Toshkent viloyati



Yüklə 312,25 Kb.
səhifə1/11
tarix17.05.2023
ölçüsü312,25 Kb.
#115537
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Toshkent viloyati


Toshkent viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. Respublikaning shimoli-sharqida. 1938-yil 15-yanvarda tashkil kilingan. Shimoliy va shimoli-gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubidan Tojikiston Respublikasi, janubi-gʻarbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Maydoni (Toshkent shahri maydonisiz) 15,3 ming km². Aholisi (Toshkent shahri aholisisiz) 2.931 million kishidan ziyod (2022). Viloyat tarkibida 15 ta tuman (Bekobod, Boʻka, Boʻstonliq, Zangiota, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Chinoz, Yuqori Chirchiq, Yangiyoʻl, Oʻrta Chirchiq, Qibray, Quyi Chirchiq), 17 shahar (Angren, Bekobod, Boʻka, Doʻstobod, Keles, Olmaliq, Oqqoʻrgʻon, Ohangaron, Parkent, Piskent, Toshkent, Toʻytepa, Chinoz, Chirchiq, Yangiyoʻl, Yangiobod, Gʻazalkent), 18 shaharcha (Alimkent, Boʻzsuv, Gulbahor, Zafar, Iskandar, Krasnogorsk, Nurobod, Olmazor, Salor, Tuyaboʻgʻiz, Chigʻiriq, Chorvoq, Eshonguzar, Yangibozor, Yangi chinoz, Yangihayot, Oʻrtaovul, Qibray), 146 qishloq fuqarolari yigʻini bor. Markazi — Nurafshon shahri.
Hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]





Tuman nomi

Tuman markazi

1

Bekobod tumani

Zafar

2

Boʻstonliq tumani

Gʻazalkent

3

Boʻka tumani

Boʻka (shahar)

4

Chinoz tumani

Chinoz

5

Qibray tumani

Qibray

6

Ohangaron tumani

Ohangaron

7

Oqqoʻrgʻon tumani

Oqqoʻrgʻon (shahar)

8

Parkent tumani

Parkent

9

Piskent tumani

Piskent

10

Quyi Chirchiq tumani

Doʻstobod

12

Oʻrta Chirchiq tumani

Toʻytepa

13

Yangiyoʻl tumani

Gulbahor

14

Yuqori Chirchiq tumani

Yangibozor (shaharcha)

11, 15

Zangiota tumani

Keles (shahar)


Toshkent viloyatidagi aholining zichligi oʻrtacha 1 km² ga 157 kishini tashkil etadi, asosan, oʻzbeklar (60,9 %), shuningdek, rus (8,1 %), qozoq (14,3 %), tatar (2,5 %), tojik (5,0 %), koreys (2,8 %), ukrain va boshqa millat (turk, qirgʻiz, uygʻur, nemis va boshqa jami 80 millat) vakillari yashaydi (2004). Chorvokdan tortib Sirdaryogacha viloyat aholisi zich joylashgan. Ayniqsa, bir qancha yirik shaharlar zanjiridan tashkil topgan Toshkent aglomeratsiyasida aholi juda koʻp. Toshkent viloyatidagi koʻpchilik shaharlar poytaxtni ulkan shoda shaklida oʻrab olgan.

Toshkent darvozalari



Qadimiy Toshkentning yuragi hisoblangan, xalq osoyishtaligini ta’minlagan ushbu 12 ta darvoza muhim tarixiy ahamiyatga ega. Shuning uchun ham davlatimiz rahbari 2017 yildagi yig’ilishda “Do’stlik bog’ini yaratib”, uning hududida O’zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha xalqlar, millat va elatlarning o’ziga xos madaniyati, urf-odati, madaniy an’analarini namoyish qiladigan majmua loyihasini tayyotlash yuzasidan topshiriq bergan edi. Bu taklifdan kelib chiqib Toshkent shahar hokimligi poytaxtimizning katta turistik qiymatga ega bo’lgan qo’hna va zamonaviy tashqi ko’rinishini shakllantirish, xorijlik sayyohlar uchun ma’qul bo’ladigan qiyofani yaratish, ramziy darvozalarini tiklash bo’yicha eng yaxshi taklif uchun tanlov e’lon qildi. Shundan kelib chiqib “Dunyo darvozalari’ xalqaro madaniy turistik majmuaning loyihasi yaratildi.

Majmuada Toshkentning 12 ta darvozasi barpo etiladi. Yopiq markaziy akvapark, qishki bog’, amfiteatr, velosiped yo’lakchalari, gullar, manzarali daraxtlar bilan o’ralgan piyodalar sayr qiladigan yashil yo’laklar, sport maydonlari, qahvaxona, bolalar maydonchasi quriladi.


Shunday qilib, Toshkentning 12 ta darvozasi tiklanadi. Ular to’rt tomonga qaragan bo’lib, har biri shu yo’nalishdagi davlatning qo’hna me’morchilik namunalari: Hindistonning Toj-Mahali, mashhur Xitoy devori, Misr ehromlari, Angliyaning Bing-Bong soati, Frantsiyaning Eyfel minorasi tasvirlari bilan o’z aksini topgan darvozlar, karvon yo’llari-yu karvonsaroylar, quduqlari-yu hayotbaxsh sardobalar bilan qad ko’taradi. 

Yüklə 312,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin