Tuproqning kislotaliligi va ishqoriyligi.Tuproqning buferligi va uning ahamiyati.
Tuproq unumdorligi.
Tuproq paydo bo’lish jarayonlari natijasida turli tog’ jinslari minerallar va organik moddalarning to’xtovsiz maydalanishi va parchalanishi yuzaga keladi. Hamda tuproq tarkibida zarralar aralashmasi-dispyers sistema hosil bo’ladi.
Dispyers sistemadagi o’lchami 0,2 dan 0,001m(mikron)gacha bo’lgan zarrachalarga tuproq kolloidlari deyiladi.Tuproqning turli qattiq,suyuq va gazsimon moddalarni o’zida singdirishi yoki kolloidlar yuzasida ular konsentratsiyasini oshirish xossasiga tuproqning singdirish qobiliyati deyiladi. Tuproq kolloidlari asosan ikki yo’l: yirik zarralarning mexanik va kimyoviy nurab,maydalanishi va ionlarning kimyoviy yo’llar bilan birikishi(kondensatsiyasi) natijasida hosil bo’ladi.
Tuproq kolloidlari ham boshqa kolloidlar kabi ikki, ya’ni zol va gel holida bo’ladi. Natijada tuproqlarning fizik-suv, fizik mexanik xossalari yaxshilanadi.Demak tuproq kolloidlari bilan bevosita bog’liq bo’lgan koagullanish va singdirish jarayonlari dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega. Quyida tuproqning singdirish qobiliyati haqida batafsilroq to’xtab o’tamiz.
Tuproqda kechadigan singdirish jarayonlari o‘z tabiati bilan nihoyatda murakkab bo’lib,jumladan turli moddalarning zarrachalar yuzasida yutilib, ushlanib qolinishi yoki ularning bevo-sita singdirilmasligi kabi har-xil hodisalar yig’indisini o‘z ichiga oladi. Tuproqning singdirish qobiliyati turli kimyoviy, fizikaviy, fizik-kimyoviy va biologik jarayonlar ta’sirida ro’y beradi. Mexanik singdirish qobiliyati. Atmosfyera yoig’nlari va sug’orish suvlaridagi mayda loyqa zarrachalarining tuproq qatlamlarida to’lik yoki qisman ushlanib qolinishiga mexanik singdirish deyiladi.
O’rta Osiyoning qator daryolarning loyqa suvlari bilan (masalan, Amudaryo suvida loyqa ko’p bo’ladi) yerni sug’organda tuproqda mexanik singdirilish natijasida,loyqa bilan birga ko’plab ozuqaviy moddalar to’planadi va tuproq unumdorligi ham oshib boradi.
Biologik singdirish qobiliyati o’simliklar va tuproq mikroorganizmlarining xayot faoliyati bilan bog’liq, ya’ni o’simliklar rivojlanish davrida tuproq yeritmasidan o’ziga kyerakli moddalarni tanlab oladi va ularning organik moddalarga aylantirib, tuproqda, mustahkam ushlab koladi. Demak, biologik singdirish natijasida tuproqda o’simliklar uchun zarur oziqa moddalar, jumladan,azot to’planadi va tuproq unumdorligi yaxshilanib boradi.