Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari Reja
Kurs ishi mavzusi: Tuproqning oziq rejimi va uni boshqarish usullari
Reja:
Kirish
Asosiy qism
I bob Oziqaning o`simlik hayotidagi ahamiyati
Azotli, fosforli, kaliyli o`g`itlar
Mikroeelementlar
II bob Oziq moddalar balansi
2.1 Tuproq tasnifi
2.2 Ozuqa konsentratsiyasining o`simlik oziqlanishiga ta`siri
2.3 Tuproqda makro va mikroelementlar balansi
III bob Turoq oziqa rejimini boshqarish usullari
3.1 Havo orqali boshqarish
3.2 Namlik orqali boshqarish
3.3 Harorat orqali boshqarish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
Ilova
KIRISH
Oziq moddalar va suv tuproq unumdorligining asosiy elementlari hisoblanadi. O‘simliklarning oziq elementlarga talabchanligi ekinlarning turiga, naviga, hosildorligiga bog‘liq. O‘simliklarning bu sohadagi talabini qondirish dehqonchilikdagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Oziqlanish har qanday tirik organizmning, shu jumladan, o‘simliklarning ham o‘sish va rivojlanish asosidir. Tuproqdagi oziq moddalarni o‘zlashtirish miqdori ekinlarning turiga, naviga, hosiliga va ular o‘sayotgan sharoitga bog‘liq.
O‘simliklarning ildizi orqali oziqlanishi faqat yerga solinayotgan o‘g‘itlarga
emas, balki tuproq muhitiga, mikroorganizmlarning faoliyatiga, organik
moddalarning chirishiga va tuproqning suv, havo hamda issiqlik rejimini
yaxshilashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarning qo‘llanishiga ham bog‘liqdir.
O‘simliklarning oziqlanishi 3 xilga bo‘linadi: avtotrof, mikrotrof va bakteriotrof
usullar. Avtotrof oziqlanishda o‘simliklar tuproqdan suvda yerib oksidlangan
mineral tuzlarni o‘zlashtiradi. Oziqlanishning bu usuli o‘simliklar uchun asosiy
hisoblanadi.
Mikrotrof oziqlanish mikoriza yordamida sodir bo‘ladi. O‘simliklarning bakteriyalar yordamida oziqlanishi bakteriotrof oziqlanish deyiladi. Azot
tuproqdagi eng harakatchan va o‘simliklarning muhim oziq elementlaridan biri
hisoblanadi. O‘simliklar ildizi tuproqdagi azotni muhim oziqlanish manbalaridan
bo‘lgan nitratlar, (NO2, NO3 )dan va ammoniy tuzlari (NH4)dan o‘zlashtiradi.
Organik moddalarning parchalanib, ammiak hosil qilish proqessi ammonifikaqiya deb ataladi. Ammiakning oksidlanib, nitrat va nitrat kislotalarga
aylanish proqessinitrofikaqiya deyiladi.
Tuproqning oziq rejimiga va tabiiy xossalariga go‘ng bilan bir qatorda
oraliq ekinlar, ayniqsa dukkakdosh ekinlar, ko‘kat o‘g‘it sifatida dukkakli don
ekinlari ekish ayniqsa yaxshi ta’sir etadi. Tuproqning oziq rejimi va unumdorligi
unda sodir bo‘ladigan mikrobiologik jarayonlarga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Ya’ni
ayrim mikroorganizmlarning hayot faoliyati ta’sirida tuproqda o‘simliklar uchun
zarur bo‘lagan oziq moddalar to‘planadi.
Tuproqdagi turli mikroorganizmlar hayot faoliyati, ularni suv, havo va
issiqlik rejimlariga bog‘liq. Shuning uchun dehqonchilikda turli agrotexnik
tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish zarur. Bunda ayniqsa, yerlarga o‘z vaqtida
ishlov berish, organik-mineral o‘g‘itlar solish, almashlab ekish joriy qilish va
boshqa tadbirlar katta ahamiyatga ega.
I bob Oziqaning o`simlik hayotidagi ahamiyati
Dehqonchilikni kimyolashtirish — ekinlar hosildorligini oshirishning muhim vositasi, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirishning iqtisodiy jihatdan eng samarali yo‘lidir.
Jahon dehqonchiligi tajribasining ko‘rsatishicha, ekinlar hosildorligi tuproqqa kiritiladigan o‘g‘itlar miqdori bilan uzviy bog‘liqdir.
Ekinlardan olinadigan hosilning qariyb yarmi (ba’zi hollarda 60—70% i) mineral o‘g‘itlar hisobiga olinadi. Aksariyat ekinlarda o‘g‘it qo‘llash bilan bog‘liq
1 so‘mlik sarf-xarajat 2—3 so‘m bo‘lib hosil bilan qaytadi, g‘o‘zani o‘g‘itlashda esa bu ko‘rsatkich 8—9 so‘mni tashkil etadi.
O‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara tuproqiqlim sharoitlari, o‘g‘itlarni me’yori, muddati va yuksak agrotexnika tadbirlari asosida qo‘llash bilan uzviy bog‘liq. 1980 yilda dunyo bo‘yicha 111,7 mln. t mineral o‘g‘it
ishlatilgan bo‘lsa, XXI asrning boshlariga kelib, xalqaro amaliy tizimli tahlil instituti (IIASA) hisobi bo‘yicha 287 mln t, BMT qoshidagi Sanoat taraqqiyoti
tashkiloti (UNIDO) ma’lumoti bo‘yicha 307 mln. t mineral o‘g‘it tayyorlanadi. 2015—2020 yillarga kelib bu ko‘rsatkich 2—3 marta oshadi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda kishi boshiga 145 kg, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa atigi 23 kg mineral o‘g‘it to‘g‘ri keladi.
Tuproq unumdorligi va suv bilan ta’minlanganligi o‘g‘itlar samaradorligiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Sug‘orma dehqonchilik amalga oshiriladigan sharoitlarda azotli o‘g‘itlarning samaradorligi ancha yuqori. Azotning samaradorligiga tuproqning harakatchan fosfor va kaliy bilan ta’minlanganlik darajasi ham
ta’sir ko`rsatadi. Bu moddalar tuproqda kam bo`lgan holda azotning o‘zlashtirilishi keskin kamayadi. Tuproq harakatchan fosfor bilan qancha past darajada ta’minlansa (bo‘z tuproqdar ham shunday tuproqlar jumlasiga kiradi), qo‘llaniladigan fosforli o‘g‘itlar samaradorligining yuqori bo‘lishi kuzatiladi.
Kaliyli o‘g‘itlar mexanikaviy tarkibi yengil (qumli va qumloq) tuproqlarda yaxshi samara beradi. O‘rta va og‘ir qumoqli hamda soz tuproqlar kaliy bilan yuqori darajada ta’minlanganligi sababli ularda kaliyli o‘g‘itlardan olinadigan iqtisodiy samara bir muncha kuchsiz namoyon bo‘ladi.
Mahalliy o‘g‘itlar, xususan go‘ng, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. Tuproq harorati yuqori, namlik yetarli bo‘lgan sharoitlarda go‘ng yaxshi samara beradi. O`g‘itlardan foydalanishda joriy yil bilan bir qatorda o‘tgan yillardagi iqlim sharoitlarini ham hisobga olish lozim. Kuz faslida yog‘in-sochin kam bo‘lsa, azotli o‘g‘itlarning samaradorligi kamayadi va aksincha, fosforli o‘g‘itlarning samaradorligi oshadi. O‘g‘itlar, ayniqsa mahalliy o‘g‘itlar, tuproqdagi suv sarfini 10—20 % ga kamaytiradi. O‘z navbatida sug‘orish ham o‘g‘itlar samaradorligini oshiradi. O‘suv davrining ilk bosqichlaridagi past harorat o‘simliklarning azot va fosfor bilan me’yorida oziqlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Haddan tashqari yuqori haroratlarda ham o‘simliklarning me’yorida oziqlanish jarayoni buziladi.
O‘g‘itlarning samaradorligiga tuproqlarning mikrobiologik faoliyati ham o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi.
Azotli, fosforli, kaliyli o`g`itlar
Azot
Azot o`simliklar uchun zarur oziq elementlardan biridir. U barcha oddiy va murakkab oqsillar, nuklein kislotalar (RNK va DNK), xlorofill, fosfatidlar,
alkaloidlar, ayrim darmondorilar va fermentlar tarkibiga kiradi. O‘simliklar oziklanishida azot manbai bo’lib ammoniy (NH+4) va nitrat (NO-3) tuzlari xizmat qiladi. O`simliklar tomonidan azotning o‘zlashtirilishi bir qator murakkab jarayonlar asosida ketadi va ammiakning tegishli organik kislotalar ketoguruhi bilan hosil qiladigan aminokislotalardan sintezlanadigan oqsil
molekulasiga birikishi bilan yakunlanadi. Mazkur jarayonga aminlanish deyiladi.
Azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish asosida ammiak sintezi yotadi. Ammiak faqat ammoniyli tuzlarni emas, balki turli-tuman azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda
xom ashyo vazifasini o’taydi.
Sintetik ammiak quyidagi usulda olinadi:
N2+3H2=2NH3
Bu jarayon maxsus moslamalarda yuqori bosim va harorat (400— 500°C)da amalga oshiriladi. Ammiak olishda ishlatiladigan azot va vodorod turli aralashmalar (H2S, CO va boshqalar)dan xoli bo`lishi kerak.
Ammiakni oksidlab nitrat kislota olinadi. Zavodlarda nitrat kislota olish uchun sintetik ammiak hamda kislorod yuqori haroratda qizdirilgan katalizator ustidan o`tkaziladi va bunda quyidagi reaksiyalar sodir bo`ladi:
4NH3+ 502=4N0+6H20;
2NH3+ 302 = 2 HN02+2H20;
NH3+ 202 = HN03+H20;
4NH3+ 3 0 = 2 N 2+6H20.
Hosil bo‘lgan nitrat kislota konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida qayta haydalib, 96-98%li nitrat kislotaga aylantiriladi. Undan nitratli va ammiakli-nitratli o‘g‘itlar olishda foydalaniladi.
Hozirgi kunda quyidagi turdagi azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarilmoqda:
1. Ammiakli-nitratli o‘g‘itlar — ammiakli selitra, ammoniy-sulfat-nitrat.
2. Ammiakli o‘g‘itlar — ammoniy sulfat, ammoniy xlorid, ammoniy karbonat, suyultirilgan ammiak, ammiakli suv va ammiakatlar.
3. Nitratli o‘g‘itlar — natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra.
4. Amidli o’g`itlar — mochevina, kalsiy sianamid,
mochevina-formaldegidli o‘g‘itlar (MFO‘).
Oson eruvchan ammiakli selitra tuproq namligi ta’sirida to‘la eriydi. D.N. Pryanishnikov laboratoryasida o`simliklar tomonidan ammiakli selitra eritmasidan nitrat (N03) anioniga qaraganda ammoniy (NH4) kationini tezroq o‘zlashtirishi aniqlangan, shu sababli u fiziologik jihatdan nordon o‘g‘it hisoblanadi.
Ammiakli selitra tuproqning singdirish kompleksi (TSK) bilan o’zaro ta’sirlashganda, NH4 kationi tuproq kolloidlariga yutiladi, N03 anioni esa tuproq
eritmasida qolib, o‘z harakatchanligini saqlaydi. Serkarbonat tuproqlar uchun ammiakli selitra eng yaxshi azotli o‘g‘itlardan biri hisoblanadi.
Tarkibida N+ ionlari mavjud nordon tuproqlar (masalan, chimli podzol tuproq) eritmasida esa HN03 hosil bo‘ladi, natijada ularning nordonligi yanada
ortadi.
Nordonlikning ortishi vaqtinchalik mavqega ega, lekin tuproqqa muttasil yuqori me’yorda ammiakli selitra kiritilsa, nordonlik oshib boradi va o‘g‘itning samaradorligi sezilarli darajada kamayadi.
Nishonlangan atomlar usuli asosida azotli o‘g’itlar tarkibidagi azotning 40-50% i o`simliklar tomonidan o‘zlashtirilishi aniqlangan. Nitratli o‘g‘itlar tarkibidagi azotning 10-20% i, ammiakli o‘g‘itlar tarkibidagi azotning 20-40% i organik holatga o‘tishi va mos ravishda 20-30 va 15-20% i tuproqdan gazsimon
holatda yo‘qolishi aniqlangan.
Sintetik ammoniy sulfat oq rangli, koks-kimyoviy ammoniy sulfat esa, tarkibida organik aralashmalar bo‘lgani sababli kulrang, ko‘kimtir yoki qizg’ish tusda bo`lishi mumkin. Ammoniy sulfat kuchsiz gigroskopik, sochiluvchan, tarkibida 24% atrofida oltingugurt tutadi, qaysiki, o`simliklarning oziqlanishida o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Ammoniy sulfatning fiziologik nordon o‘g‘itligini quyidagicha izohlash mumkin. Birinchidan, o‘g’it tuproqqa tushgach, nitrifikaqiya jarayoniga uchraydi,
Tarkibidagi azot nitrat shakliga o‘tadi. Natijada nitrat kislota hosil bo‘ladi va sulfat kislota ajralib chiqadi.
Ikkinchidan, tuproqqa tushgan ammoniy sulfat tezda erib, ionlarga ajraladi. O‘simliklar S04anioniga qaraganda NH4 kationini tez va ko‘p miqdorda o‘zlashtiradi, natijada anionlar to‘planib, tuproqning nordonlashishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |