi. Qon bilan ta’minlanish, limfatik yo‘llari va innervatsiyasi o‘ziga xos xususiyatlari. Burun fiziologiyasi, nafas olish, hid bilish, himoya va rezonatorlik vazifalari. YUqori jag‘, peshona, g‘alvirsimon, ponasimon bo‘shliqlarning anatomik tuzilishi va ularning burun bo‘shlig‘i bilan o‘zaro tutashishi, qon bilan ta’minlanishi, limfatik yo‘llari va innervatsiyasi. Nafas olish, hid bilish, himoya va rezonatorlik vazifalarida ishtirok etishi. Burun- og‘iz va xiqildoq-halqum anatomik tuzilishi, mushak apparati, halqumning boshqa anatomik hosilalari bilan o‘zaro tutashishi, qon bilan ta’minlanishi, limfa yo‘llari va innervatsiyasi. Pirogov-Valdeyer limfoepitelial halqasi, tanglay murtaklari tuzilishining o‘ziga xos xususiyatlari. Qizilo‘ngach tuzilishi, mushaklari, qon bilan ta’minlanishi, limfa yo‘llari va innervatsiyasi. Halqum fiziologiyasi, yutish akti va fazalari. Xiqildoqning anatomik tuzilishi, topografiyasi, qismlari, mushaklari va bog‘lamlari, tovush apparati, ovoz hosil bo‘lishda ishtiroki. Xiqildoq fiziologiyasi. Bronxlarning anatomik tuzilishi, topografiyasi, o‘ng va chap bronxlar tuzilishishining o‘ziga xos xususiyatlari.

Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari





2

2; 3.

6


Eshitish analizatorini tekshirish usullari. Vestibulyar (muvozanat) analizatorini tekshirish usullari.
Eshitish analizatorini tekshirish usullari (otoskopiya, akumetriya, kamertonal tekshirishlar, eshitish pasportini to‘ldirish). Audiometriya kabineti bilan tanishuv, audiogramma qilish.

a) quloqni tekshirishni mashq qilish, kamertonlar yordamida eshitishni tekshirish

b) audiomyotriya prinsiplarini o‘zlashtirish;

v) o‘zaro bir-birlarida audiomyotriya qilish.



Tashqi va o‘rta quloq anatomiyasi, nogora bo‘shlig‘i devorlari, eshitish suyakchalari, eshituv nayining tuzilishi, qon bilan ta’minlanishi, limfa yo‘llari va innervatsiyasi. Ichki quloq anatomiyasi, parda va suyak labirint, yarim xalqasimon naylar, daxliz va chig‘anoqning tuzilishi, Qon bilan ta’minlanishi va innervatsiyasi, kalla bo‘shlig‘i bilan tutashuvi. Eshitish analizatorining fiziologiyasi. Tovush o‘tkazuvchanlik va qabul qilish vazifalari, Eshitish nazariyalari. Vestibulyar (muvozanat) analizatorini tekshirish usullari (otoskopiya, aylantirish sinamasi, yarim xalqasimon naylar vazifasini tekshirish, kalorik sinama).

a) quloqni tekshirishni mashq qilish;

b) aylantirish va kalorik sinamalarni o‘tkazishni mashq qilish (o‘zaro bir-birlarida);

v) yarim xalqasimon naylar vazifalarini tekshirish prinsiplarini o‘zlashtirish.



Ichki quloq anatomiyasi, parda va suyak labirint, yarim xalqasimon naylar tuzilishi, daxliz va chig‘anoq, Qon bilan ta’minlanishi, limfa yo‘llari, innervatsiyasi, kalla bo‘shlig‘i bilan tutashuv yo‘llari, Vestibulyar analizator fiziologiyasi asoslari. Muvozanat vazifasi, Evald qonunlari. Nistagm. Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari

№3; 5 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.12, 7.2.14, 7.2.16


3

1

6

Burunning o‘tkir va surunkali kasaliklari.

Burunning o‘tkir va surunkali kasaliklari (chipqon, o‘tkir va surunkali rinit, ozena, vazomotor-allergik rinit, poliplar, burun to‘sig‘ining qiyshayishi, perforatsiyasi, gematomasi va xo‘ppozi, burun chig‘anoqlarining chin gipertrofiyasi, burundan qon ketishlar). Burun jarohatlari.

a) burun kasalliklari mavjud bemorlarni talabalarga ko‘rsatish;

b) rentgenogrammalarni tahlil qilish;

v) burun shilliq qavatini anemizatsiya qilish texnikasini o‘rgatish.

Sikoz, rinofima. Burunning xavfsiz o‘smalari. Tasnifi, klinikasi, tashhisi va jarrohlik davolash usullari.

Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari


№1; 2; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17

4


1

6


Burun yondosh bo‘shliqlarining o‘tkir va surunkali kasalliklari.

Burunning o‘tkir va surunkali kasaliklari (o‘tkir va surunkali gaymorit, frontit, etmoidit, sfenoidit, polipoz sfenoiditlar). Burun va uning yondosh bo‘shliqlarining jarohatlari. Burun yondosh bo‘shliqlari punksiyasi texnikasi.

a) burun yondosh bo‘shliqlari kasalliklari mavjud bo‘lgan bemorlarni talabalarga ko‘rsatish;

b) rentgenogrammalar tahlil qilish;

v) punksiya texnikasi bilan tanishtirish.

Burun yondosh bo‘shliqlarining xavfsiz o‘smalari. Tasnifi, klinikasi, tashhisi, va jarrohlik davolash usullari.

Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari


№1; 2; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17

5

2; 3.


6




Tashqi va o‘rta quloqning o‘tkir kasalliklari. O‘rta quloqningsurunkali kasalliklari va uning asoratlari.

Tashqi va quloq o‘tkir kasalliklari. (Quloq suprasi xondroperixondriti, saramasi, quloq chirki, tarqoq va chegaralangan tashqi otit (chipqon), otomikoz, ekzema). O‘tkir o‘rta otit va uning asoratlari, uning bolalarda kechish o‘ziga xos xususiyatlari, evstaxeit. Etiologiyasi, patogenezi, tashhislanishi va davolash usullari, profilaktikasi, shoshilinch yordam.

a) quloq kasalliklari mavjud kasallarni namoyish qilish, jarrohlik amaliyotlari tahlil qilish;

b) quloq tozalash ko‘nikmalari, quloqka dorili pilikchalar qo‘yish, chirkini yuvish, eshitish va muvozanat vazifalarini tekshirish.



Quloq nuqsonlari. Surunkali yiringli o‘rta otitlar (epitimpanit, mezotimpanit, epimezotimpanit) klinikasi, tashhisi, konservativ va Jarrohlik davolash usullari (Jarrohlik amaliyoti tahlili), asoratlari (otogen kalla ichi), profilaktikasi.

a) kasallarni namoyishi;

b) jarrohlik amaliyoti tahlillari;

v) quloq tozalash ko‘nikmalari, quloqka dorili pilikchalar qo‘yish, dorilarni insuflyasiya qilish.



Quloqning xavfli o‘smalari. Tasnifi, klinikasi, tashhisi va Jarrohlik davolash usullari.

Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari

№1; 2; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17


6

2; 3.

6


Quloqning yiringsiz kasalliklari. Surdologiya.

Quloqning yiringsiz kasalliklari (koxlear nevrit, adgeziv otit, labirintit, Mener kasalligi, otoskleroz). Surdologiya (shivirlab va oddiy gapirishni eshitishini tekshirish, kamertonal tekshirishlar, eshitish pasportini to‘ldirish, audiometriya).

a) shivirlab va oddiy gapirishni eshitishini tekshirish, kamertonal tekshirishlar, eshitish pasportini to‘ldirish, audiomyotriya;

b) quloq kasalliklari bilan bemorlarni namoyish etish.



Quloqning xavfsiz o‘smalari. Tasnifi, klinikasi, tashhisi va Jarrohlik davolash usullari.

Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.4, 7.2.5, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17

7


4

6


Halqumning o‘tkir va surunkali kasalliklari.

Halqumning o‘tkir va surunkali kasalliklari (o‘tkir va surunkali faringit, anginalar: klinik shakllari, faringomikoz, surunkali tonzillit: klinik shakllari, adenoiditlar, gipertrofik tonzillit, halqum va qizilo‘ngach yot jismlari, paratonzillit, paratonzillyar va halqum orti xo‘ppozi). Halqumning xavfsiz o‘smalari.

a)halqum kasalliklari bor bemorlarni namoyish etish;

b) halqum shilliq qavati va murtak bezlarga dorilar surish;

v) lakunalarda yiringli tiqinlar borligini tekshirish.

Halqumning xavfli o‘smalari. Tasnifi, klinikasi, tashhisi va Jarrohlik davolash usullari.

Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari


№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17

8

5

6


Hiqildokning o‘tkir va surunkali kasalliklari. O‘tkir va surunkali hiqildoq torayishi.

Hiqildokning o‘tkir va surunkali kasalliklari (o‘tkir va surunkali laringitlar, o‘tkir va surunkali stenozlar, chin va soxta bo‘gma, xiqildoq yot jismlari).

a) xiqildoq kasalliklari mavjud bemorlar namoyishi

b) traxeotomik naychani parvarish qilish;



Foniatriya xaqida tushuncha.

Hiqildokning xavfsiz o‘smalari. Hiqildoq saratoni. Hiqildoqning har xil patologiyalarida tez yordam ko‘rsatish.

a) xiqildoq kasalliklari mavjud bemorlar namoyishi

b) traxeotomik nayni almashtirish, uni parvarishlash:



Yuqori nafas yo‘llari skleromasi, Vegener granulematozi, tasnifi, klinik ko‘rinishlari, tashhisi va jarroxlik davo usullari.

Ushbu tekshirish usullarini bolalarda o‘ziga xos xususiyatlari

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17

№1; 2; 3; 4; 5; 6; 7; 8 7.1.1, 7.1.2, 7.1.3, 7.2.1, 7.2.2, 7.2.3, 7.2.6, 7.2.7, 7.2.8, 7.2.10, 7.2.11, 7.2.12, 7.2.13, 7.2.14, 7.2.15, 7.2.16, 7.2.17




Izoh: Mustaqil shug`ulanish uchun tavsiya etilgan mavzular kursiv bilan ajratilgan.

Jami - 94soat: Ma’ruzalar 4 ta – 8 soat.

Amaliy mashg‘ulotlar 8 – 48 soat

Mustaqil tayyorgarlik – 38soat


Amaliy vazifalarni bajarish va topshirish tartibi.
Amaliy mashg‘ulotlar oliygoh va kafedra tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan reja bo‘yicha o‘tkaziladi. Ular talabalarning dastlabki bilim darajalarini tekshirishdan iborat (yoki berilgan bo‘limni o‘tishga tayyorgarlik darajasidan), talabalarning bajargan ishlari (o‘qituvchining boshqaruvi va nazorati ostida) ko‘ruv xonasi va poliklinikada, operatsion xona va auditoriyada ( ya’ni tematik kasallik tarixini tahlil qilish ko‘rinishida, klinik situatsion misollar, test vazifalarini echish, klinik retseptura bilan ishlash).

Talabalar tomonidan ko‘riladigan xar xil LOR patologiyali bemorlarni tahlil qilish amaliy mashg‘ulotlarda xar kuni o‘tkaziladi. Sikl davomida talabalar poliklinikada bemorlarni mustaqil ravishda ko‘rishadi, ambulator kartani to‘ldiradi, LOR patologiyani davolashdagi standart sxemalarga asoslangan holda davo tavsiya etishadi. Talabalarning poliklinikadagi ishlari o‘qituvchi tomonidan nazorat qilinadi va qo‘yilgan baho talabaning umumiy reyting ballariga kiritiladi.

Seminar va auditoriya mashg‘ulotlari mavzulari-yo‘q.

4. LABORATOR ISH MAVZU MAZMUNI - YO‘Q.




  1. O‘QUV YUKLAMASI.





Ish

xajmi

O‘qish ma’suliyati hajmining auditor mashg‘ulotlar turi bo‘yicha taksimlanishi (soatlarda)

Mustaqil ish





Umu-miy

Ma’-ruza

Amaliy mashg‘ulot

Seminar

Lab.

ish

Amaliy o‘qish

Amaliy o‘qish

Musta-qil ish

94

56

8

48

-

-

-

-

38

6. O‘ZLASHTIRISHNI NAZORAT QILISH.

Talabalarning bilimlarini o‘zlashtirish va shakllantirish, amaliy bilimlarni orttirish va ularni qo‘llashni bilish jarayonlari nafaqat amaliy mashg‘ulotlarda, balki boshqa klinik bo‘limlarda (xirurgiya oftalmologiya, xirurgik stomatologiya, nevrologiya, dermatovenerologiya, pediatriya, yuqumli kasalliklarda ) nazorat qilinadi.

Muammo - tematik shaklidagi ma’ruzalarda shu mavzuga tegishli bo‘lgan o‘quv dasturi va rejasiga to‘g‘ri keladigan asosiy zamonaviy ma’lumotlar beriladi. Alohida bo‘limlar bo‘yicha esa bu ma’lumotlar bemorlarni ko‘rsatish orqali va o‘quv qurollari (tablitsa, o‘quv filmlari, slaydlar) klinik laborator ma’lumotlarni qo‘llash bilan mustahkamlanadi.

6.1. Kafedraning o‘quv yuklamasi.


Kafedraning o‘quv yuklamasi- 94 soat

6.2 Maksimal reyting.


Maksimal reyting-94 ball

6.3 Barcha nazorat turlarini baholash mezonlari:


86-100%-a’lo.

71-85,9%-yaxshi.

55-70,9%-qoniqarli.

55dan past -qonikarsiz.



6.4 Talabalarning joriy bilimini baholash mezonlari.





Baholash darajasi (%)

MEZONLAR


100%

Javob juda to‘g‘ri , oliy sifatli bulib, qo‘shimcha ma’lumotlar bilan, talab qilinuvchi dasturdan ko‘proq .LOR a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulot to‘liq hajmda o‘rganilgan. Amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan holda

95%

Dastur talablarini yuqori darajada o‘zlashtirgan, yuqori saviyali javob. Amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan, LOR a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliyot ko‘nikmalarini to‘liq hajmda o‘zlashtirgan.

90%

Qo‘shimcha adabiyotlarni o‘zlashtirgan holda to‘g‘ri javob, amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan, LOR a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliyot ko‘nikmalarini to‘liq hajmda o‘zlashtirgan

85%

Javob yaxshi sifatli dasturga mos, amaliyot va ma’ruza daftarlari bo‘lgan, LOR a’zolarini tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirgan.

80%

Javob o‘rta darajadan yuqori, asosan dastur mavzusiga to‘g‘ri keladi. LOR a’zolarini tekshirish usullarini biladi, amaliyot, ma’ruza daftarlari bor .

75%

Javob o‘rtacha, lekin alohida etishmovchiliklar bilan, lor a’zolarini tekshirishda, ma’ruza yozuvlarida ayrim kamchiliklar kuzatiladi

70%

Javob o‘rta darajada, alohida kamchiliklar bilan, ma’ruza daftari bor lor a’zolarini tekshirishda xatoliklar bor.

65%

Sovollarga javob berishda katta xatolik kuzatiladi. Ma’ruza daftari tartibsiz tutilgan

60%

Javob o‘rta darajadan past, kamchiliklar bilan,kasallik tarixini noto‘liq to‘ldirgan. LOR a’zolarini tekshirish, ma’ruza tekstlari kam o‘zlashtirilgan

55%

Javob minimal darajada, ma’ruza to‘liq yozilmagan, LOR a’zolarini tekshirish o‘rganilmagan

50%

Javob minimal darajada, LOR a’zolarini tekshirish ko‘nikmalari o‘rganilmagan, ma’ruzalar yozilmagan

25%

Javob minimal darajadan past, LOR a’zolarini tekshirish ko‘nikmalarini bilmaydi, mashg‘ulotlarda passiv katnashgan, ma’ruzalar yozilmagan. Attestatsiyadan o‘tmaydi.

6.5. Oraliq nazoratni baholash mezonlari.

YOzma mustaqil ish sikl o‘rtasida o‘tkaziladi va oraliq so‘roq hisoblanadi. YOzma mustaqil ish savollari o‘tilgan temalar asosida tuziladi

Talabalarni oraliq bilimlarini baholash mezonlari.


Baholash dara

jasi (%)

Mezonlar


100-86

Javob juda to‘g‘ri, yuqori saviyali bo‘lib, qo‘shimcha adabiyotlardan olingan ma’lumotlar bilan, talab qilinadigan dasturdan yuqori (100%)

YUqori saviyali javob, dastur yuqori darajada o‘zlashtirilgan (95%)

Javob to‘g‘ri, qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan (90%)

Javob yaxshi, ma’ruza va amaliy mashg‘ulot dasturiga to‘g‘ri keladi (86%)



85-71

Javob o‘rta darajadan yuqori, asosan dastur talabiga mos keladi (80%)

Javob sifati bo‘yicha o‘rtacha, alohida kamchiliklar bilan (75%)



70-55

Javob o‘rta darajada, kamchiliklar bilan (70%)

Javob berishda sezilarli xatolar kuzatiladi (65%)

Javob o‘rta darajadan past, kamchiliklar bilan (60%)

Javob minimal bilim darajasida (50%)



55dan past

Javob minimal darajadan past, attestatsiya qilinmaydi (50% dan past)

Joriy (JB) va oraliq (OB) ballar yig`indisiga qarab yakuniy nazoratga kirishtish yoki kiritilmaslik masalasi hal etiladi.

7. ADABIYOTLAR




7.1.Asosiy:





  1. Palchun V.T,, Preobrajenskiy N.A. Bolezni uxa, gorla i nosa. M., Meditsina, 1980.

      1. Palchun V.T., Kryukov A.I.. Otorinolaringologiya. M., Litera, 1997 g. 512 str.

      2. Ovchinnikov. Otorinolaringologiya dlya meditsinskix vuzov. M., Meditsina, 1997.

7.1.3. «Amaliy otorinolaringologiya.» K.A.Xodjaeva Toshkent,2005 g.

7.1.4. «Kulok, Burun, Xalkum va Xikildok kasalliklari.» Xasanov S.A, Voxidov N.V. Toshkent 2011 yil.




7.2.Qo‘shimcha:





    7.2.1 SHuster M.A., Kalina V.O., CHumakov F.I. Neotlojnaya pomoщ v otorinolaringologii. M., Meditsina, 1989 .

    7.2.2 Tarasov D.I., Minkovskiy A.X., Nazarova G.V. Skoraya i neotlojnaya pomoщ v otorinolaringologii. M, Meditsina, 1977.



      1. Pogosov V.S. Atlas po operativnoy otorinolaringologii. M., Meditsina, 1983.

      2. Ostapkovich V.E.,Brofman A.V. Professionalnыe zabolevaniya LOR-organov. M., Meditsina, 1982 g.

      3. Blagoveщenskaya N.S. Otonevrologicheskie simptomы i sindromы. M., Moskva, 1981.

      4. Soldatov I.B. Leksii po otorinolaringologii. Moskva, 1990

      5. Franso‘zov B.L.,Franso‘zova S.B. Lekarstvennaya terapiya zabolevaniy uxa, gorla i nosa. Kiev, 1988.

      6. Isxaki YU.B., Kalshteyn L.I. Detskaya otorinolaringologiya. Dushanbe, 1977.

      7. Kozlova A.V., Kalina V.O., Gamburg YU.L. Opuxoli LOR-organov. M., Meditsina, 1979 g.

      8. Gapanovich V.A., Aleksandrov V.M. Otorinolaringologicheskiy atlas. Minsk, 1989.

      9. SHevrыgin B.V. Spravochnik otorinolaringologa. Moskva, Meditsina, 1996 g.

      10. Mishenkin N.V., Drachuk A.I., Ivanova L.I., Dashkevich YU.M., Noskov A.L., Lisovkaya M.P. Kinicheskaya otrinolaringologiya. Uchebnoe posobie. Omsk, 1990 g.

      11. Situatsionnыe zadachi po otorinolaringologii. Pod redaksiey M.S.Plujnikova, Sankt-Peterburg, 1998 g.

      12. SHevrыgin B.V. Spravochnik po detskoy otorinolaringologii. Alma-Ata, 1989

      13. Soldatov I.B. Rukovodstvo po otorinolaringologii. Moskva, 1997.

      14. Diskalenko V.V., Lavrenova G.V., Gluxova E.YU. Otorinolaringologiya dlya vrachey obщey praktiki. (Pod redaksiey M.S.Plujnikova) Spb, Manuskript, 1997 g.

      15. Uchebno-metodicheskie posobie razrabotannыe na kafedre otorinolaringologii.

      16. Vestnik otorinolaringologii.

      17. Xirurgiya Uzbekistana

      18. Meditsinskiy jurnal Uzbekistana

      19. Stomatologiya.

7.2.22. Abu Ali ibn Sino. Kanon vrachebnoy nauki. – T., 1996.

      1. Internet saytlari: www.audiology.ru, www.otolar.ru, www.rmj.ru, www.lor tma.uz, www.med-lib.ru.



Yüklə 222 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin