“Turkiy guliston yohud ahloq “ asrining ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatini ko`rsating
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq“ asari yuzasidan Keys topshiriqlarini bajarish.
Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yohud ahloq “ asaridan ta`lim-tarbiya jarayonida foydalanishga oid dars va tarbiyaviy tadbir ishlanmalari tuzish.
Tayanch tushunchalar Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati, asarlari va yaratgan darsliklari. “Turkiy guliston yohud ahloq “ asri, asarning ta`lim jarayonidagi ahamiyati
ADABIYOTLAR
Abdulla Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. —T.: O’qituvchi 1993
K.Hoshimov, S.Nishonova «Pedagogika tarixi» Darslik-T., Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti 2005 y.
Hasanboyeva, J.Hasanboyev, N.Homidov «Pedagogika tarixi» darslik-T.,O`qituvchi 1997 y.
O’zbek pedagogikasi antalogiyasi 1-2 t. (tuzuvchilar K.Hoshimov, S.Ochil. O’qituvchi, 1995-2000).
Mashg`ulotga tayyorgarlik ko’rish joyi:kutubxona.
Mashg`ulotni o’tish joyi: auditoriya.
Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad: Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati, asarlari va yaratgan darslilari bilan tanishish. “Turkiy guliston yohud ahloq “ asrini o’rganish, tahlil qilish va boshlang’ich ta`lim jarayonidagi ahamiyatini ko`rsatib berish
MASHG`ULOTNING BORISHI
1. Abdulla Avloniyning pedagogik faoliyati, asarlari va yaratgan darsliklari, “Turkiy guliston yohud ahloq “ asrining ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatini ko`rsating. Dastlab Avloniy hayoti va ijodiga qisqacha to`xtab o`tiladi. Taniqli o`zbek pedagogi va olimi Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida, mayda hunarmand- to`quvchi oilasida dunyoga keldi. O`ta iqtidorli bo`lgan Abdulla Avloniy 15 yoshida she'rlar yoza boshladi. Dastlabki she'rlari “Tarjimon” gazetasida bosiladi. U o`zining dastlabki she'rlarida va “Xijron” degan maqolasida xalqni yangi usul o`quv muassasalarida o`qib-o`rganishga targ`ib kildi. Abdulla Avloniy 1907 yilda “Shuxrat” va “Osiyo” nomli yangi gazetalar chikara boshladi, lekin chor amaldorlari tez orada gazetalarni yoptirib kuyadi. Abdulla Avloniy xalq orasida ilgor fikrlarni tarqatishda, ilm va ma'rifatni tashviq qilishda gazeta, jurnallarning roli g`oyat katta ekanligini yaxshi bilar edi. U 1907 yili “Shuhrat”, “Osiyo” nomli gazetalar chiqarib unga muharrirlik qiladi.
Abdulla Avloniy o`zbek xalqining san'ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta'limi ishlarini yo`lga qo`yishda katta xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste'dodli pedagogdir. A.Avloniy o`zbek ziyolilari ichida birinchilardan bulib, o`zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini tashkil kiladi.
1916 yili ozarbayjonlik mashxur aktyor Sidqiy Ruxillo Toshkentga kelib, “Turon” truppasi bilan birga “Layli va Majnun” spektaklini qo`yadi. Avloniy bu spektaklda Qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a'zolari bilan Avloniy 1014-1916 yillarda fargona vodiysida gostrollarda bo`ladi.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi o`quv muassasalar ochdi. O`quv muassasalardagi o`quv asbob- jihozlarini o`zgartirdi, o`z qo`li bilan doska va partalar yasadi. O`quv muassasasiga qabul qilingan tarbiyalanuvchilarning asosiy qismini kambagal kishilarning bolalari bo`lganligi uchun kiyim- kechak, oziq- ovqat, daftar- qalam bilan ta'minlash maqsadida, do`stlarining ko`magida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi va bu jamiyatga o`zi raislik qiladi. “Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “maktab kutubxonasi” nomli kitob do`konini ochdi. Avloniyning maktabi o`z oldiga qo`ygan maqsad va vazifalariga ko`ra mashg`ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o`z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktabidan farq qiladi. U o`z o`quv muassasasida tarbiyalanuvchilarga geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma'lumotlar beradi.
Abdulla Avloniyning pedagogikaga oid asarlari ichida “Turkiy guliston yoxud axloq” asari XX asr boshlaridagi pedagogik fikrlar taraqqiyotini o`rganish sohasida katta ahamiyatga molikdir.
“Turkiy guliston yoxud axloq” asari axloqiy va ta'limiy - tarbiyaviy asardir. Asarda insonlarni yaxshilikka chakiruvchi, yomonlardan kaytaruvchi bir ilm- axloq haqida fikr yuritiladi. Shu jixatlardan karaganda bu asar Yusuf Xos Xojibning “Qutadg`u bilig”, Nosir Xisravning “Saodatnoma”, Sa'diyning “Guliston” va “Bo`ston”, Jomiyning “Bahoriston”, Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, Ahmad Donishning “Farzandlarga vasiyat” asarlari shaqlidagi o`ziga xos tarbiyaviy asardir.
Ozbek pedagogikasi tarixida Avloniy birinchi marta pedagogikaga “Pedagogiya”, ya'ni tarbiyalanuvchi tarbiyasining fani demakdir, deb ta'rif berdi. Tabiiy, bunday ta'rif Avloniyning pedagogika fanini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. Abdulla Avloniy tarbiyalanuvchi tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to`rt bo`limga ajratadi: 1. “Tarbiyaning zamoni”. 2. “Badantarbiyasi”. 3.“Fikr tarbiyasi”. 4.“Axloq tarbiyasi” va bu haqida hamda uning ahamiyati to`g`risida fikr yuritadi.
“Tarbiyaning zamoni” bo`limida tarbiyani yoshlikdan berish zururligini, bu ishga hammani: ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi keraqligini ta'kidlaydi.
“Al-xosil tarbiya bizlar uchun yo hayot mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat- yo falokat masalasidur” deb uqtiradi, Avloniy.