O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
UASH TAYYORLASH KAFEDRASI
MA’RUZA MAVZUSI:
ICHAK DISFUNKSIYALARINI QIYOSIY TASHXISI VA UMUMIY
AMALIYOT VRACHI TAKTIKASI.
(Tibbiy pedagogika fakulteti talabalari uchun)
TOSHKENT – 2016
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
UASH TAYYORLASH KAFEDRASI
«tasdiQlayman»
Tibbiy-pedagogika fakulteti
Dekani,professor
Xamraev A. A.
___________________
____ _____________ 2016 y
ICHAK DISFUNKSIYALARINI QIYOSIY TASHXISI VA UMUMIY
AMALIYOT VRACHI TAKTIKASI.
Toshkent 2016
Ichak disfunksiyаlari solishtirma tashxisi
So‘nggi yillarda respublikamizda oshqozon-ichak tizimi xastaliklarining sezilarli o‘sishi kuzatilib, umumiy kasalliklarning 25-30% ini tashkil qilmoqda. Ular orasida ichak disfunksiyasi alohida o‘rin tutadi. Hududimizda ovqatlanish xarakteri (yog‘li va qovurilgan ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish), iqlim xususiyati (issiq va quruq), noqulay ekologik vaziyat (Orol dengizi atrofi) va boshqa qator omillar ichak disfunksiyasiga olib keluvchi sabablar hisoblanadi. Sekretor etishmovchilik, ichak perestaltikasi (motorika) va normal flora buzilishlari ham ichak disfunksiyasiga sabab bo‘lishi mumkin. Ichak disfunksiyasi sindromi qorin sohasida og‘riq yoki noxushlik hissi, uning dam bo‘lishi, ich kelishining buzilishi - diareya yoki qabziyat, yoki ularning almashib turishi kabi belgilardan iborat. Ichak disfunksiyalari tibbiyotning birlamchi tizimiga murojaat qiluvchi bemorlarda eng ko‘p uchraydigan gastroenterologik kasalliklarning belgilari hisoblanadi. Katta yoshdagi bemorlarda ko‘proq qabziyat, yosh bolalarda esa ich ketishlar kuzatiladi. Bu ikkita bir-biriga qarama-qarshi ich buzilishining yuzaga kelish sabablari turli xil bo‘lib, ular funksional o‘zgarishlardan tortib, davolash murakkab bo‘lgan onkologik kasalliklar ham bo‘lishi mumkin.
Bemorlarda ingichka va yo‘g‘on ichak kasalliklariga xos belgilar kuzatilmasa, odatda ichak disfunksiyalariga markaziy nerv, endokrin va boshqa tizimlardagi o‘zgarishlar sabab bo‘ladi. Ichak buzilishlarining sabablarini erta aniqlash, samarali patogenetik davo o‘tkazishning asosiy omili hisoblanadi. SHuning uchun sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi tizimida ishlayotgan UAV keng tarqalgan ichak disfunksiyalari bilan kechadigan patologik holatlar haqida yaxshi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari lozim. YUqoridagi o‘zgarishlar mexanizmini yaxshi bilish esa o‘z navbatida, ichaklar anatomiyasi va fiziologiyasi to‘g‘risidagi bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi va qo‘yida ularga to‘xtalib o‘tamiz.
Ichak anatomiyasi. Anatomik va funksional xususiyatlariga ko‘ra ingichka va yo‘g‘on ichak farqlanadi. Ingichka ichak oshqozondan keyin boshlanib, bir necha qovuzloqlar hosil qiladi. Uning uzunligi 4 dan 11 metrgacha bo‘lib, o‘rtacha 5-7 metr, ayollarda erkaklarga nisbatan kaltaroq. Diametri proksimal qismida 50 mm, distal qismlarida 30 mm ni tashkil qiladi. Ingichka ichak 3 qismga bo‘linadi: o‘n ikki barmoqli, och va yon bosh ichaklar. Och va yon bosh ichaklar orasida chegara yo‘q. Ingichka ichak devori shilliq, shillik osti, mushak va seroz qavatlardan tashkil topgan. SHilliq qavat yuzasi aylanma burmalar, ichak tuklari va ichak kriptalari hisobiga notekis. SHilliq va shilliq osti qavatlari hisobiga hosil bo‘lgan aylanma burmalar ichak o‘qiga perpendikular joylashgan va uning perimetrini 1/2-2/3 qismini tashkil qiladi. Burmalar uzunligi 5 sm va balandligi 8 mm bo‘lib, ularning umumiy soni 650-700. Eng katta burmalar och ichakning boshlang‘ich qismida joylashadi va distal qismlarda uning balandligi va soni kamayib boradi. Ichak so‘rg‘ichlari shilliq qavatni bo‘rtishlari hisobiga hosil bo‘ladi. Och ichakda ular eng uzun (1,2 mm) va zich joylashadi (1 mm² 30-40), yon bosh ichakda esa kaltaroq (0,6 mm) va zichligi kamroq (1 mm² 20-30). Mushak qavati 2 qator silliq mushaklardan (kundalang va aylanma) tashkil topgan. Och ichak qorin bo‘shlig‘ining chap qismi va yuqorisida, yon bosh ichak o‘ngda va pastda, ba’zan kichik chanoq bo‘shlig‘ida joylashadi. Yo‘g‘on ichak ingichka ichakning davomi bo‘lib, oldin bo‘rtib ko‘r ichak va appendiks hosil qiladi. U 6 qismdan tashkil topgan: ko‘r ichak, chambar ichakning yuqoriga chiqqan qismi, ko‘ndalang va pastga tushgan qismi, sigmasimon va to‘g‘ri ichak. Qismlarni bir-biriga o‘tish sohalarini chambar ichak egriliklari deyiladi - o‘ngda jigar va chapda taloq egriligi farqlanadi. Yo‘g‘on ichak uzunligi 110 dan 215 sm gacha, o‘rtacha 1,5 m va ayollarda erkaklarga nisbatan 5-10 sm kaltaroq. Uning diametri 7-14 sm ga teng. Ingichka ichakda ovqat hazm bo‘ladi va organizmga zarur bo‘lgan moddalar, jumladan, elektrolitlar, vitaminlar, oqsil, temir va boshqalar, yo‘g‘on ichakda esa asosan suyuqlik so‘riladi. Quyida biz amaliyotda keng qo‘llaniladigan ichak funksional buzilishlari klassifikatsiyasini keltiramiz.
1.Funksional ichak buzilishlar:
-
ichak ta’sirlanish sindromi - qabziyat bilan kechadigan (I subtip); diareya bilan kechadigan (II subtip); aralash turi (III subtip); farqlab bo‘lmaydigan turi (IV subtip);
-
funksional qorin dam bo‘lishi;
-
funksional qabziyat;
-
funksional ich ketishi;
-
nospetsifik funksional ichak disfunksiyasi.
2.Funksional abdominal og‘rik sindromi
3. O‘t qopchasi va Oddi jomini funksional buzilishlari
4. Funksional anorektal buzilishlar
O‘tkir diareya sog‘lom odamlarda diareyani o‘tkir boshlanishi asosan innfeksion xarakterga ega bo‘ladi.Bu xolatda bemorda boshqa qo‘shimcha shikoyatlar isitma, bosh og‘rig‘i, anoreksiya, qayd qilish, xolsizlik va mialgiya bilan kechadi. Bakterial, virusli yoki protozoy etiologiyaga ega ekanligini aniqlash uchun differensial diagnostika qilinadi.
Bakterial va protozoy agentlarini axlat massalari bilan odatda ajralmaydi. SHuning uchun bu diareyani nospetsifik virus etiologiyali deb xisoblanadi lekin enterotoksinlar aniqlansa E.sole etiologiyali bo‘lishi mumkin. Virus etiologiyali o‘tkir diareya odatda 1 - 3 kun davom etadi. Kamdan kam letal holat kuzatiladi. Kam holatlarda immunitet pasaygan bemorlarda og‘ir gipogidratatsiya yuzaga kelgan bemorlarda letallik kuzatilishi mumkin.
Nor walk virusli diareya epidemiyalarini 1/3 qismini yog‘ va ksiloza so‘rilishini buzilishi sindromi aniqlangan.
Virus etiologiyali diareyada yo‘g‘on ichak shilliq qavatida o‘zgarishlar bo‘lmaydi.
Ingichka ichak vorsinkalari qisqarishi kichrayishi kriptalar ko‘payishi kuzatiladi.
Zaralangan maxsulot ite’molidan 3 kun o‘tib diareya rivojlansa salmalenniyozga shubxa. Bakterial invaziyada qorin pastida spazm, og‘riq tenezmlar va tez tez chaqiriqlar kuzatiladi. Og‘ir holatlarda qonli yoki yiringli axlat. Gipersekretor diareya shigilliyoz va xolerada kuzatiladi. Enterotoksin xisobiga sekretsiya oshadi.
AQSHda gomoseksualistlar orasida Entamoeba histolyrica chaqirgan diareya idiopatik yarali kolit kabi kechadi. Lyamblioz etiologiyali bo‘lsa 12 barmoq ichak asperati yoki bioptati tekshirilishi zarur.
Ko‘pincha Norwalk va rotaviruslarda davomli diareya kuzatiladi. O‘tkir yallig‘lanish bo‘lmasa yo‘g‘on ichak devirtikullari mavjud bo‘lganda (ta’sirlanish xisobiga) spastik xolat yuzaga keladi. Keksa va kuchsizlangan bemorlarda axlat toshlari bo‘lsa parodaksal diareya kuzatilishi mumkin. Nevrologik kasalliklar va operatsiyalardan keyin (gemmoroydektomiy, epizotomiya) ham kuzatiladi. Og‘ir psixik stressda ham xar qanday yoshda ham diareya kuzatiladi.
Epidemiologik xavf guruhidagi bemorlar axlat ekmasi va bakterioskopiyasi tekshiruvi o‘tkaziladi. Axlat qonli proktoskapiya o‘tkaziladi.
Davolash; yotoq rejimi, ko‘p suyuqlik ichish, peroral opiy saqlovchi preparatlar beriladi. Bolalar va qariyalarga vena ichiga elektrolitik suyuqlik yuborish.
Surunkali diareya bir necha xafta yoki oylar davomida kuzatilsa og‘ir kasallik belgisi xisoblanadi. Bo‘lishi mumkin: kron, sil, zamburug‘li enterit, limfoma amiloidoz, ingichka ichak karsinoidlari oqibatida yuzaga keladi. Uzoq muddat yallig‘lanish belgilarisiz diareya kuzatilishi absorbsiya, sekretsiya yoki hazm qilishni buzilishi belgisi xisoblanadi. Selektiv buzilishlar (o‘t kislotalari, tuzlarni ko‘tara olmaslik) natijasida enteropatiya va laktoza defetsiti bilan kechganda tana massasi kamayishi kuzatilmaydi. SHilliq qavat zararlanishi bilan kechganda (spruda) ko‘pincha tana massasi kamayishi, axlatdan yomon xid kelishi, qorin dam bo‘lishi, anemiya, og‘ir xolatlarda trombotsitopeniya, avitaminoz neyropatiya va tetaniya bilan kechadi. Pankreatik etishmovchilik bo‘lganda (surunkali pankreatit, rak, pankreas rezeksiyasi, kistoz fibrozi), steatoreya va turli darajadagi tana massasi defitsitiga olib keladi.
Bundan tashqari surunkali diareya postgastroektomik, demping sindromi, vagotomiyadan keyingi, hazm fermentlari stimuliyasiyasi natijasida ham kuzatiladi. Ingichka ichakda bakteriyalarni ko‘payishi (masalan: ko‘plab divertikulyozda, ichak stazi, sklerodermiya, va visseral diabetik neyropatiyadagi peristaltika buzilishida) ham surunkali diareya yuzaga keladi. Bunda bakteriyalarni o‘t kislotalari dekonyugatsiyalashi, yog‘ kislotalari uzun zanjirini gidroksillashi, ichak devori shilliq qavati butunligini buzilishi xisobiga diareya kuzatiladi. Vaqti vaqti bilan diareya staz bilan almashinishi mumkin.
Endokrin kasalliklarda: tireotoksikoz, qanli diabet, buyrak usti bezi etishmovchiligi, gipoparatireozda ham diareya kuzatilishi mumkin. O‘sma kasalliklarida: Zollinger Ellison kasalliklarida, qalqonsimon bez medullyar rakida katsitonin, prostoglandinlar, pankreatik xolera sindromida ichak vazoaktiv peptidi diareya sabab bo‘ladi. To‘g‘ri ichak vorsikali o‘smasi ko‘p miqdorda suyuqlik va elektrolitlarni ajratadi va rangsiz xidsiz suyuqlik ko‘rinishida organizmdan chiqariladi.
Surgi dorilarni ko‘p ichirib bemorni tekshirib ko‘rish zarur. Fenolftalien saqlovchi dorilar qabul qilinganda axlat oq binafsha rangga bo‘yaladi. Antroglikozidlar qabul qilganda rektoromonoskopiyada yo‘g‘on ichak mallinozi ko‘rinadi.
Qabziyat
Qabziyat deganda qattiq najasni qiyin va kam miqdorda ajralishi tushuniladi. SHu o‘rinda 2-3 kunda bir marta ajraladigan yumshoq najas qabziyat deb atalmasligi, aksincha bir kunda 2-3 marta, ammo qiyin va qattiq ajralishi uning borligidan darak beruvchi belgi ekanligini eslatib o‘tmoqchimiz. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, vrachga murojaat qilganlarning 1.000 tasidan 12 tasi qabziyatga shikoyat qiladi. Rivojlangan mamlakatlar aholisining aksariyatida oddiy qabziyat uchrab, unga tez-tez asab buzilishi, kam harakat hayot tarzi, engil hazm bo‘ladigan oziq-ovqatlarni ko‘p iste’mol qilish sabab bo‘ladi. Rivojlanayotgan davlatlarda esa qabziyatga oziq - ovqatlar iste’mol qilish tartibiga yaxshi rioya qilmaslik va oshqozon-ichak tizimining yuqumli kasalliklari olib keladi. Qabziyatga olib keluvchi asosiy sabablar 1-rasmda keltirilgan.
Qabziyat rivojlanishining asosiy mexanizmlari quyidagilardir:
-
ichak motorikasining buzilishi;
-
dori vositalarini tartibsiz qabul qilish;
-
najas ajralishining susayishi;
-
ichak harakatlanishiga qarshilik tug‘diradigan organik o‘zgarishlar;
-
ichak tarkibini uning hajmiga to‘g‘ri kelmasligi.
Qabziyat (ich qotishi) agar bemorda tez charchash, xolsizlik, bosh og‘rig‘i va anoreksiya ham kuzatilsa yashirin depressiya belgisi xisoblanadi. Parasimpatik vositalar qabul qilganda, orqa miya zararlanishi, sklerodermiya va girshprung kasalligida ichaklar xarakati pasayadi. To‘g‘ri va sigmasimon ichak rakini inkor etish mumkin. Sigmasimon ichak buralib qolishi, divertikulit, invaginatsiya, churralarda, gipotereoz, giperkalsemiya, gipokaliemiya, porfiriya, qo‘rg‘oshin bilan zaxarlanganda, bosh va orqa miya jaroxatlarida, tarqoq, skeleroz, serebral paralich, qarilik, aqli zaifligida ham kuzatiladi.
-
Girshprung, NYAK, divertikulyoz, yo‘g‘on ichak o‘sma kasalliklarini isiesno qilish maqsadida rengen kontrast, rektoromonoskopiya, kolonoskopiya yaxshi ma’lumot beradi.
-
-
-
SHilliqli kolika davriy kuzatiluvchi diareya, ich qotishi va qorindagi og‘riq bilan xarakterlanadi. Agar bu stressdan keyin yuzaga kelsa spazmolitiklar, trankvilizatorlar yordamida davo effekti seziladi va Psixoterapivt maslaxati.
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra qabziyat birlamchi, ikkilamchi va idiopatik guruhlarga bo‘linadi:
Birlamchi qabziyat sabablari bo‘lib yo‘g‘on ichak anomaliyalari, rivojlanish va innervatsiya nuqsonlari, ikkilamchida yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak kasalliklari va shikastlanishlari, dori vositalarining nojo‘ya ta’siri, idiopatik qabziyatlarda esa sababi aniq bo‘lmagan to‘g‘ri va yo‘g‘on ichaklarni motor faoliyatlarining buzilishlari hisoblanadi.
Patogenetik rivojlanish mexanizmiga ko‘ra qabziyatlar quyidagi uchta turga bo‘linadi: alimentar, mexanik va diskinetik.
-
Alimentar (najas hajmining kamayishi):
-
suv almashuvi muvozanatining buzilishi (ichakdan tashqarida suv yo‘qotishning ko‘payishi, suv iste’molining kamayishi);
-
kam ovqat iste’mol qilish;
-
ovqat tarkibida tolalar (kletchatkalarni) kamayishi, surunkali bir xil taom iste’mol qilish.
-
Mexanik:
-
ichakda ovqat qoldiqlari harakatining (ichakni tashqaridan yoki ichkaridan bosilishi) qiyinlashishi.
-
Diskinetik (ichak bo‘ylab najas harakatining pasayishi):
-
ichak rivojlanishidagi anomaliyalar (dolixomegakolon, megakolon, megarektum, Girshprung kasalligi);
-
periferik asab tizimi kasalliklari (ichak psevdoobstruksiyasi, sklerodermiya, QD, gipotireoz, semizlik);
-
ruhiy (Parkinson kasalligi, paralitik sindrom, tarqoq skleroz, depressiya, stress, demensiya) kasalliklar;
-
dori vositalar (alyuminiy gidroksid, kalsiy karbonat tutuvchi antatsidlar, antixolinergik preparatlar, spazmolitiklar, antidepressantlar, NYAQV, narkotik analgetiklar, tutqanoqqa va silga qarshi vositalar, antigipertenziv dorilar (BAB, KA, ARA, AAFI), sefalosporin guruhiga kiruvchi
-
antibiotiklar, diuretiklar, gestogenlar, neyroleptiklar, trankvilizatorlar);
-
ichakdagi funksional buzilishlar (ichak ta’sirlanish sindromi, funksional qabziyat);
-
defekatsiya refleksining buzilishi;
-
idiopatik qabziyat;
-
disxeziya - bavosil, orqa chiqarish yo‘li yorilishi, to‘g‘ri ichakda najas turib qolishi hisobiga og‘riqli va qiyinlashgan defekatsiya.
SHuningdek, davomiyligi bo‘yicha qabziyatlarning - o‘tkir va surunkali turlari farqlanadi.
Qabziyat odatda kam harakat hayot tarzi olib borayotgan (qariyalarda) va uzoq muddat yotoq tartibini saqlagan bemorlarda ko‘proq uchraydi. Bunday hollarda najas toshlarining hosil bo‘lishi va orqa chiqaruv yo‘li sfinkterining o‘tib ketuvchi etishmovchiligi kuzatiladi. U ba’zan defekatsiya paytida bo‘ladigan og‘riq qo‘rquvi, bavosil, perianal gematoma, ishiorektal paraproktit hisobiga ham yuzaga keladi. SHuningdek, qabziyat depressiya (antidepressantlar qabul qilinishi qabziyatni yanada kuchaytiradi), gipotireoz, (ayniqsa, ayollarda), giperparatireoz va giperkalsimiyaning asosiy klinik belgilaridan biri hisoblanadi. Ayrim hollarda QD, oshqozon-ichak tizimi disfunksiyalari ham unga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda rivojlangan vegetativ neyropatiya ichak harakatlarini cheklanishiga olib keladi. Qabziyat ba’zan serebral paralichga chalingan bolalarda ham kuzatiladi.
YUqoridagilardan tashqari, ba’zan qabziyatga kodein, tarkibida kalsiy va alyuminiy tuzlari bo‘lgan antatsidlar, diareyaga, parkinsonizmga qarshi dori vositalari, barbituratlar, benzodiazepin, N1-blokatorlar, verapamil, ganglioblokatorlar, monoaminooksidaza ingibitorlari, klonidin, miorelaksantlar, NYAQV, temir preparatlari, o‘t kislotasi sekvestrantlari, bariy sulfati, tiazidli va qovuzloqqa ta’sir etuvchi diuretiklar ham olib keladi.
1 -rasm. Qabziyatning asosiy sabablari
Qabziyatga tashhis qo‘yishda mukammal va to‘g‘ri anamnez yig‘ish muhim ahamiyatga ega. Unda bemordan qanday holatni qabziyat deb hisoblashi, defekatsiyalar soni, najas konsistensiyasi, defekatsiya paytida og‘riq yoki najasni qon va shilimshiq aralash kelishi to‘g‘risida so‘raladi. SHuningdek, bemorga quyidagi savollarni berish maqsadga muvofiq:
-
Bir kecha kunduzda necha marta ichingiz keladi?
-
Najasni tashqi ko‘rinishini aytib bering. Ko‘p miqdordami? Qattiq yoki yumshoqmi? Mayda, yumaloq shaklda emasmi? Tarkibida qon yoki shilimshiq bormi?
-
Ichki kiyimlar ifloslanmaydimi?
-
Defekatsiya vaqtida og‘riq bo‘ladimi?
-
To‘g‘ri ichakda doimo begona narsa borlik hissi yo‘qmi?
-
Defekatsiyadan keyin o‘zingizni qanday his qilasiz?
2 -rasm. Qabziyatda ob’ektiv tekshirish
Bemor bilan suhbatda kasallik davomiyligi, ish faoliyati va ovqatlanish tartibi, ishxonada zararli ta’sir etuvchi moddalar mavjudligi, dori, ayniqsa antibakterial vositalarni suiste’mol qilishi to‘g‘risida so‘rash lozim. SHuningdek, ulardan endokrinologiya yoki psixonevrologiya dispanserlarida kuzatuvda turish-turmasligi, qanday yuqumli kasalliklarni yoshligida boshidan o‘tkazganligi, gijja belgilari borligi («eshak emi», teri qichishi va h.k.) va boshqa etiologik omillar haqida surishtirish. Ko‘rik paytida bemorning hulq-atvoriga va ruhiy holatiga (depressiya belgilari, qo‘rquv hislari va boshqalar) alohida ahamiyat beriladi.
Ichak disfunksiyalarini aniqlashda ob’ektiv tekshiruvlar katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qorinni paypaslash va rektal tekshiruvlarga alohida e’tibor beriladi. Perianal soha ko‘zdan kechiriladi, tugunlari va to‘g‘ri ichakni tashqariga chiqishini aniqlash uchun bemordan kuchanish so‘raladi. Keyin esa anal refleksi va oraliq sezuvchanligi tekshiriladi. Qorin paypaslanganda, g‘adir-budir (yomon sifatli) o‘smani, najas toshlarini (ayniqsa, ozg‘in bemorlarda), og‘riqli spazmga uchragan yo‘g‘on ichakni (ta’sirlangan ichak sindromida) aniqlash mumkin. Barmoqlar yordamida rektal tekshiruvni o‘tkazish katta ahamiyatga ega. Bu usul yordamida o‘smalar va najas toshlari, to‘g‘ri ichak ampulasi tonusi va uning o‘lchami aniqlanadi. To‘g‘ri ichak ampulasi tonusining oshishi va uning kichik o‘lchamda bo‘lishi, bemor hayotining dastlabki kunlaridan qabziyat mavjudligi Girshprung kasalligini taxmin qilishga asos bo‘ladi. To‘g‘ri ichak ampulasining kengayishi orttirilgan megakolonda ham uchraydi. Qabziyatda o‘tkazilgan ob’ektiv tekshirish natijasida aniqlanishi ehtimoli bo‘lgan patalogik holatlar 2-rasmda keltirilgan.
Ichak disfunksiyasida rektal tekshiruv o‘tkazish muhim ahamiyatga ega va unda quyidagilarga amal qilish kerak:
-
bemorga o‘tkaziladigan tekshiruv uslubini tushuntirish;
-
bemorni chap yonboshga yotqizish va oyoqlarini qorniga torttirilib, perianal sohani ko‘rikdan o‘tkazish;
-
bemordan sekin va chuqur nafas olishni iltimos qilish;
-
o‘ng qo‘lga rezina qo‘lqop kiyib, ko‘rsatkich barmoqqa gel surtgandan so‘ng, uni asta-sekin umurtqa pog‘onasi tomoniga qarab bemorning orqa chiqaruv yo‘liga kirgizish va undan kuchanishni so‘rash;
-
barmoqni asta sekin aylantirib to‘g‘ri ichak hamda uning devorlarini paypaslash;
-
rektal ko‘rik yordamida to‘g‘ri ichakning orqa yo‘lini 7-8 sm. chuqurlikkacha tekshirishdan o‘tkazish mumkin.
Tekshiruvni to‘g‘ri va samarali o‘tkazish uchun UAV to‘g‘ri ichak topografiyasini bilishi lozim va u quyidagicha: uning orqasida dumg‘aza va dum, yonlarida kichik chanoq devorlari, ayollarda oldinda bachadon bo‘yni va to‘g‘ri ichak-bachadon chuqurchasi, erkaklarda esa - prostata bezi va to‘g‘ri ichak-siydik qopchasi chuqurchasi joylashgan (3 va 4-rasmlar).
Rektal tekshiruvda orqa chiqaruv yo‘li jomi tonusi, najas konsistensiyasi, proktit va ich ketishda – og‘riqlar (orqa chiqaruv yo‘lining yorilishlarida kuchli og‘riqlar kuzatiladi va shu sababli bunday bemorlarga rektal tekshiruv o‘tkazilmaydi) aniqlanadi. Orqa chiqaruv yo‘li yorilishlarida yoki surunkali paraproktitda – to‘g‘ri ichak devorlarining zichlashishi va hosilalar paypaslanishi mumkin. Paypaslanganda, yaxshi sifatli o‘smalar yumshoq, yomon sifatli o‘smalar esa qattiq va yuzasi notekis bo‘ladi.
UAV anamnezni o‘rganish va ob’ektiv ko‘rik jarayonida olingan ma’lumotlarga asoslanib, bemorni quyidagi laborator-asbobiy tekshiruvlarga yuborishi lozim:
-
gemoglobin miqdori va ECHTni aniqlash;
-
najasni yashirin qonga tekshirish;
-
qonning biokimyoviy tekshiruvlari (qon zardobida kalsiy va kaliy miqdori, rak embrional antigenini aniqlash va boshqalar);
-
qalqonsimon bez gormonlari ko‘rsatkichini aniqlash;
-
rektoromanoskopiya, kolonoskopiya;
-
rentgen va boshqa tekshiruv usullari.
QVP va OP sharoitida ichak kasalliklariga shubha bo‘lganda, bemorlarni qulay endoskopik tekshirish usullaridan biri rektoromanoskopiya hisoblanadi. Orqa chiqaruv yo‘lidan najasning, qon va shilliq aralash kelishi va to‘g‘ri ichak o‘smasiga shubha tug‘ilganda, rektoromanoskopiya o‘tkaziladi. Divertikul, polip va yomon sifatli o‘smalar 60% hollarda orqa chiqaruv yo‘lining tashqi yuzasidan 60 sm.gacha chuqurlikda joylashishi mumkin. Endoskopik tekshiruvda aniqlanadigan muhim belgilardan yana biri melanoz hisoblanadi. U qabziyatni ko‘p vaqt davom etganligi va uzoq muddat surgi dorilar iste’mol qilinganligini ko‘rsatadi.
Kolonoskopiya yo‘g‘on ichakning barcha qismlarini ko‘rish va bir vaqtning o‘zida biopsiya olish imkonini beruvchi tekshirish hisoblanadi.
Rentgen usullari qo‘yidagi holatlarda ko‘p qo‘llaniladi:
-
irrigoskopiya - yo‘g‘on ichak kasalliklarida, masalan megakolonda;
-
ichakning evakuator faoliyatini tekshirish - bemor rentgenkontrast kapsulani qabul qiladi, keyin bir necha marotaba qorin bo‘shlig‘i rentgenografiyasi o‘tkazilib, to‘g‘ri ichakda kapsulaning paydo bo‘lish vaqti belgilanadi;
Quyidagi qator boshqa tekshirishlar odatda maxsus ko‘rsatmalar bo‘lganda, amalga oshiriladi:
-
rektal monometriya – shishirilgan ballon orqali to‘g‘ri ichak jomi tonusi va uning ampulasi sezuvchanlik darajasini aniqlash;
-
defekatsiyali proktografiya (defekatsiya buzilishlarini aniqlash);
to‘g‘ri ichak biopsiyasi (Girshprung kasalligida agangliozni aniqlash
Adabiyotlar
1.Vnutrennie bolezni po Tinsli R.Xarrisonu. V dvux tomax. Per. s angl. Pod red.E.Fauchi i dr. Moskva, «Praktika»-Mak-Grou-Xill, 2002, 1536 str.
2.Klinicheskie rekomendatsii i farmakologicheskiy spravochnik. Pod red. I.N.Denisova, YU.L.SHevchenko i F.G.Nazыrova. Moskva, «GEOTAR-Media», 2005, 1143 str.
3.Klinicheskie rekomendatsii dlya praktikuyuщix vrachey, osnovannыe na dokazatelnoy meditsine. Per. s angl. Pod red. YU.L.SHevchenko, I.N.Denisova, V.I.Kulakova i dr. Moskva, «GEOTAR-Media», 2002, 1242 str.
4.Sbornik klinicheskix protokolov. Uchebno-metodicheskoe posobie dlya obщepraktikuyuщix vrachey. Sobirov D.I., Zaxidova M.Z., Juraeva Z. i dr. Tashkent, 2005, 249 str.
5.Teylor R.B., Trudnыy diagnoz. Perevod s angliyskogo. - M.: Meditsina, 1995 g.
6.Taktika vedeniya zabolevaniy organov piщevareniya vrachom obщey praktiki. Metodicheskoe posobie dlya obщepraktikuyuщix vrachey. Zaxidova M.Z., Pak G.L., Zaxidova M.U. Tashkent, 2007, 152 str.
7.Improving health systems: the contribution of family medicine. A guidebook. Wonca. World Organization of Family Doctors. Ch.Boelen end eto. Singapore, 2002, 211 p.
8. www. Medlinks.ru / article
9. T.R. Xarrison. Ichki kasalliklar 1 tom Meda ichak trakti kasalliklari bo‘limi. 430-437 betlar.
Dostları ilə paylaş: |