Tovarning nafliligi va qadr-qiymati to'G'risidagi nazariyalar. Kirish



Yüklə 65,98 Kb.
səhifə1/7
tarix26.07.2023
ölçüsü65,98 Kb.
#137510
  1   2   3   4   5   6   7
Tovarning nafliligi va qadr-qiymati to\'G\'risidagi nazariyalar. K-fayllar.org


Tovarning nafliligi va qadr-qiymati to'G'risidagi nazariyalar. Kirish

TOVARNING NAFLILIGI VA QADR-QIYMATI TO'G'RISIDAGI NAZARIYALAR.
Kirish
  1. Tovar narxi va uning nafliligi tushunchasi.


  2. Naflilikning nazariy asoslari va turlari.


  3. Tovar nafliligining talabga ta'siri.


  4. Tovar qiymatining miqdori va unga ta'sir etuvchi omillar.




Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish
Tovar — ishlab chiqarish. Iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. Tovar bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. Tovar faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. Tovar shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda Tovarning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.
Tovarlarning isteʼmol qiymati ularning boshqa tovarlar bilan almashtirish imkonini beradi. Shuning uchun tovar ishlab chiqaruvchilarni tovarning almashuv qiymati qiziqtiradi. Tovarlarni sotishdagi ularning narx koʻrsatkichi almashuv qiymatini koʻrsatadi. Tovarning almashuv qiymati — biror turdagi isteʼmol qiymatning boshqa turdagi isteʼmol qiymatga ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatdir. Tovarlarning almashuv qiymatiga qarashlarda turlicha taʼlimotlar mavjud boʻlib, ulardan biri "qiymatning mexnat nazariyasi" deb nom olgan. Bu nazariya asoschilari A.Smit, D. Rikardo, U.Petti va boshqa fikricha, tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi — ogʻirligi, shakli, hajmi kabilar almashuv qiymatiga asos boʻla olmaydi, uning asosini tovarga sarflangan mexnat, almashishning zarur shartini esa ayirboshlanadigan tovarning har xil isteʼmol qiymatlari (xususiyatlari) tashkil etadi. Lekin har xil tovarlarning isteʼmol qiymati sifat jihatidan turlicha boʻlishi mumkin. Bu qarash tarafdorlarining fikricha, tovarlarni miqdor va sifat jihatlardan solishtirish, yaʼni barobarlashtirish asosi faqat unga sarflangan mehnat boʻlishi mumkin. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashkil qiladi.
Avstriya iqtisodiyot maktabi namoyandalari fikricha, ayirboshlash mutanosib tovarlarning isteʼmol uchun qay darajada foydaliligi, yaʼni nafliligi (qarang Naflshshk) bilan belgilanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida tovarda gavdalangan mexnat va uning nafliligi Tovar qiymatini vujudga keltiradi.Tovar-pul munosabatlarini tushunishda tovarning mazmunini, uning xususiyatlarini bilish muhim ahamiyatga egadir. Tovarga ta`rif berishda ham iqtisodchilar tomonidan turlicha yondoshuvlar mavjud. Jumladan, E. F.Borisov ta`rifiga ko’ra «Tovar – bu bozorda boshqa tovarga ekvivalent asosida ayirboshlashga mo’ljallangan, mehnat orqali yaratilgan ijtimoiy naflikdir». Bundan ko’rinadiki, u tovarga inson mehnati mahsuli sifatida qaraydi. Bir qator olimlarning fikrlari asosida ta`kidlash mumkinki, tovar - bu biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo’lgan ayirboshlash uchun yaratilgan mehnat mahsuli. Yoki, boshqacha aytganda, tovar biron-bir naflilikka (iste`mol qiymatga) va almashuv qiymatiga ega bo’lgan, bozor uchun ishlab chiqariladigan mahsulot yoki xizmatlardir. Demak, tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste`mol qiymatga va almashuv qiymatlariga ega. Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali, naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron–bir ehtiyojini qondiradi. Shuningdek, iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degan tushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi. Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordagi naflilikka aytiladi. Tovarning ikki xil xususiyatga ega bo’lishiga sabab tovar ishlab chiqaruvchi mehnati tabiatining ikki tomonlamaligidadir. Bir tomondan, bu – muayyan turdagi aniq mehnatdir.
Xo’sh, uning o’ziga xos xususiyati nimada? Bu xususiyat shundaki, tovar ishlab chiqarish sharoitida mehnatning ijtimoiy tavsifi yashiringan bo’ladi. Mehnat faqat ayirboshlash sohasida, ya`ni o’zi amalga oshib bo’lganidan keyin ijtimoiy xususiyatni namoyon etadi. Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizm maktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Har bir tovar ma`lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’z ehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya`ni tovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiy naflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriy naflilikni, ya`ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamda shu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlarga ayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisini qiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nomini oladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqol ko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’plab ne`matlar masalan, buloq suvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma`lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doim ham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne`matlar o’sha joyning o’zidan olinib, iste`molchi tomonidan iste`mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne`matlar tovar bo’lishi uchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma`lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur. Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste`moli uchun emas, balki boshqalarning iste`moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural–buyum va ijtimoiy–iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi. Almashuv qiymati nimaga asoslanadi: Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari1 hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shu sababli ular ma`lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og`irligi, hajmi, shakli va shu kabilar umumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi. Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligi hisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo’lib, ular miqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron-bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiy narsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir. Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g`risida bormaydi. Bu turlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste`mol qiymatlarining xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya`ni inson kuchi, miyasi, mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnati mahsuli sifatida tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashgan ijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlaganda ko’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya`ni iste`mol qiymatlarini ayirboshlash nisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Tovarning o’zi esa ikki tomon - naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir. Tovar nafliligi degani bu — moddiy va maʼnaviy neʼmatlar, tovarlarning oʻz xususiyatlariga koʻra, ehtiyojlarni qondirish xossasi, tovarlar va xizmatlarni isteʼmol qilishdan har bir shaxs ola-digan muayyan qoniqish. Iqtisodiy nazariyaning asosiy tushunchalaridan biri. Naflilik darajasi — subyektiv tushuncha, u shaxsning manfaati, u yoki bu neʼmatga intilishiga bogʻliq. Neʼmatlarning inson uchun muhimligi va ahamiyati ularning inson uchun nafliligiga — ular qondiradigan ehtiyojlarning ehtiyojlar tartibidagi oʻrniga, darajasi va ahamiyatiga bogʻliq. Har qanday neʼmatlarning Naflilik darajasi uning tabiiy xossalariga, sifatiga bogʻliq. Mahsulot nafliligi oʻsishi uchun uning tabiiy va sunʼiy yaratilgan xossalari sifatini yaxshilash lozim. Umumiy naflilik — isteʼmol qilinadigan boyliklarning barcha tarkibiy qismlari boʻyicha nafliligidir. Umumiy naflilik tovarlar guruhiga daxldor va kishilar talabini tez oʻzgartiradi.




  1. Yüklə 65,98 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin