Ustoz otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘, Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘



Yüklə 28 Kb.
tarix21.09.2023
ölçüsü28 Kb.
#146369
ustoz qo\'shiq sh\'er


Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,
Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,
Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,
Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,
naqorat
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
T’azimdamiz ming bora, ustozlar sizga qulluq

Temur bosh qo‘ydi mangu ustozining poyiga,
Ustoz o‘xshar olamning Quyoshiga, Oyiga,
Bilim nuri yog‘ilar qadam qo‘ygan joyiga,
Yo‘llar adolat, vafo, muhabbat saroyiga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.

Ota-ona farzandni keltiradi dunyoga,
Ustoz esa cho‘mdirar ilmu hikmat, ziyoga,
Yerdagi bolalarni ko‘taradi samoga,
Ota-ona fanosin aylantirar baqoga,
Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.
Yüklə 28 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin