V. O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy davlat tuzilishi. Sirdaryo viloyati.
Sirdaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1963-yil 16-fevralda tashkil etilgan. Shimolidan Qozogʻiston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi va gʻarbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 4.28 ming km. Aholisi 900 mingga yaqin kishi (2022). Tarkibida 8 tuman (Boyovut, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sayxunobod, Sirdaryo, Xovos, Sardoba) (tumanlar haqida alohida maqolalarga qarang, maye. Boyovut tumani), 5 shahar (Guliston, Baxt, Sirdaryo, Shirin, Yangiyer), 6 shaharcha (Boyovut, Dehqonobod, Doʻstlik, Paxtaobod, Sayxun, Xovos) va 75 qishloq fuqarolari yigʻini bor (2004). Markazi — Guliston shahri.
Tashkil qilingan yili :1963-yil 16-fevral
Maydoni : 4.28 ming km
Aholisi : 900 mingga yaqin kishi (2022).
Ma’muriy markazi : Guliston shahri.
Tumanlar soni : 8 tuman, 5 shahar, 6 shaharcha, 75 qishloq fuqarolari yigʻini