Andijon aglomeratsiyasida urbanizatsiya jarayonlari



Yüklə 32,75 Kb.
tarix20.04.2023
ölçüsü32,75 Kb.
#100915
yangi


ANDIJON AGLOMERATSIYASIDA URBANIZATSIYA JARAYONLARI
Abdurahmonova Hilola Lutfillaxanovna
ADU 2-kurs magistranti
e-pochta manzili:abdurahmonova78@gmail.com
Annotatsiya: Urbanizatsiya - bu aholining o'sishi va ish, ta'lim va yaxshi turmush darajasini izlayotgan odamlarning shaharlar tomon harakatlanishi jarayoni. Urbanizatsiya jarayoni dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan, O‘zbekistonda ham kuzatilgan. Andijon aglomeratsiyasi Oʻzbekistonning urbanizatsiyalashgan shaharlaridan biri boʻlib, hududda urbanizatsiya tez surʼatda rivojlanmoqda. Ushbu tezisda O'zbekistonning Andijon aglomeratsiyasidagi urbanizatsiya jarayonlarini muhokama qilinadi.
Kalit so’zlar:aglomeratsiya, urbanizatsiya, migratsiya, aholi zichligi, infratuzilma, bufer,yo’ldosh shaharlar
URBANIZATION PROSSES IN ANDIJAN AGGLOMERATION
Urbanization is the process of population growth and movement towards the cities by people seeking employment opportunities, education, and a better standard of living. The process of urbanization has been witnessed in many countries in the world, including Uzbekistan. Andijan agglomeration is one of the urbanized cities in Uzbekistan, with a fast rate of urbanization in the area. This essay seeks to discuss the urbanization processes in Andijan agglomeration, Uzbekistan.
Key words: agglomeration, urbanization,migration, population density, infrastructure, buffer, satellite cities
Urbanizatsiya mamlakatlar iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasini ko’rsatib beruvchi ko’rsatkichlardan biridir. Urbanizatsiya (lotincha-urbanus-shaharga mansub,urbs-shahar) jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi,shaharlar va shahar aholisi salmog’ining o’sishi, shaharlar aglomeratsiyasining tarkib topishi va rivojlanishidir. Umumiy olganda esa shahar turmush tarzi va madaniyatining keng yoyilishi hisoblanadi. Urbanizatsiyaning rivojlanishi ijobiy tomonlari bilan birga salbiy jihatlari ham bor. Shuning uchun urbanizatsiya bilan bo’g’liq muammolar hozirgi davrning eng dolzarb masalalaridan biriga aylanib ulgurdi.
O’zbekiston jumladan, viloyatda sanoatning rivojlanishi tufayli viloyat aholisining shahar va qishloq o’rtasida taqsimlanishida muhim ijobiy siljishlar yuzaga keldi va shahar aholisining salmog’i ancha tez o’smoqda. Masalan: Andijon viloyatida shahar aholisi 1959 yilda 174 ming kishi yoki viloyat aholisining 22,6% tashkil qilgan, 1979 yilda 387 ming kishi yoki 28,7% i, 1989 yilda 559 ming kishi yoki 32,3%, 1999 yili 646,5 ming kishi – 30,0%, 2004-yil 687 ming yoki 29.8 % , 2009-yil 1338.9 ming yoki 53.6 %, 2010 yili 1380,5 ming kishi yoki 53,2% ,2022 yili 1 699 ming kishi, bo’lib, viloyat aholisining 52,2% ini tashkil qildi. Natijada shahar aholisi salmog’i 24% dan 32,3 % ga ko’tarildi. Lekin 1993-2008 yilgacha shahar aholisining o’sishi bir oz pasaydi. 2008 yil Respublikada urbanizatsiya 37 % ni tashkil qilgan holda Andijon viloyatida atiga 29 % ga teng bo’lishi muayyan sabablar bilan tavsiflanadi. Ulardan eng asosiylari viloyatda sug’orma intensiv dehqonchilikni ustunligi, sanoatning yaxshi taraqqiy etmaganligi, tub millat vakillari qishloqlarda yashashni afzal ko’rishi urbanizatsiya darajasini unchalik yuqori bo’lmasligiga olib keldi. Lekin sug’orma dehqonchilik ustun bo’lgan viloyat uchun urbanizatsiya darajasini past deb baholash bir oz noto’g’ri bo’ladi.
Viloyat shaharlari ichida Andijon shahri alohida ajralib turadi. Andijon viloyatining ma’muriy, sanoat, madaniyat, ilm–fan o’quv markazi bo’lib, bu shahar O’zbekistondagi qadimgi shaharlardan hisoblanadi.
Andijon shahri Andijon aglomeratsiyasining yadrosi hisoblanadi. Andijon shahar hududi yer maydoni 0,07 ming kv.kmni tashkil etib, aglomeratsiyani talab etadi,chunki aholi zich joylashgan. Shaharda 83 ta mahalla fuqarolar yig’ini, 74 mingta xonadon, 109,2 mingta oila mavjud. Andijon shahrida 2019-yilda jami aholi soni 434 ming kishini, 2020-yilda esa 441,7 ming kishini tashkil etgan. 2021-yilning 1- yanvar holatiga jami doimiy yashaydigan aholi soni 450 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 8,3 ming kishiga yoki 1,9 % ga o’sgan. 2022-yilga kelib, shahar aholisi 458,5 ming kishiga ko’paygan bo’lib, aholining yashash tarziga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Aholi zichligi 1 kv.kmga 2021 yilda 6429 kishiga to’g’ri kelgan bo’lsa, 2022-yilda bu ko’rsatkich 6550 kishiga ko’paygani holda,shahar rivojlanishiga katta bosim o’tkazadi. 2020-yilda tug’ilganlar soni 11603 kishini tashkil qilib, 2019-yilga (10769 kishi) nisbatan 834 taga ko’paygan. Shunga mos ravishda tug’ilish koeffitsiyenti 26,0 promilleni tashkil etgan. 2020-yilda o’lganlar soni 2422 kishini tashkil qilib, 2019-yilga (2419 kishi) nisbatan 3 kishiga ko’paygan bo’lib, o’lim koeffitsienti 5,4 promilleni tashkil qilgan. 2020-yilda aholining tabiiy o’sishi avvalgi yilga nisbatan sezilarli o’sgan bo’lib, 1,5 promillega yetgan bo’lsa, 2018-yilga nisbatan esa 3,6 promillega ko’payganligini ko’rish mumkin. Buning asosiy sababi tug’ilish sonining ortganligi va o’lim darajasining kamayishi hamda aholi turmush darajasining muntazam ravishda ortib, aholiga zarur bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanganligi darajasining yaxshilanganligi, aholining salomatligini muhofaza qilish masalalarini hamda toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish yaxshi yo’lga qo’yilganligi ham ta’sir qilgan. Bu esa oilalarda serfarzandlikni keltirib chiqarib,oz navbatida aholini tabiiy o’sishini yuqori bo’lishiga olib keladi. Natijada shaharlarda urbanizatsiya jarayonini tez rivojlanishiga va tuman aholi manzilgohlarini vujudga kelishiga sabab bo’ladi va atrofda aholiga xizmat ko’rsatuvchi yangi-yangi infratuzilmalarni barpo bo’lishiga olib keladi. Bu esa aholining yashash tarzi bilan bog’liq bo’lgan ko’plab muammolarning yechimini topishga yo’naltirilgan davlat rejalarini,dasturlarini ishlab chiqishga va ularni ijrosni ta’minlashni talab qiladi hamda davlat va mahalliy byudjetdan ko’plab mablag’lar ajratishni,yangi investitsiyalarni jalb qilishni taqozo etadi. Aholi migratsiyasiga nazar soladigan bo’lsak, 2020-yilda shahar bo’yicha ko’chib kelganlar soni 1490 kishini,shu davr mobaynida ko’chib ketganlar soni esa 2376 kishini tashkil qilgan. Mos ravishda migratsiya qoldig’i minus 886 kishini tashkil etgan, 2019-yilning mos davrida minus 538 kishi bo’lgan. Bundan ko’rinadiki,Andijon shahrining aholisi faqatgina tabiiy ko’payish hisobiga ko’paymoqda.
Andijon aglomeratsiyasining eng katta va istiqbolli yo’ldosh shaharlaridan biri Asaka shahri hisoblanadi. Bu shahar 1938 yilda temir yo’lga yaqin Andijon-Farg’ona yo’li bo’yidagi yirik Asaka qishlog’i o’rnida Asaka shahri tashkil topgan. O’zbekiston avtomobil sanoati poytaxtiga aylangan shahar hisoblanadi.
Aholisining soniga ko’ra Shahrixon shahri viloyatning ikkinchi shahriga aylangan. Hozirgi vaqtda Shahrixon shahrida 100 mingdan ortiq kishi yashaydi. Tuman jami aholisining 28,3% ni, viloyat shaharlari aholisining 5% ni tashkil qiladi. Shuningdek, viloyatning yirik shaharlari ichida Poytug’-25,8 ming kishi, Paxtaobod-34,0 ming kishi, Jalaquduq-23.8 ming kishi, Xo’jaobod-20,1 ming kishi, Marhamat-20,1 ming kishi salmoqli o’rin tutadi.
Andijon viloyatida hozirgi zamon urbanizatsiyaning muhim formasi – shaharlar aglomeratsiyasi – Andijon aglomeratsiyasi tarkib topmoqda. Aglomeratsiya tarkibiga Andijon, Asaka, Poytug’ shaharlari va Kuyganyor shaharchasi kiradi. U shimolda Poytug’ shahridan boshlanib, janubda Asaka shahrida tugaydi. Andijon aglomeratsiyasi monosentrik aglomeratsiya bo’lib, meridional yo’nalishda 30 km masofaga cho’zilgan. Andijon aglomeratsiyasida bugungi kunda salkam 450 ming kishi istiqomat qiladi.[1] Markaziy shahar qanchalik katta bo’lsa,uning ta’sir doirasi ham shunchalik keng bo’ladi.Odatda,uning aholi soni 100 mingdan ortganda aglomeratsiyalashuv uchun ko’proq imkoniyat vujudga keladi. Undan uzoqlashgan sari aholi zichligi va aholi manzilgohlari kamayib boradi, ular o’rtasidagi aloqalar ham susayadi. Aglomeratsiya chegarasi ko’pincha 50-60 ba‘zan esa 100-110 km li radiuslarga ham teng bo’lishi mumkin.[2]
Demak, yuqoridagi fikrlardan xulosa qiladigan bo’lsak, Andijon viloyatida urbanizatsiyaning keyingi bosqichlarni bosib o’tishi hamda shahar aglomeratsiyasining shakllanishi uchun o’ziga xos vaqtni,sharoitni talab etadi. Shahar aglomeratsiyasini shakllantirish shartlari quyidagilardan iborat:

  • aglomeratsiya doirasidagi hududiy tuzilmalar;

  • 2) aglomeratsiya doirasida mayatniksimon migratsiyalar;

  • 3) rivojlangan infratuzilmaning mavjudligi;

  • 4) aglomeratsiya aholisi turmush sifatini yaxshilaydigan sharoitlar;

  • 5) yagona ishlab chiqarish texnologiyalari va muhandislik-kommunikatsiya aloqalari tizimining mavjudligi;

  • 6) ilmiy va ishlab chiqarish salohiyatining mavjudligi;

  • 7) investitsion jozibadorlik;

  • 8) hududni innovatsion rivojlanirish uchun keng imkoniyatlar va boshqalar.

Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi bilan shahar aglomeratsiyasining qutblar tomon o’sishi, rivojlanish jarayoni yuzaga kelib, shahar kengayib yangi halqalar paydo bo’ladi. Bu jarayon bir qancha iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni kelib chiqishiga, jumladan, infrastrukturani tashkil etish va rivojlantirish muammosni yuzaga keltiradi. Shahar infrastrukturasi urbanizatsiya jarayonida o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular aholini turmush darajasini, yashash sharoitini, sivilizatsiyaning ko’rinishlarini belgilab nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyatga ega, balkim, ekologik ahamiyati ham muhim hisoblanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
[1] A. A. H. L. A. Isayev, “THE INFLUENCE OF THE TRANSPORT FACTOR ON THE DEVELOPMENT OF URBAN AGGLOMERATIONS OF THE FERGANA VALLEY,” DOI https//doi.org/10.37547/supsci-jgnr-02-02-02 J. Geogr. Nat. Resour., vol. 33, no. 1, pp. 1–12, 2022.
[2] Z. Respublikasi, O. Va, R. T. A. M. Ta, and L. I. M. Vazirligi, “O‘ zbekiston respublikasi oliy va o‘ rta maxsus ta`lim vazirligi,” vol. 1, pp. 1–75, 2010.
[3] Andijon viloyati statistika boshqarmasi. Andijon shahrining 2018-2020 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati to’g’risida axborotnoma.
Yüklə 32,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin