Toshkent tibbiyot akademiyasi



Yüklə 176,2 Kb.
tarix13.03.2017
ölçüsü176,2 Kb.
#11065
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

FAKULTET VA GOSPITAL TERAPIYA, SHARQ TABOBATI, TIBBIY-PROFILAKTIKA FAKULTETI ICHKI KASALLIKLAR KAFEDRASI

YAGONA METODIK TIZIM BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOTLAR UCHUN O’QUV USLUBIY QO’LLANMA TUZISHGA TAVSIYALAR

Uslubiy ko’rsatma

Tuzuvchilar: prof. Rizamuxamedova M.Z., dots. Burxanova F.A., dots. Nabieva D.A.,

katta o’qituvchi Kurbanova SH.R., ass.Pulatova SH.B.

t.f.d., prof. F.X.Azizova - TTA o’quv bo’limi boshlig’i

Taqrizchilar: UASH, allergologiya bilan kafedra mudiri, professor Berdiev U.G.

TashMPI gospital terapiya kafedrasi mudiri, professor Raximov SH.M.


Uslubiy tavsiya TTA MUX yig’ilishi 2007 yil __________№____sonli bayonnomasi,

TTA MUX raisi,

Professor Karimov M.SH.



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TIBBIY TA`LIMNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

MAVZU:
TIZIMLI QIZIL BO’RICHA
(Tibbiy oliy ta`lim muassasalari o’qituvchi va talaba uchun)
o’quv-uslubiy ko’rsatma

Mavzu: TIZIMLI QIZIL BO’RICHA





1. Mashg’ulot o’tkazish joyi, jixozlanishi

  • Revmatologiya, artrologik markaz, umumiy terapiya, laborator-diagnostika bo’limlari, o’quv xona.

  • Qon taxlillari, serologik taxlillar, klinik va bioximik taxlillar yig’masi, immunologik taxlillar, bioximik taxlillar, ul`tratovush tekshirishlar natijalari, o’qituvchi-kontrolli testlar, tematik bemorlar, tarqatma materiallar: tasnifi, tashxis mezonlari.

  • TV-video, overxet, mul`timedia proektori, jadvallar, slaydlar, axborot-komp`юterlashtirilgan dastur, temak bemorlar, plakat va rasmlar.



2. Mashg’ulotning davomiyligi

Berilgan mavzuni yoritish uchun ajratilgan soat-270 minut




3. Mashg’ulotning maqsadi:

Talabalarga kasallik etiologiyasini, patogenezini, klinik simptomatologiyalarni, laborator- instrumental diagnostika va ratsional terapiyani, asoratlar profilaktikasini, reabilitatsiyani o’rgatish.



Ta`lim maqsadi - nazariy bilimlarni egallash va mustaxkamlash:

Tarbiyaviy maqsadi – shifokorlikka tayyorlashda jaxon standartlari talab darajasida mutaxassislikka qiziqishni, mas`uliyat xissiyotlarini shakl­lan­tirish, o’z bilim darajasini kengaytirishga qiziqishni tarbiyalash, deontologik tarbiya darajasini shakllantirish, amaliy ishni bajarishda eҳtiyotkorlik, aniqlik va ma`suliyatni xis etishni shakllantirish.

Rivojlantiruvchi maqsad - talabalarda mustaqil fikrlashni vai mustaqil muloxaza юritishni shakllantirish, talabalarni mantiqiy fikrlashini rivojlantirish (klinik, gigienik).

.


Vazifalari

  1. Tizimli qizil bo’richa boshqa tizimlarni shikastlanganlgini aniqlash

  2. Tizimli qizil bo’richaning klinik belgilarini aniqlash

  3. Klinik tashxisni asoslash

  4. Talaba egallagan bilimini taxlil qilish, tekshirib va mustaxkamlash

  5. Biriktiruvchi to’qima diffuz kasalliklari klinikasi breRilan qiyosiy tashxislash

  6. Tizimli qizil bo’richaning davolashning asosiy printsiplari



Talaba bilishi lozim:

  • TQB etiologisi

  • TQB patogenezi

  • TQB tasnifi

  • TQB diagnostik mezonlari

  • davolashning asosiy printsiplari


Talaba bajara olishi lozim:

  • TQBli bemorda diagnostik mezonlarini topa bilish

  • Bemorlarni tekshirish rejasini tuzish

  • Laborator ko’rsatkichlarni taxlil va talqin qilish

  • LE-xujayralarini mikroskopda ajratish

  • Klinik tashxisni qadamma-qadam asoslash

  • Retsept yozish (glюkokortikosteroidlar, tsitostatiklar va ularning nojo’ya ta`siri)






4. Motivatsiya

Xozirgi vaktda terapiya va revmatologiyada tizimli qizil bo’richa kasalligini o’rganish juda katta axamiyatga ega, chunki u biriktiruvchi to’qimaning tizimi kasalliklari orasida muxim o’rin tutib, xayot sifatini yomonlashtiradi, xamda ichki a`zolar zararlanishiga sabab bo’lib, xayot uchun xavfli bo’lgan asoratlar keltirib chiqarishi mumkin.




5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik

Fanlararo bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar normal va patologik anatomiya, gistologiya, normal va patologik fiziologiya, bioximiya, immunologiya, dermatologiya, nevrologiya, reanimatologiya, akusherlik va ginekologiya yo’nalishlarida kerak bo’ladi.



Fan ichidagi bog’liqlik:

Dars davomida olingan bilimlar pul`monologiya, kardiologiya, gastroenterologiya, nefrologiya, gematologiya fanlarini o’rganilganda kerak bo’ladi.










Mashg’ulot mazmuni

    1. Nazariy qismi

BIRIKTIRUVCHI TO’QIMANING DIFFUZ KASALLIKLARI

  • Tizimli qizil bo’richa

  • Tizimli sklerodermiya

  • Dermatomiozit

  • Diffuz fastsiit

  • Revmatik polimialgiya

  • Qaytalanuvchi pannikulit

  • Qaytalanuvchi polixondrit

  • SHegren sindromi yoki kasalligi

  • Biriktiruvchi to’qimaning aralash kasalliklari

TIZIMLI QIZIL BO’RICHA (TQB)

  • Autoimmun kasallik bulib, xususiy ҳujayralar va ularning komponentlariga nisbatan antitanalar ishlab chiqariladi va teri, bugim, nerv sistemasi va ichki organlarni tizimli yalliglanishi rivojlanadi.

  • Epidemiologiya: kuprok yosh kizlarda uchraydi.1 mln axoliga 50-70 yangi kasallanganlar aniklanadi.1 kishiga 400-2000 axoli 14-40 yoshdagi ayollar kasallanadi. Kasallik chukkisi 14-25 yoshga tugri keladi.

Etiologiya

  • Ba`zi bir mikroorganizmlar, toksik moddalar va dori vositalar TKB ning rivojlanishiga sabab bulishi mumkin, lekin ularni tugridan-tugri ta`siri xozirgacha isbotlanmagan.

  • TKB genetik jixatdan dizigotali egizaklarga nisbatan monozigotali egizaklarda kup uchrashi va karindoshlar orasida TKBning tarkalishi 5-12%ni tashkil kiladi.

Patogenez

  • Ichki organlarni zararlanishini aniklovchi effektor mexanizmlar xujayra immun reaktsiyasi bilan emas balki birinchi urinda gumoral immun reaktsiyasi bilan assotsiatsiyalangan. TKB kuprok reproduktiv yoshdagi ayollarda kuzatilganligi sababli, patogenezida garmonal regulyatsiyani buzilishi katta axamiyatga ega.

  • Patomorfologiya Biriktiruvchi tukima zararlangan uchoklarda gematoksilin bilan kizgish-kukimtir rangga buyaluvchi yadro modalarining amorf massalari aniklanadi (gematoksilin tanachalari). SHu tanachalarni kamrab olgan neytrofillar in vitro LE xujayralar deb ataladi.

Biriktiruvchi tukimada va kon tomir devorlarida joylashgan immun komplekslar eozin bilan buyalganda fibrinoid nekroz kurinishida buladi.

TQB ning KLINIK BELGILARI

Teri zararlanishi– 90% bemorlarda

  • 20-25% ҳolatlarda teri sindromi kasallikning dastlabki belgisi.

Tayanch-ҳarakat tizimining zararlanishi

  • Artralgiyalar – artritlar 90-100% bemorlarda

  • Mialgiyalar – 35-45% bemorlarda

Юrak zararlanishi

  • Perikardit

  • Miokardit

  • Libmana – Saks endokardit

  • Pankardit

O’pkalar zararlanishi

  • 50-80% - quruq va ekssudativ plevrit

  • lюpus pnevmonit

Oshqozon-ichak yo’llari zararlanishi – 50% ҳollarda

Buyraklar zararlanishi

  • Nefrit minimal peshob sindromi bilan

  • Nefrit nefrotik sindrom bilan

  • Faol lюpus-nefrit ifodalangan peshob sindromi bilan 1/3 bemorlarda

Asab tizimi zararlanishi


Periferik va bosh miyadan chiquvchi nervlar – 1/3 bemorlarda

Xoreya


Tirishish sindromi

Ruxiy buzilishlar

Affektiv sindrom

Organik miya simptomlari



Tashxisiy mezonlar:

1. YOnok soxasidagi toshmalar. YOnok yoyida joylashgan, burun-yonok burmasiga tarkalish tendentsiyasiga ega. YAssi yoki burtib turuvchi eritema.

2. Diskoid toshmalar. Teri buzilishlariga ega burtib turuvchi eritramatoz toshmalar. Eski uchoklarda esa atrofik chandiklar uchraydi.

3. Fotosensibilizatsiya. Anamnezida yoki vrach kuzatuvida kuyosh nurlanishiga noodatiy reaktsiya natijasida terida toshmalar paydo buladi.

4. Ogiz bushligi yaralari. Burun-xalkum yoki ogiz bushligida vrach tomonidan aniklanadigan kupincha ogriksiz yaralar.

5. Artrit. Ikki yoki undan ortik periferik bugimlarning ogrik va shish bilan xarakterlanuvchi eroziv bulmagan artritdir.

6. Serozit. Plevrit (anamnezidagi plevral ogrik va plevra ishkalanish ovkini eshitilishi bilan tasdiklangan). Perikardit (EKG, perikard ishkalanish shovkini va perikard bushligidagi suюklik bilan tasdiklangan).

7. Buyraklar shikastlanishi. Persistirlanuvchi proteinuriya (siydik bilan 500mg/kuniga va undan ortik oksil ajralishi).

8. Nevrologik buzilishlar. Uremiya, ketoatsidoz, elektrolit disbalans natijasida metabolik uzgarish va dorilar kabul kilish boglik bulmagan titrashlar.

9. Gematologik buzilishlar. Dorilar kabul kilish bilan boglik bulmagan gemolitik anemiya, leykopeniya (leykotsitlar 4*10^9/l dan kam), limfopeniya (limfotsitlar 1,5*10^9/l dan kam), trombotsitopeniya (100*10^9/l dan kam).

10.Immun buzilishlar. LE-xujayraga test musbat. Tabiiy DNK va RNKga Karshi antitanalar titri юkori. 6 oy davomida sifilisga immobilizatsiya reaktsiyasi yoki flюorestsentsiyalangan antitreponema antitanalarini absorbtsiya testlariga yolgon musbat reaktsiya.

11. Antinuklear antitana. Immunoflюorestsentsiya yoki boshka testlarda ANA titrining юkoriligi.




LABORATOR TEKSHIRUVLAR

  • Qon umumiy taҳlili

  • Peshob umumiy taҳlili

  • LE ҳujayralar

  • Antinuklear antitanalar

  • TSIK

  • RF past titrlarda

  • EKG

  • ExoKS

  • Юrak-qon tomir, nafas, oshqozon-ichak, buyrak, markaziy asab tizimilarini laborator-instrumental tekshirish

  • IgG, IgM


Kiyosiy tashxis

TKB ga uxshaydigan 40 ta kasallik mavjud, ayniksa kasallik debutida.



Davolash
  • Glюkokortikosteroidlar: intensiv terapiya, pul`s terapiya, kombinatsiyalangan pul`s terapiya

  • 4- Aminoxinolin preparatlari: delagil, plakvenil

  • YAQNV

  • Ekstrokorporal davolash usullari: plazmaferez, Gemosorbtsiya, Gemodializ

  • TQBli bemorlarni davolashning dasturli usuli

Prognoz

  • Xozirgi kunda TKB ni prognozi ancha yaxshilandi. Tashxis kuyilgandan sung bemorlarnning xayoti davomiyligi 10 yildan sung 80%, 20 yildan sung –60%. Lekin, TKB da ulim kursatkichi populyatsiyada 3 marta юkori.



Mashg’ulotda qo’llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar:

Interaktiv o’qitish usuli «Miya shturmi»

Miya shturmi uslubi talabalarda fikrlash va ijodga yondashtiradi. Uslubning moxiyati shundan iboratki talabalarga savol beriladi. Talabalar berilgan savolga javoblarni flipkartaga yozib borishadi. Boshida aytilgan ҳar bir javob to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishidan qatt`iy nazar tanqid etilmaydi. Javoblarning barchasi yozib bo’lingandan keyin ҳar bitta javob muҳokama qilinadi va eng to’g’ri javoblar tanlab olinadi.

Mavzu bo’yicha berilishi mumkin bo’lgan savollar:

  1. Tizimli kizil bo’richaning etiologiyasi.

  2. Tizimli kizil bo’richaning patogenezi

  3. Tizimli kizil bo’richaning tasnifi

  4. Tizimli kizil bo’richaning tashxis mezonlari

  5. Tizimli kizil bo’richaning klinik kechishi

  6. Tizimli kizil bo’richada laborator tekshirishlardagi o’zgarishlar

  7. Tizimli kizil bo’richaning asoratlari

  8. Tizimli kizil bo’richa qaysi kasalliklar bilan qiyoslanadi.

  9. Tizimli kizil bo’richani davolash

    1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

1. 25-yoshli ayol quyoshda uzoq vaqt qolishidan keyin betob bo’lib qoldi. SHikoyati: xolsizlikka va bo’g’imlarda ko’chib юruvchi og’riqlarga. Ob`ektiv: tana xarorati 39゚S. юz terisida eritematoz toshma, sochi to’kilishi aniqlandi. ECHT 45 mm/soat. Umumiy peshob taxlilida: oqsil 1,066‰ ‰.

I.Sizning tashxisingiz:

А) Tizimli sklerodermiya

В) Dermatomiozit

С) Tizimli qizil bo’richa*

D) Tizimli vaskulit

II.Bemorga davo tanlang:



  1. Prednizolon*

  2. Xarorat pasaytiruvchi vositalar

  3. Kuprenil

  4. Allopurinol

2. Bemorni bo’g’imlardagi og’riq, юzidagi eritematoz o’zgarishlar bezovta qilmoqda, peshob taxlilida oqsil 2.65‰, o’zgargan leykotsitlar 20-25/1, gialin tsilindrlar 5-6/1, donador 3-4/1.

I. Peshob taxlili qaysi kasallik uchun xos:


  1. Lюpus-nefrit*

  2. Buyrak amiloidozi

  3. Surunkali glomerulonefrit

  4. Siydik-tosh kasalligi

  5. Surunkali pielonefrit

II.Ushbu bemorga davo tanlang:

A) TSiklofosfamid*

B) Xarorat pasaytiruvchi vositalar

C) Kuprenil

D) Allopurinol
3. I kurs talabasi kuzda qishloq xo’jaligi ishlarida юzida qizil toshmalarga e`tibor berdi. Tez kunlarda tana xaroratining 38 S gacha ko’tarildi,tizza bo’g’imlarida og’riq va shishi, юrakda og’riq, taxiardiya, юzining ertalabki shishlari юzaga keldi.

I.Qaysi kasallikka taxmin qilish mumkin:

А) Birlamchi revmatik isitma

В) Tizimli qizil bo’richa o’tkir kechimi *

C) Tizimli qizil bo’richa surunkali kechishi

D) dermatomiozit o’tkir osti kechimi

E) infektsion endokardit

II.Birinchi nabatdagi tekshirish rejasini ko’rsating:

A) qonda kreatinin krovi, Reberg sinamasi, kislota-ishqoriy xolat, elektrolid almashinuvi, ichilgan va chiqarilgan suюqlik nazorati*

B) Zimnitskiy va Nicheporenko bo’yicha peshob taxlili

C) Bioxim. analiz: ALT, AST, bilirubin, umumiy oqsil va oqsil fraktsiyalari, koagulogramma

D) Radioizotop renografiya, buyraklarni skanirlash, buyraklar UTT.


4. 17 yoshli bemorda mart oyida ECHT ko’tarilishi (35 mm/soat) aniqlandi, proteinuriya (0,66g/l), tez fursatda artralgiya, isitmalash qo’shildi. Klinikaga yotqizildi.

I.Sizning tashxisingiz:

A) Tizimli sklerodermiya

B) Dermatomiozit

C) Tizimli qizil bo’richa*

D) Tizimli vaskulit

II.Bemorga davo tayinlang:

A)Prednizolon*

B) Xarorat pasaytiruvchi vositalar

C) Kuprenil

D) Allopurinol

5. Bemor N. 16 yo. SHikoyati: юzi, kulidagi toshmalarga, tana xaroratini 1 oydan beri 38-39ºSgacha kutarilishiga, ogzidagi yarachalarga, uyku buzilishiga, ishtaxa pasayishiga, umumiy xolsizlikka.

Ob`ektiv: Umumiy axvoli urtacha ogirlikda, юz yonok, bilak soxasida, kukrak kismida kizgish rangdagi toshmalar borligi. Upkada vezikulyar nafas. Юrak tonlari bugiklashgan, taxikardiya A/D 140/90 mm.sm.ust, Pul`s 100ta 1minutda. Korin юmshok ogriksiz. Jigar va talok kattalashmagan. Ich kelishi va peshob ajralishi meyorida.

Laborator tekshiruvlar: Umumiy kon analizi: NV-80g/l, L-4,5, er 2,7. ROE-50mm/s.

Siydik analizi: solishtirma ogirligi-1015, oksil-0,099%, L-10-12/1. Epiteliy-8-9/1.er-0-1/1.Kukrak kafasi R-skopiyasi: uzgarishsiz.

I.Sizni dastlabki tashxisingiz?

A) TQB*

B) DM


C) SSD

D) Polimiozit


II.Kushimcha yana kanday tekshiruvlar utkazish kerak?

A) LE-xujayra*

B) Qon bioximik tekshiruvi

C) Zimnitskiy sinamasi

D) Ichki a`zolar UTT
III.Dastlabki davo rejangiz.

A) Glюkokortikosteroid terapiya*

B) TSitostatiklar

C) Antibiotiklar

D) Diuretiklar

E) Vitamin terapiya



6.3. Amaliy qismi

Xarakat tartibi

Faoliyat algoritmi

Mo’ljallangan belgilar

Operatsiyalar ketma-ketligi


Xarakat vositalari


1.

Pasport ma`lumotlarini aniqlash

So’rab surishtirish

YOshi, millati, kasbi, yashash manzili

2.

Kasallikka xos shikoyatlarni aniqlash

So’rab surishtirish

Isitmalash, tana xaroratini ko’tarilishi, taxikardiya, tana vaznini kamayishi, soch to’kilishi, xolsizlikka, loxaslik, ishtaxa yo’qolishi, terlash, poliartralgiya, og’iz shilliq qavatida eroziv o’choqlarni aniqlash

3.

Kasallik anamnezini yig’ish0

So’rab surishtirish

Sovuq qotish, insolyatsiya, gormonal buzilishlar.

4.

Xayot anamnezini yig’ish

So’rab surishtirish

Nasliy moillik, allergik fon.

5.

Umumiy xolatini baxolash

Ko’zdan kechirish

Umumiy axvoli nisbatan qoniqarlidan og’irgacha.

6.

Ob`ektiv ko’rik

Manual va fizik ko’nikmalar

Teri qoplamlari rangpar, yonoqlarda eritematoz toshmalar. Auskul`tatsiyada vezikulyar nafas susayishi, юrak tonlari bo’g’iqlashgan, taxikardiya, poliserozit belgilari, nefrotik sindrom kuzatilishi mumkin.

7.

Tekshirish dasturini tuzish

Klinik fikrlash

Qon umumiy taxlili – ECHT 40-60 mm/soat ko’tarilishi, pantsitopeniya.

Peshob umumiy taxlili: proteinuriya, tsilindruriya, qon bioximiyaviy taxlili: gipergammaglobulinemiya, giperkoagulyatsiya, revmatoid omil manfiy. LE xujayra va ANF – musbat.



8.

Tashxis qo’yish

Klinik fikrlash

Qabul qilingan tasnif asosida klinik tashxis qo’yish va asoslash, kasallik og’irlik darajasini aniqlash.

9.

Qiyosiy tashxis o’tkazish

Klinik fikrlash

Reyno kasalligi, tizimli sklerodermiya, dermatomiozit, sepsis, revmatik isitma, revmatoid artrit, amiloidoz, dori kasalligi.

10.

Davolash tamoillarini aniqlash

Klinik fikrlash

1. Glюkokortikosteroidlar

2. TSitostatiklar

3. YAQNV

4. Antikoagulyantlar

5. 4-aminoxinolin preparatlari








7. Malaka, ko’nikma va bilimni tekshirish usullari

1. BEMORLARNI SO’RAB SURISHTIRISH VA KURIKDAN O’TKAZISH

Maksadi: - Tashxis uchun kerakli ma`lumotlarni yigish;

- Boshka axborot manbalarini aniklash (karindoshlari, boshka shifokorlar v ax.k.)

- bemorning ishonchini kozonib, mulokotga kirishish;

- bemorning shaxsiyati va kasallikka munosabatini aniklash (kasallikning ichki manzarasi);



- bemorning xushi, ruxiy xolati, umumiy kurinishi, teri koplamlarini baxolash.

Kursatmalar: Surab-surishtirish xushida bulgan xamma bemorlar uchun, kurik xamma bemorlar uchun.

Jixozlanishi: yaxshi yoritilgan palata, shifokor xonasi.

Bajariladigan etaplar (pogonalar):

.№

Tadbirlar

Bajara olmadi

Tulik bajardi

1

Pasport ma`lumotlarni yig’ish

0

5

2

SHikoyatlari (asosiy va yondosh)

0

15

3

Kasallik anamnezini yig’ish

0

20

4

Xayot anamnezini yig’ish

0

15

5

Epidemiologik anamnez

0

5

6

Allergik anamnez

0

5

7

Bemorning ҳolati

0

5

8

Tana tuzilishi

0

5

9

Umumiy kurik

0

5

10

Kasallik mezonlarini aniqlash

0

20



Ja`mi


0

100

2. LE- XUJAYRANI MIKROSKOPDA ANIQLASH

3. KASALLIKKA MOS PARXEZ VA REJALI DAVO TAYINLASH

Maksadi: Kasallikni davolash yoki remissiyasiga erishish

Kursatmalar: xamma bemorlar uchun

Jixozlanishi: shifoxona

Bajariladigan etaplar (pogonalar):



Tadbirlar

Bajara olmadi

Tulik bajardi

1.

Pevzner buyicha parxez stollarining tavsifi

0

20

2.

Tashxisga mos ravishda parxez stollarini tugri tanlay olish.

0

20

3.

Parxezning tulakonliligini baxolay olish

0

20

4.

Tashxisga, kasallikning ogirlik darajasiga va boskichiga mos ravishda asosiy (bazis) va simptomatik davo tayinlash

0

20

5.

Profilaktika chora-tadbirlarini tayinlash

0

20



Ja`mi


0

100

Testlar.

1. TQB kechish variantini ko’rsating:

  1. o’tkir, o’tkir osti, surunkali*

  2. sekin avj oluvchi

  3. tez avj oluvchi

  4. shiddatli

2. Lюpus-dermatitda terining klinik-morfologik zararlanishi:

  1. bo’richaga xos «kapalaksimon» toshma, ekssudativ eritema*

  2. purpura, vitiligo

  3. eksfoliatsii

  4. giperpigmentatsiya, papiloma

3. TQBda bo’g’imlar zararlanishi varitanti:

  1. artritsiz artralgiya*

  2. monoartrit

  3. erozivn artrit

  4. shakl buzuvchi artrit

4. TQBda юrak zararlanishi:

  1. miokardit*

  2. amiloidoz

  3. subendokardial ishemiya

  4. subartal stenoz

  5. o’pka aretriyasi stenozi

5. TQBda o’pka zararlanishi:

  1. pnevmonit*

  2. emfizema

  3. bronxoektazlar

  4. pnevmoniya

6. Tizimli qizil bo’richaning ishchi tasnifi (Nasonova V.A.) bo’yicha ko’rsatilishi lozim bo’lgan 3 omilni ko’rsating:

  1. kechish xarakteri*

  2. patologik jarayonning faolligi*

  3. zararlangan a`zo va tizimlarning klinik-morfologik xarakteristikasi*

  4. kechish fazasi

  5. zararlangan bo’g’imlar soni

  6. immunologik xarakteristika

7. Tizimli qizil bo’richa kechishining 3 variantini ko’rsating:

  1. o’tkir*

  2. o’tkir osti*

  3. surunkali*

  4. sekin avj oluvchi

  5. shiddatli

  6. tez avj oluvchi

8. Tizimli qizil bo’richada lюpus-dermatitning 5 klinik-morfologik ko’rinishini ko’rsating:

  1. «kapalaksimon» toshma*

  2. ekssudativ eritema*

  3. diskoid volchanka*

  4. kapillyaritlar*

  5. purpura*

  6. vitiligo

  7. eksfoliatsii

  8. giperpigmentatsiya

  9. papiloma

9. Tizimli qizil bo’richada bo’g’imlar zararlanishining 2 variantini ko’rsating:

  1. artritsiz artralgiya *

  2. poliartrit*

  3. eroziv artrit

  4. shakl buzuvchi artrit

10. Tizimli qizil bo’richada юrak zararlanishining 4 ko’rinishini ko’rsating:

  1. miokardit*

  2. endokardit юrak illatlari bilan*

  3. kardioskleroz*

  4. miokard distrofiyasi*

  5. amiloidoz

  6. subendokardial ishemiya

  7. subaortal stenoz

  8. o’pka arteriyasi stenozi

11. Tizimli qizil bo’richada o’pka zararlanishining 2 klinik-morofologik turini ko’rsating:

  1. pnevmonit*

  2. pnevmoskleroz*

  3. emfizema

  4. bronxoektazlar

12. Tizimli qizil bo’richada buyraklar zararlanishining 3 turini ko’rsating:

  1. diffuz glomerulonefrit*

  2. o’choqli nefrit*

  3. surunkali nefrit*

  4. amiloidoz

  5. pielonefrit

  6. pielit

13. Tizimli qizil bo’richada MNS zararlanishining 4 turini ko’rsating:

  1. meningoentsefalit*

  2. entsefalonevrit*

  3. polinevrit*

  4. abstsess*

  5. miya infarkt

  6. tarqalgan skleroz

14. Tizimli qizil bo’richada periferik qondagi 4 o’zgarishni ko’rsating:

  1. leykopeniya*

  2. trombotsitopeniya*

  3. gipoxrom anemiya*

  4. ECHT oshishi*

  5. leykotsitoz

  6. limfotsitoz

  7. trombotsitoz

  8. eritrotsitoz

15. Tizimli qizil bo’richani tashxisga ega 4 laborotor ko’rsatkichni ko’rsating:

  1. LE-ҳujayralar*

  2. ANF (antinuklear omil)*

  3. antitela k nativnoy DNK*

  4. "rozetki" fenomeni*

  5. revmatoid omil

  6. gemolitik anemiya

  7. trombotsitopeniya

  8. gipofibrinogenemi

16. O’tkir fazali sinamaning 4 nospetsifik ko’rsatkichini ko’rsating:

  1. al`fa 42 0- i gamma-globulinlar oshgan disproteinemiya

  2. fibrinogen miqdorining oshishi*

  3. ECHT oshishi*

  4. S-reaktiv oqsil*

  5. al`buminlar oshgan disproteinemiya

  6. fibrinogen kamayishi

  7. ASLO oshishi

  8. LE-ҳujayralar aniqlanishi

17. Tizimli qizil bo’richada buyrak punktsion biopsiyasida aniqlanadigan 3 morfologik o’zgarishni ko’rsating:

  1. preparatda buyrak to’qimasida erkin yotgan o’zgargan yadrolarning aniqlanishi (gematoksilinli tanachalar)*

  2. koptokchalar kapillyarlari membranalari «sim xalqalar» ko’rinishida bo’ladi*

  3. koptokchalar bazal membranalarada immun komplekslarning elektron-zich depozitlar ko’rinishida to’planishi, fibrinoid cho’kmalar*

  4. kanalchalarning limfoidli infil`tratsiyasi

  5. koptokchalarning neytrofilli infil`tratsiyasi

  6. kanalchalar epiteliysining vakuolli distrofiyasi

18. Tizimli qizil bo’richa kompleks patogenetik davosining 4 yo’nalishini ko’rsating:

  1. immun-yallig’lanish va immunokompleks patologiyani yo’qotish*

  2. aloҳida keskin ifodalangan sindromlarga ta`sir ko’rsatish*

  3. immunosupressiv davoning nojo’ya ta`sirlarining oldini olish*

  4. asoratlarni davolash*

  5. antibakterial davo

  6. detoksikatsiya

  7. gematransfuziya

19.Tizimli qizil bo’richada tsitostatik davoga 4 ko’rsatmani ko’rsating:

  1. volchankaga oid glomerulonefrit *

  2. kapalaksimon" toshma *

  3. prednizolon bilan davoning samarasizligi*

  4. volchankaga oid vaskulit*

  5. LE ҳujayralar topilishi

20. Tizimli qizil bo’richada metipred bilan pul`s-terapiya qaysi 3 ҳolatda o’tkaziladi:

  1. volchankaga oid glomerulonefritda*

  2. MNS zararlanganda*

  3. kasallikning og’ir polisistemali turida*

  4. TQBning ҳamma ҳolatlarida

  5. faqat yosh bolalarda

8. Joriy nazoratni baxolash mezoni

Talaba faoliyatining tavsifi

Uzlasht

Baxo

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha mashg’ulotga tayyorlangan, munozaralarda faol katnashgan, mavzuni chukur uzlashtirgan, ijodiy fikrlaydi, bemorni surab–surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi), bugim funktsional tekshiruvlarini tula bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi va tekshirish natijalarni taxlil kila oladi, kasallik mezonlarini tula izoxlaydi, xar bitta sindromni kiyosiy tashxislaydi, dastlabki va klinik tashxisni tula asoslay oladi, olgan bilimini amaliyotda kullay biladi

96-100

«5»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha mashgulotga tayyorlanib kelgan, munozaralarda faol katnashgan, mavzuni uzlashtirgan, bemorni surab – surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi), bugim funktsional tekshiruvlarini bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi va tekshirish natijalarni taxlil kila oladi, kasallik mezonlarini biladi, boshka tizimli va bugim kasalliklari bilan kiyosiy tashxis utkaza oladi, dastlabki va klinik tashxisni asoslay oladi, olgan bilimini amaliyotda kullay biladi

91-95

«5»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha tayyorlangan, munozaralarda faol katnashgan, mavzuni chukur uzlashtirgan, bemorni surab–surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi), bugim funktsional tekshiruvlarini tula bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi va tekshirish natijalarni taxlil kila oladi, boshka tizimli kasalliklar bilan kiyosiy tashxis utkaza oladi, dastlabki va klinik tashxisni tula asoslay oladi, olgan bilimini amaliyotda kullay biladi

86-90

«5»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha mashgulotga tayyorlangan, munozaralarda faol katnashgan, mavzuni uzlashtirgan, bemorni surab–surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi), bugim funktsional tekshiruvlarini tula bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi va tekshirish natijalarni taxlil kila oladi, boshka tizimli kasalliklar bilan kiyosiy tashxis tulik utkaza oladi, dastlabki va klinik tashxisni tula asoslay oladi, olgan bilimini amaliyotda kullay biladi

81-85

«4»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha mashgulotga tayyorlangan, munozaralarda faol katnashgan, mavzuni uzlashtirgan, bemorni surab–surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi), bugim funktsional tekshiruvlarini tula bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi va tekshirish natijalarni taxlil kila oladi, boshka tizimli kasalliklar bilan kiyosiy tashxis utkaza oladi, dastlabki va klinik tashxisni asoslay oladi, olgan bilimini amaliyotda kullay biladi

76-80

«4»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha mashgulotga tayyorlangan, berilgan savollarga javob beradi, mavzuni uzlashtirgan, bemorni surab–surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi), bugim funktsional tekshiruvlarini bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi va tekshirish natijalarni taxlil kila oladi, boshka tizimli kasalliklar bilan kiyosiy tashxis utkaza oladi, dastlabki va klinik tashxisni asoslay oladi, olgan bilimini amaliyotda kullay biladi

71-75

«4»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha uzlashtirgan, bemorni surab – surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi) bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi va tekshirish natijalarni tula taxlil kila olmaydi, dastlabki va klinik tashxisni asoslay oladi, olgan bilimini amaliyotda kullay biladi

66-70

«3»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha mavzuni tushunadi, bemorni surab – surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi) ukituvchi maslaxati yordamida bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuzadi, dastlabki va klinik tashxisni ukituvchi maslaxati yordamida asoslay oladi, olgan bilimini ukituvchi maslaxati yordamida amaliyotda kullay oladi

61-65

«3»

Talaba mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha materialni tulik bilmaydi, bemorni surab – surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi) kisman bajara oladi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini ukituvchi yordamida tuzadi, dastlabki va klinik tashxisni ukituvchi yordamida asoslaydi, amaliyotda kullay olmaydi

55-60

«3»

Mavzu asosiy savollari bo’yicha va TMI savollari bo’yicha materialni bilmaydi, bemorni surab – surishitirish, anamnezini yigish, ob`ektiv tekshiruvlarni (barcha a`zolar pal`patsiyasi, perkussiyasi, auskul`tatsiyasi) bajara olmaydi, laborator – instrumental tekshirish va davolash rejasini tuza olmaydi, dastlabki va klinik tashxisni asoslay olmaydi, amaliyotda kullay olmaydi

55 va undan past

«2»









9. Mashg’ulotning xronologik xaritasi





Mashg’ulot bosqichlari

Mashg’ulot shakli

Davomiyligi

(min)


270

1.

O’qituvchining kirish so’zi (mavzuni asoslash)




10

2.

Amaliy mashg’ulot mavzusini muҳokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (ishbilarmon o’yini), shuningdek, ko’rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va ҳ.k.)ni qo’llagan ҳolda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

so’rov,

tushuntirish


60


3.

Muҳokamaga yakun yasash.




20

4.

Talabalarga mashg’ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo’yicha ko’rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil kuratsiya



30


5.

Talabalarni mashg’ulotning amaliy qismini o’qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor kuratsiyasi)

kasallik tarixi,

ishbilarmon o’yini,

vaziyatli masala

50


6.

Tematik bemorning laboratoriya, instrumental tekshiruvlaridan olingan natijalarning taҳlili, differentsial diagnostika, davolash va sog’lomlashtirish rejasini tuzish, retseptlar yozish va ҳ.k.

klinik-laborator anjomlar bilan ishlash

40


7.

Talabalarning o’zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muҳokama qilish, mustaҳkamlash va mashg’ulot maqsadiga erishilganlik darajasini ҳisobga olgan ҳolda guruҳ faoliyatini baҳolash

og’zaki so’rov, test, munozara-baҳs, amaliy ish natijalari­ni tekshirish

40


8.

Ushbu mashg’ulot bo’yicha o’qituvchining xulosasi, ҳar bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo’yicha baҳolash va e`lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to’plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar



20



10. Tekshiruv savollari

1. Tizimli qizil bo’richaning qanday kasallik?

2. Tizimli qizil bo’richaning etiologiyasi qanday?


  1. Tizimli qizil bo’richaning patogenezi?

  2. Tizimli qizil bo’richaning tasnifi?

  3. Tizimli qizil bo’richaning klinik manzarasi?

  4. umumiy ko’rik, paypaslash, tukillatish va eshitish ko’rsatkichlari?

  5. laborator-instrumental xulosalar?

  6. Tizimli qizil bo’richani tashxislash usullari?

  7. Tizimli qizil bo’richaning qiyosiy tashxisi?

  8. Tizimli qizil bo’richaning davolashning asosiy printsiplari?

  9. Tizimli qizil bo’richaning kechishi, prognozi?

  10. Reabilitatsiya va profilaktik chora-tadbirlar?


11. Tavsiya etilgan adabiyotlar

АDАBIYOTLАR:


АSОSIYLАRI:
1. Ichki kаsаlliklаr. Bаbаjаnоv S.N., Tоshkеnt,2008 yil.

2. Ichki kаsаlliklаr. Shаrаpоv U.B. 1994 gg. 2003 gg.

3. Vnutrеnniе bоlеzni pоd rеd. Mаrtinоvа А.,I., Muхinа N.,А, Mоisееvа А.S., M, Mеdisinа, 2004 g

4. Vnutrеnniе bоlеzni. Pоd rеd Mаrtыnоvа i Muхinа. – Mоskvа, 2008 g.

QO’SHIMCHА АDАBIYOTLАR:

1.Diаgnоstikа bоlеznеy vnutrеnniх оrgаnоv. А.N.Оkоrоkоv. Mоskvа 2005g.

2.Lеchеniе bоlеznеy vnutrеnniх оrgаnоv. А.N.Оkоrоkоv. Mоskvа, 2005 g

3. http://.www.med-site.narod.ru/index.htm

Описание, диагностики, лечение заболеваний. Фармацевтика, анатомия.

4. http://www.recipe.ru

Медицина: информационные ресурсы, базы данных.

5. http://www.vh.org

Один изсамых позновательных медицинских сайтов.

6. http://www.meddean.luc.edu



Энциклопедия обследования больного со множеством иллюстрации, краткое описание болезней, тестирование.

  1. http://embbs.com

  2. Истории болезни, обучение, атлас по ЭКГ и др.




Yüklə 176,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin