Urganch davlat universitetining tabiiy fanlar fakulteti «ekologiya va hayot faolyati xavfsizligi» kafedrasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə1/6
tarix17.05.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#115769
  1   2   3   4   5   6
Barqaror rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammiti


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETINING
TABIIY FANLAR FAKULTETI
« EKOLOGIYA VA HAYOT FAOLYATI XAVFSIZLIGI» KAFEDRASI

Barqaror rivojlanishfanidan


KURS ISHI
MAVZU Barqaror rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammiti


Guruh: - Ekologiya
Bajardi:
Qabul qildi: Sattorova F

Urganch - 2023
Mavzu Barqaror rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammiti

Kirish
l .Asosiy qismi
1.1 Barqaror rivojlanish konsepsiyasi mazmuni va mohiyati
1.2 barqaror rivojlanish boʻyicha qabul qilingan xalqaro aktlar
1.3 barqaror rivojlanish boʻyicha Butunjahon sammitining mazmuni
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Barqaror rivojlanish maqsadlari – bu dunyoda iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik vaziyatni har tomonlama yaxshilash orqali butun insoniyatning hayot tarzini yaxshilash va turmush farovonligini oshirishga, adolatli va barqaror jamiyat qurishga qaratilgan global chaqirigʼidir. Barqaror rivojlanish sohasidagi turli mamlakatlarning tajribasi juda katta farq qilganligi sababli, 2030 yil kun tartibining barcha maqsadlari va tegishli vazifalari umumiy, universal shaklda shakllantirilgan va qoida tariqasida aniq miqdoriy maqsadlar mavjud emas.
Har bir mamlakat BRMni lokalizatsiya qilishi, yaʼni 2030 yilga moʼljallangan kun tartibidagi 169 ta vazifadan oʼzining rivojlanish ustuvorligi va moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, milliy rivojlanish maqsadlarini ishlab chiqishi belgilangan. Mamlakatlar ushbu maqsadlarni oʼzining milliy sharoitlariga moslashtirishi, har bir vazifaga tegishli statistik koʼrsatkichlar uchun miqdoriy koʼrsatkichlarni aniqlashi hamda vazifalar va aniq miqdoriy koʼrsatkichlarni milliy strategik hujjatlarda belgilashi kerak.
Bugungi kunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy Departamentida Barqaror Rivojlanish Maqsadlari bo'limi (DSDG) BRMlar va ular bilan bog'liq tematik masalalar, shu jumladan suv, energetika, iqlim, okeanlar, urbanizatsiya, transport, fan va texnologiyalar uchun moddiy yordam ko'rsatish va salohiyatni oshirish bo'yicha ishlarni ta'minlaydi.
Oʼzbekiston ham 2015 yilning sentabr oyida BMT Sammitida eʼlon qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlarining milliy darajada bajarilishi boʼyicha shartlarini qabul qildi va 2030 yilgacha boʼlgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni belgilab oldi. Qaror asosida 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun 16 ta Barqaror rivojlanish milliy maqsadlari hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan 125 ta vazifalar tasdiqlandi. 841-son qarori qabul qilinib, har bir yo‘nalish bo‘yicha masʼul vazirlik va idoralar belgilandi. Shuningdek, hukumat darajasida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʼrinbosari rahbarligida idoralararo Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzildi va milliy BRMlarni amalga oshirish uchun tegishli «yoʼl xaritasi» qabul qilindi. BRM koʼrsatkichlari boʼyicha maʼlumotlarni monitoring qilish maqsadida sayti ishga tushirildi. Ushbu platforma mamlakatdagi BRMga erishishda mavjud vaziyat toʼgʼrisida maʼlumot toʼplash va umumlashtirish uchun yagona markaz hisoblanadi.


  1. Qashshoqlikning barcha shakllariga barham berish

  2. Ochlikni tugatish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oziqlanishni yaxshilash hamda qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish.

  3. Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish.

  4. Barchani qamrab oluvchi, teng huquqli hamda sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish..

  5. Gender tengligini ta’minlash, barcha ayol va qiz bolalarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish.

  6. Barcha uchun xavfsiz suv zaxiralari va sanitariya vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

  7. Barcha uchun energiyaning arzon, ishonchli, barqaror va zamonaviy manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash.

  8. Keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o‘sish hamda barcha uchun bandlik va munosib mehnat qilish imkoniyatlarini ta’minlashga ko‘maklashish.

  9. Mustahkam infratuzilma yaratish, keng sanoatlashgan va innovatsiyalar bilan boyitilgan tizim joriy etilishiga ko‘maklashish.

  10. Bugun insoniyatning tabiatga nisbatan salbiy munosabatlari oqibatlariga guvoh bo’lib turibmiz. Uzoq yillar mobaynida tabiatga yetkazilgan ta’sir oqibatida tabiiy muvozanatga putur yetdi. Bugungi kunga kelib esa, insoniyat tamadduni, uning ertangi taqdiri aynan shunday masalalarni hal etishni taqozo qilmoqda. Ayni chog’da ekologik muammolarni hal etishda tejamkor, ekologik toza texnologiyalarni joriy qilish, tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini izchil olib borish yoki sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish borasidagi sa’y-harakatlar ularni hal etishda yetarli emasligini ko’rsatmoqda. Aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, atrof-muhitga oqilona munosabatda bo’lish, tabiat ne’matlarini kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash hissini shakllantirish antropogen ta’sirlarning oldini olishda asosiy omillardandir. Bunda ekologik ta’lim-tarbiyaning ahamiyati ham nihoyatda yuqori.



  1. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha jabhalar qatorida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasida to’laqonli huquqiy-me’yoriy baza yaratildi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi qonunlar hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, boshqa qator hujjatlar ekologik ta’lim tarbiya tizimining huquqiy asosini tashkil etadi. Ta’kidlash joizki, “Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishish uchun barcha turdagi ta’lim muassasalarida ekologiya fanini o’qitishning majburiyligini ta’minlash mustahkamlab qo’yilgan. Shubhasiz, atrof-muhit musaffoligiga erishish va ekologik muammolarning oldini olishda aholining, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlodning ekologik madaniyatini oshirish muhim ahamiyatga ega.

  2. “O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA EKOLOGIK TA’LIMNI RIVOJLANTIRISh KONЦEPЦIYaSINI TASDIQLASh TO’G’RISIDA”gi 27.05.2019 yildagi 434-son O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorining “Oliy ta’lim tizimida ekologik ta’limni takomillashtirish” ga oid 6-bobida  Oliy ta’lim tizimining bakalavriat va magistratura bosqichlarida ekologiya va atrof muhit muhofazasi bo’yicha tegishli o’quv fanlari mazmuni kuchaytiriladi va qo’shimcha mavzular bilan boyitilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, Noekologik yo’nalishlarda tegishli o’quv fanlariga ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid mavzular kiritiladi hamda ilm-fanda erishilgan yutuqlar, ekologiya va atrof muhit muhofazasiga oid yangi texnologiya va tadqiqotlar asosida muntazam yangilanib borilishi ta’kidlangan.

  3. Shu maqsadda Toshkent davlat iqtisodiyot universteti bakalavriat bosqichi talabalariga “Ekologik menejment”, “Atrof muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” va “Ekologik turizm” singari fanlar xam o’qitilib kelmoqda.

  4. Universitet 90 yilligi arafasida mualliflar I.Xotamov, M.Sultonov, A.Yadgarovlarning “Atrof – muhit va tabiiy resurslar iqtisodiyoti” darsligi chop etildi.

  5. Darslikda atrof-muhit muammolari, atrof-muhitni qadrlash, resurslarni taqsimlash: vaqt davomiyligi va qazib olish narxi, energiya bo’yicha qayta tiklanadigan manbaalardan foydalanish, suv resurslaridan samarali foydalanish, yerdan oqilona foydalanish, biologik resurslar va alohida muhofaza qilinadigan hududlar, umumiy hovuz resurslari va baliqchilik, ekotizim tovarlari va xizmatlari, tabiatga tahdid solish, ifloslanishni boshqarish iqtisodiyoti, umumiy nuqtai-nazar, havoning mahalliy va mintaqaviy ifloslanishi, oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo’jaligini rivojlantirish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish to’g’risida ma’lumotlar berilgan.

  6. Darslik oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimi asosida tahsil oluvchi barcha ta’lim yo’nalishi talabalari, ilmiy-tadqiqot bilan shug’ullanayotgan tadqiqotchilar hamda sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishlari uchun xizmat qiladi degan umiddamiz.

  7. Shuningdek, Shonazarova Gulora Baxtiyarovnaning “Ekologik menejment” darsligi chop etildi. “Ekologik menejment” dolzarb ekologik ilmiy-amaliy vazifalarning maqbul yechimini topishga yo’naltirilgan zamonaviy fanlardan biri.

  8. Bu fan talabalarni globalizasiya sharoitida iqtisodiy-ekologik hayotni boshqarishning murakkab va tez o’zgaruvchan xususiyatlarini tog’ri tushunib olishiga, ushbu sohada xilma-xil axborotlarni tahlil qilishni o’rgatishga, ekologik boshqaruvning hozirgi ilmiy-amaliy darajasi bilan tanishtirishga yo’naltirilgan.

  9. Mamlakatlararo va ichki tengsizlik darajasini qisqartirish.

  10. Shahar va aholi yashash joylarining ochiqligi, xavfsizligi, mustahkamligi va ekologik barqarorligini ta’minlash.

  11. Oqilona iste‘mol qilish va ishlab chiqarish modellariga o‘tishni ta’minlash.

  12. Iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor choralar ko‘rish.

  13. Barqaror taraqqiyot yo‘lida okeanlar, dengizlar va dengiz zaxiralarini asrash va ulardan oqilona foydalanish.

  14. O‘rmonlardan oqilona foydalanish, cho‘llashishga qarshi kurashish, yer tanazzuli holatlariga chek qo‘yish va yer unumdorligini qayta tiklash hamda biologik xilma-xillikning yo‘qolib ketish xavfini bartaraf etish.

  15. Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida tinchliksevar va ochiq jamiyatlar qurilishiga ko‘maklashish, barcha uchun odil sudlov imkoniyatidan foydalanishni ta’minlash va barcha darajalarda samarali, hisobdor va keng ishtirokka asoslangan muassasalarni tashkil etish.

  16. Barqaror rivojlanish manfaatlari yo‘lida global hamkorlikni faollashtirish.

BRMga erishish boʻyicha ishlar 2016-yil 1-yanvardan boshlanishi va 2030-yilning 31-dekabriga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Biroq, ilgari tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida ishlab chiqilgan ayrim vazifalar 2030-yil yakunidan avval ham hal qilinishi kutilmoqda. BRMga erishish quyidagi qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi deb taxmin qilinadi

  • Mamlakatlar mustaqil ravishda barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘z strategiyalari, rejalari va dasturlarini ishlab chiqadilar. SDG mamlakatlarga oʻz rejalarini global majburiyatlari bilan muvofiqlashtirish imkonini beruvchi etalon boʻlib xizmat qiladi.

  • Barqaror rivojlanish boʻyicha yuqori darajadagi siyosiy forumda har yili BRMga erishish bo'yicha yutuqlar tahlili asosida kelgusidagi chora-tadbirlar belgilanadi.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin