O'zbekiston Respublikasi Oliy va O'rta maxsus ta'lim
vazirligi
Urganch Davlat Universiteti
"Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi
"Uzluksiz ta'lim pedagogikasi" fanidan 1-kurs 216-guruh(sirtqi) maktabgacha ta'lim yo'nalishi
talabasi Palvanova Mohiraning
Oraliq nazorat savollarina javoblari
(2021-2022-o'quv yili)
(1-semestr)
14-bilet
1. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimi.
1991-yil O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishgan kundan boshlab jamiyatning barcha sohalarida
bo'lgani kabi ta'lim-tarbiya masalasiga va barkamol avlod tarbiyalashga katta etibor qaratdi.
1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. Shu qonun
va shu yili tasdiqlangan "Umumiy ta'lim maktablari to'g'risida muvoqqat Nizom" asosida ta'lim
islohotlari olib borila boshlandi. Oldingi qabul qilingan Qonunlardan ( 1930, 1949, 1958, 1973, 1984
) farqli xalq tizimi tuzilishining yangi tamoyillari joriy etildi:
- ta'lim-tarbiyaning insonlarvarligi va xalqchilligi;
- ta'lim tizimining uzluksiz va izchilligi;
- milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi;
- tayanch ta'lim ( 9 sinf ) ning majburiyligi;
- ta'lim standartlarini tanlashga yagona va tabaqalashgan yondashuv;
- chet tillar din tarixi va xalqimiz tarixini chuqur o'rganish;
- ta'lim muassasalarining turli siyosiy harakatlardan xoliligi kabi.
2. Tayanch tushunchalarni izohlang:
o'qitish, rivojlanish, maxsus ta'lim.
O'qitish - maxsus tarzda tashkil etilgan; o'quvchilarning bilim faoliyati, ko'nikma va malaklarini,
ta'lim faoliyati usullarini o'zlashtirishga qaratilgan bilish faoliyati.
O'qitish - o'quv jarayonida bolalarga bilim, ko'nikma va malakalar hajmini va ularni tarbiyalashga
qaratilgan kattalarning maxsus kasbiy faoliyati, o'qituvchining o'quv maqsadini ( ta'lim vazifalarini )
amalga oshirish va ma'lumot, xabardorlik va bilimlarni amalda qo'llashni ta'mishlash bo'yicha tartibli
faoliyati.
Maxsus ta'lim bu ajoyib qobiliyatlari yoki hissiy va aqli zaifliklari tufayli maxsus ta'limga ehtiyojlari
bor bo'lgan o'quvchi va talabalar uchun moslashtirilgan hamma uchun teng va inklyuziv ta'limni
rivojlantirish maqsadida tashkil qilingan ta'lim.
3. Keysni taxlil qiling:
" Dars jarayonida o'quvchilar bilan to'g'ri muloqot o'rnatilmadi. O'quvchilar o'zlarining o'qituvchisiga
nisbatan hurmatsizligi dars davomida yaqqol ko'zga tashlandi. Ana shunday jarayonda o'qituvchi
o'quvchilar bilan muloqotni qay tarzda tiklashi mumkin?"
Bu yerda eng avvalo o'quvchilar bilan muloqotni to'g'ri yo'lga qo'yib olish lozim. Bu uchun o'qituvchi
darsdan biroz chalg'ib o'quvchilarga o'zining o'quvchilik yoki talabalik davrida bo'lib o'tgan biror bir
voqeani aytib bersa ham bo'ladi. Bu voqea ayni vaziyatga yaqin bo'lmog'i kerak. Yoki o'quvchilar
bilan qandaydir psixologik kichik o'yin o'tkazsa ham bo'ladi. Bu orqali o'qituvchi va o'quvchilar
orasidagi hurmatsizlik bartaraf qilinadi deb o'ylayman.