Kirish Uglevodlar. Kartoshka tarkibida nima bor? Suvdan tashqari, kartoshka og‘irligining katta qismini ozroq yog‘, oqsil... va judayam koʻp uglevodlar (oʻrtacha kattalikdagi kartoshkada 37 gramm) tashkil qiladi.
Uglevodlarning baʼzilari shakar shaklida boʻladi. Bular kartoshka va uni tanovul qilgan insonni energiya bilan taʼminlaydi. Kartoshka uglevodlarining baʼzilari, shuningdek, kartoshkaning hujayra devorlariga struktura beruvchi sellyuloza polimerlari tola shaklida boʻladi. Uglevodlarning aksariyati kraxmal koʻrinishida boʻlsa-da, glyukoza molekulalari bogʻlangan uzun zanjirlar energiya manbasi boʻlib xizmat qiladi. Biz fri, chips, qoʻrda yoki boshqa turli usullarda pishirilgan kartoshkani tanovul qilganimizda oshqozon-ichak traktidagi fermentlar uzun glyukoza zanjirlarida ishga kirishib, ularni tanamiz hujayralari uchun kichikroq shakarlarga parchalaydi.
Uglevodlar uglerod, vodorod va kisloroddan tashkil topgan biologik molekulalar boʻlib, ular bitta suv molekulasiga nisbatida boʻladi. Bu tarkib uglevodlarga ularning nomini bergan: ular uglerod (carbo-) va suv (-hydrate)dan tashkil topgan. Uglevod zanjirlari turli uzunlikda boʻladi va biologik jihatdan muhim sanalgan bu uglevodlar quyidagi uchta kategoriyaga boʻlinadi: monosaxaridlar, disaxaridlar va polisaxaridlar. Bu mavzuda biz uglevodlarning har bir turini va shu bilan bir qatorda ularning insonlar va boshqa organizmlardagi muhim boʻlgan energetik va strukturaviy ahmiyatini oʻrganamiz1.
Uglevodlar 2 katta guruhga: monosaxaridlar va polisaxaridlarga boʻlinadi. Polisaxaridlar esa shakarsimon (oligopolisaxaridlar) — disaxaridlar (biozalar), trisaxaridlar, tetrasaxaridlar va noshakarsimon polisaxaridlardan iborat. Ular oddiy U. (monosaxaridlar yoki monozalar) va murakkab U. (polisaxaridlar yoki poliozalar) deb ham ataladi. Mono va oligosaxaridlar — mol. Massasi uncha yuqori boʻlmagan suvda yaxshi eriydigan moddalar. Noshakarsimon U. Ning molekular. Massasi yuqori, eritmalari faqat kolloid holida mavjud boʻladi. Noshakarsimon Uglevodlar. (kraxmal, selluloza) katta miqdordagi monozalar molekulasidan tuzilgan.
Monozalar tuzilishi qator reaksiyalar yordamida aniqlangan, glyukoza vodorod yodid HI bilan qaytarilganda 2-yodgeksan hosil qilishi, yengil sharoitlarda glyukoza oksidlanganda glyukon kislotaga aylanishi, atsillanganda va alkillanganda 5 ta gidroksil guruhi mavjud boʻlishi inobatga olinadi. Fruktozada glyukozadagi aldegid guruhi oʻrnida keton guruhi boʻladi. Oddiy U. Ga taalluqli monosaxaridlar suvda yaxshi eriydigan optik faol kristall moddalar bo’lib, aksariyati shirin, qaytaruvchilik xossasiga ega. Koʻp atomli aldegid va ketonospirtlar (koʻpincha ichki siklik yarimatsetal shaklda) hisoblanadi. Bularga mansub oligosaxaridlar esa glikozid bogi bilan bogʻlangan 2—10 monosaxariddan iborat. Disaxaridlarga kiradigan saxaroza, tregaloza, laktoza tabiatda keng tarqalgan. Oligosaxaridlarning koʻp sonli glikozidlari (fiziologik faol moddalar) tibbiyotda qoʻllanadi. U sanoat va xalq xoʻjaligi, farmatsevtika va tibbiyot, oziq-ovqat sanoati va boshqa sohalar uchun xam muhim xom ashyo manbaidir. Bijg’ish mahsulotlari, o’nlab xil kislotalar, dori-darmonlar, toʻqimachilik sanoatining asosiy xom ashyolari — sellyuloza, qogʻoz, tolalar, plastmassalar ham U.dan foydalanib tayyorlanadi. Portlovchi moddalar, kinotasmalar, pergament, gummiarabik va boshqa ham shular jumlasiga kiradi2.