Abdulla Avloniy 1878 yilning 12 iyulida Toshkentning Mergancha mahallasida to’quvchi oilasida tug’ildi. Otasi Miravlon asli qo’qonlik bo’lib, bo’zchilik bilan shug’ullangan. Abdulla 1885 yili O’qchidagi eski maktabga kirib, xat-savodini chiqargan, 1890 yili esa shu mahalladagi madrasada tahsil ko’ra boshlagan. Lekin oilaviy sharoit taqozosi bilan Abdulla 1891 yildan boshlab faqat qish kunlari uqib, boshqa fasllarda mardikorlik bilan shug’ullangan. Otasi vafotidan keyin, 22 yoshida oilaga boshliq bo’lib qolgan.
Avloniy 1894 yildan boshlab sher yozishga tutindi. XX asrning boshlaridan Orenburg, Qozon va Tiflisda chop etilgan gazeta va jurnallarni o’qishga kirishdi. 1904 yilda esa jadid to’dasiga azo bo’lib kirdi va Toshkentdagi dastlabki «usuli savtiya» maktabini ochgan Saidrasul Aziziydan o’rnak olib, Mirobodda shunday maktabni tashkil etdi.